Kontent qismiga oʻtish

Oʻrinboy Rahmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov
Tavalludi 4-mart 1910-yil
Oʻsh, Qirgʻiziston
Vafoti 5-oktyabr 1980-yil(1980-10-05)
(70 yoshda)
Oʻsh shahri, Qirgʻiziston
Fuqaroligi SSSR
Kasbi Aktyor, yozuvchi, shoir
Faoliyat yillari 1927–80
Turmush oʻrtogʻi Tursunxon Toʻychiboyeva
(1918—54)
Bolalari 10
Otasi Rahmonberdi Madazimov
Onasi Bibixon

Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov (1910—1980) – Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi, badiiy rahbari, artist va shoir, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.

Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov 1910-yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari, rejissori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan. Oʻrinboy Rahmonov 17 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1927-yildan boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini bajargan: artist, rejissor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pesalar va qoʻshiqlar uchun sheʼrlar yozgan. Ushbu qoʻshiqlarga oʻsha paytlarda birinchi ayol raqqosa Roziya Moʻminova lapar aytib raqsga tushgan. 1934-yil avgust oyida yetmish kishidan iborat teatr jamoasi safida Oʻrinboy Rahmonov Leningrad shahriga gastrolga bordi. Teatr repertuari „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ kabi oʻzbek asarlaridan iborat edi. Ammo leningradlik sanʼat shinavandalari ularni shu qadar qizgʻin, shu qadar samimiy kutib oldilarki, ozgina muddatga moʻljallangan gastrol salkam bir oy davom etdi. Ijodiy jamoa korxonalarda, oʻquv yurtlarida, afsonaviy „Avrora“ kreyserida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishdi, 22 ta konsert berishdi. Gastrol soʻnggida artistlarni Leningrad viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi Sergey Kirov qabul qildi va oʻynalgan spektakllar, konsertlar leningradliklarda chuqur taassurot qoldirganini alohida taʼkidladi. Qabul marosimida Oʻrinboy Rahmonov ham ishtirok etdi va suhbat tugagach, teatr jamoasi bilan birga S. M. Kirov bilan rasmga tushdi. 1937-yili S. M. Kirov vafot etgandan soʻng, teatr uning nomi bilan ataldi.

1934-yili Toshkentda ilgʻor paxtakorlarning slyoti oʻtkazildi. Slyotda konsert berish uchun Oʻzbekiston Markaziy ijroiya qoʻmitasining raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning taklifi bilan teatri Toshkentga ijodiy safarga ketdi. Slyot qatnashchilari hofiz Abdulla taroq Fayzullayev, artistlar Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, Roziyaxon Moʻminova, Laylixon Moidova, Qodirjon Hamidov, Gʻulomjon Isroilovlarning chiqishlarini zoʻr olqishlar bilan kutib oldilar. 1934-yili teatr Moskvaga ham gastrolga borib keldi. 26-may-4-iyun 1939-yili Moskvadagi qirgʻiz sanʼati birinchi dekadasida qatnashib keldi va M. I. Kalinin bilan uchrashdi. 1939 va 1940-yillari Oʻrinboy Rahmonov[1] teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi[2]. teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, koʻplab teatr aktyorlari oʻz ixtiyori bilan frontga ketishdi. Oʻrinboy Rahmonov urush maydonida jiddiy yaradorlanib, Oʻshga yuborildi va 1942 yili teatrning badiiy rahbari etib tayinlandi va u 1949-yilgacha teatrga rahbarlik qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida teatr sanʼatkorlari oʻzlarining Vatan oldidagi burchlarini chuqur his etib, frontda boʻlib, soldatlarga madaniy xizmat koʻrsatdilar. Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, E.Boʻtayeva, M.Otaboyevlar jangchilarni mardlikka, qaxramonlikka undadilar. Shu yillarda Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Komil Yashinning „Boʻron“, „Oʻlim bosqinchilarga!“, Sobir Abdullaning „Qurbon Umarov“, Uygʻunning „Hayot qoʻshigʻi“, Bil-Belotserkovskiyning „Chegarachilar“, Korneychukning „Front“ asarlarini sahnaga qoʻyib, teatr jamoasi mehnatkashlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshdilar.

Ijodiy jamoaning kamolotga erishuvida Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Hamzaning „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, K.Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, Shillerning „Makr va muhabbat“, Sobir Abdullaning „Tohir va Zuhra“, Oʻrdubodiyning „Besh soʻmlik kelin“, Hurshidning „Farhod va Shirin“, Komil Yashinning „Gulsara“, Uygʻunning „Navbahor“, „Oltinkoʻl“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi.

