Azizullo Izzatullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Азизулло Султонович Иззатуллаев
рус. Азизулла Султанович Иззатуллаев
Faoliyati turi: Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
Tavallud sanasi: 4.02.1925
Tavallud joyi: Azizullo Izzatullayev Oʻsh shahrida
Fuqaroligi: SSSR bayrogʻi SSRIAzizullo IzzatullayevOʻzbekiston bayrogʻi
Vafot sanasi: 25.01.1991
Vafot joyi: Oʻzbekiston bayrogʻi Yangiyoʻl shahrida
Turmush oʻrtogʻi: Norposhshoxon Yoʻldosheva 1925 Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi, Yangiyoʻl tumani Eski Toshkent qishlogʻida tugʻilgan.
Otasi: Izzatullo Sultonov (1900-1977) Toshkent viloyati Shuralisoy qishloq kengashi raisi.
Onasi: Nazokatxon Rahmonova (1.03.1902-03.1934) Oʻsh shahrida tugʻilgan.
Bolalari: Alisher Yoʻldoshev (1967) Yangiyoʻl tumani Kamolot jamgʻarmasi rahbari.
Mukofotlari: Hgj.png 2 darajali Vatan urushi ordeni, "Hurmat belgisi" ordeni, koʻplab medallar, Oʻzbekiston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Azizullo Izzatullayev (1925 — 1991) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.

Hayot yoʻli[tahrir]

Azizullo Sultonovich Izzatullayev Oʻsh shahrida 4 fevral 1925 yili tugʻilgan. Otasi avlodi tomonidan u inqilobdan oldin Oʻsh shahrini sharqiy qismini boshqargan katta oqsoqoli Sulton Toirboyev mingboshiga nevara, Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari (1945-1948 yillar), akademik va dramaturg Izzat Sulton, Oʻzbekiston SSR ichki ishlar vaziri oʻrinbosari militsiya general-mayyori Muxtor Nasrullayevich Sultonov, Oʻzbekiston SSR xalq taʼlimi vaziri Sultonovlar bilan aka-ukani farzandlari. Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi Boltihoji Sultonov va Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri (1954-1959 yillar) Gʻani Sultonovich Sultonovlar amakilari. Tojikiston SSR vazirlar kengashi raisi, Oʻsh viloyati va Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitalari raisi Mamadali Qurbonovich Qurbonov (ammasi Rahimaxonni umr yoʻldoshi) pochchasi boʻladi. Mamadali Qurbonovning oʻgʻli Sergo-Shahzoda (Oʻsh shahrida 1964 yili tugʻilgan) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi direktor oʻrinbosari, „Transmashxolding“ YoHJ vitse-prezidenti boʻlib ishlaydi.

1943 yili 18 yoshga toʻlganda Azizullo oʻz xohishi bilan urushga borish uchun harbiy komissariatga boradi. Harbiy komissariatda komandir ruschalab: „Familiyang nima?“-deb soʻraydi, Azizullo ruschani tushunmagani uchun javob berishga qiynaladi. Shunda komandir ruscha-oʻzbekcha aralashtirib: „Otangni ismi nima?“-deb soʻraydi. Azizullo: „Izzatulla“-deb javob beradi. Shundan keyin Azizullo Sultonovni familiyasi harbiy xujjatlariga Izzatullayev deb yozilib qoladi. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Azizullo gospitalda Tatyana ismli qiz bilan tanishib qoladi va uni Yangiyoʻlga olib keladi. Tatyana Sovet Ittifoqi qahramoni Zoya Kosmodemyanskayani yaqin qarindoshi boʻladi. Azizullo Izzatullayev 2 darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Urushdan qaytgach pedagogika sohasi boʻyicha oʻqib, maktab oʻqituvchisi boʻlib ishladi. Soʻng Yangiyoʻl shahar V.Mayakovskiy nomli maktab direktori, Yangiyoʻl tumani maorif boʻlimi mudiri, temir yoʻl deposida partiya boshlangʻich tashkiloti kotibi, tuman partiya qoʻmitasining masʼul xodimi, tuman ijroiya qoʻmitasi masʼul kotibi, rais oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Bir necha marta tuman kengashiga deputat boʻlib saylangan[1]. Azizullo Izzatullayev oʻzining tashkilotchiligi, iqtidori, tirishqoqligi va bilimdonligi bilan Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida 30 yildan oshiq davr mobaynida rahbarlik lavozimlarida ishladi va koʻplab xalq xoʻjaligi inshootlarini, obʼyektlarini qurdi. Bular koʻp qavatli uylar, korxonalar, tashkilotlar, maktablar, ZAGS (fuqarolik holatini qayd etish) binosi, maishiy va xizmat doʻkonlari va boshqalar. Yangiyoʻl tumanida koʻplab yangi binolar qurilishini, yangi shaharchalar barpo etilishini, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini uyushtirdi va boshqardi, koʻp oʻzbek milliy kadrlarni tayyorladi[2].

KPSS MQ siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod, Oʻzbekiston MQ birinchi kotibi Sharof Rashidov Yangiyoʻldagi hukumat dala-hovlisida dam olayotganida, Azizullo Oʻsh shahridagi Kirov (Bobur) nomli teatrning yangi binosi (1979 yili qurilgan) qurilishiga pul mablagʻlari ajratishga yordam berishini soʻragan. Chunki uning togʻalari Oʻrinboy Rahmonov va Joʻraxon Rahmonovlar va onasi tomonidan bobosi Rahmonberdi Madazimov ushbu teatrning asoschilari boʻlishgan. Kommunistik partiya va Sovet hukumati Azizullo Izzatullayevni Ikkinchi Jahon Urushida koʻrsatgan qahramonliklarini, davlat va jamiyat oldidagi xizmatlarini yuksak baholadi. U 2 darajali "Vatan urushi", „Hurmat belgisi“ ordenlari, koʻplab medallari, Oʻzbekiston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Azizullo Izzatullayevning otasi Izzatullo Sultonov (1900-1977 yillar, qabri Toshkent viloyati Shuralisoy qishlogʻida) yangi yerlarni oʻzlashtishda faol qatnashgan, Shuralisoy qishloq kengashi kotibi, raisi boʻlib ishlagan. Turmush oʻrtogʻi Nazokatxon Rahmonova (1 mart 1902 yil-1934 yil, qabri Oʻsh shahar „Jiydalik“ qabristonida) bilan 5 ta farzand koʻrishgan. Azizullo Izzatullayevning turmush oʻrtogʻi Norposhshoxon Yoʻldosheva 1953-1958 yillarda Chinoz va Yangiyoʻl tumanlaridan ajrab chiqqan oktabr tumani partiya qoʻmitasida tashviqot va targʻibot boʻlimi mudiri, 1958 yildan 1976 yilgacha Yangiyoʻl tumani 44 sonli Hamza nomli maktabida ilmiy boʻlim mudiri va bir vaqtning oʻzida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, 1976 yildan 1993 yilgacha maktab direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[3].

25 yanvar 1991 yil Azizullo Izzatullayev vafot etganda, „Yangiyoʻl“ roʻznomasining 29 yanvar 1991 yil sonida taʼziyanomasi (nekrologi) chiqqan. Qabristondagi xayrlashuv marosimida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat maslahatchisi Mavlon Umurzoqov, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Bosh vazir oʻrinbosari shoira Halima Xudoyberdiyeva, Toshkent viloyati va Yangiyoʻl tumani hokimlari va boshqa masʼul rahbarlar qatnashgan va nutq soʻzlashgan.

Olgan mukofotlari[tahrir]

Sulolasi[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]