Oʻriboy Rahmonov Oʻsh oʻzbek drama teatrida 1927-1949-yillari, 1949-1954-yillari Qizilqishloq qishloq Kengashi raisi, 1954-1965-yillari Qizilqishloqning „Eshonguzar“ masjidi oldidagi eski pochtasida boshliq, 1965-yildan savdo sohasida ishladi. 1953-yilda uning taklifi bilan uchta qishloq kengashi – Qizil-Qishloq, Shoʻro va Ishkavon yagona Qizil-Qishloq qishloq kengashiga birlashtirilib, birlashgan Qizil-Qishloq kengashining raisi etib Oʻrinboy Rahmonov saylangan. Uning rahbarligida Yangi-Turmush, Suratosh, Beshkapa, Kommunist, Kerme-Too , Qizil-Bayroq, Ishkavon qishloqlarida yangi yerlar oʻzlashtirildi. Hozir u yerda oʻn minglab odamlar yashaydi. 29 dekabr 2024 yildagi Prezident Farmoni bilan bu yerlar Oʻsh shahri hududiga qoʻshib olingan.

Oʻrinboy Rahmonov 1949-yili teatrdan ketib, boshqa ishga oʻtsada, lekin shtatdan tashqari, ishdan keyin 1958-yilgacha rollar ijro etdi. Tomoshabinlarga va tanqidchilarga nemis ofitseri, „5 soʻmlik kelin“dagi ota va boshqa dramalardagi oʻynagan bosh rollari yoqqan. Abdugʻani Abdugʻofurovning fevral 2010-yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 1 va 3 betlarida Oʻrinboy Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatrining tashkil etishda va faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan va 1940-yildagi teatr afishasidagi ismi-sharifi aktyorlar roʻyxatida № 19 (42 betda) aks ettirilgan. Oʻrinboy Rahmonov boʻsh vaqtlarida Oʻsh va Sulaymon togʻi goʻzalligi xaqida koʻplab sheʼrlar yozgan, toʻrttasi roʻznomalardan chiqqan[3]. Oʻrinboy Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor, shoir boʻlishiga asosiy sabab shoir Xoʻjanazar Huvaydo (1704-1780-yillar) qarindoshi boʻlgan. Qariganda Sulaymon togʻidagi Bobur hujrasini qarab yurgan va obod etgan, toqqa har chiqqanida ikki paqir suv olib chiqib, ekkan koʻchatlarini sugʻorgan. Oʻn ikkita farzandni tarbiyalagan. Toʻngʻich farzandi Dildorbek hoji Rahmonov ham Bobur nomli teatrda artist boʻlib ishlagan, uchta kinofilmda epizodik rollar oʻynagan. Yana bir oʻgʻli Darvishbek polvon Rahmonov otasiga oʻxshab oʻzini umrini sanʼatga bagʻishladi. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi va badiiy rahbari lavozimida ishlaydi[4]. Oʻrinboy Rahmonov 5-oktabr 1980-yili vafot etgan, qabri Oʻsh shahrining Sulaymon togʻida joylashgan „Goʻdak mozor“ qabristonida.

Oʻrinboy Rahmonov Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar, Qorasuv tumani kengashlari deputati, Qizilqishloq qishloq kengashi deputati boʻlib bir necha marta saylangan.

Oʻrinboy Rahmonovning Oʻsh shahar Bobur nomli teatr sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
God Nazvaniye Originalnoye nazvaniye oʻzbekcha: {{{1}}} Avtor
1927DruzyaOʻrtoqlarK.Yashin
1928VnutriIchkaridaK.Yashin
1929XalimaHalimaGulom Zafariy
1929Aji-ajiAji-ajiK.Yashin
1930Istorii na xlopkovom polePaxta shumgʻiyalariUmarjon Ismoilov
1931JenitbaUylanishN. V. Gogol
1932PerevodchikTilmochMannon Uygʻur
1933ru:Аршин мал аланArshin mol olonUzeir Hojibekov
1934RevizorRevizorN. V. Gogol
1935Istoriya zagovorilaTarix tilga kirdiNazir Safarov, Ziyo Said
1935SojjyomYondiramizK.Yashin
1936Vmesto smertiOʻlim oʻrnigaJ. Turusbekov
1936Lyubov YarovayaLyubov YarovayaK. Trenyov
1936Komsomolskiy vzvodKomsomol vzvodiTojizoda
1937Obman i lyubovMakr va muhabbatFriedrich Schiller
1937Farhod va ShirinFarhod va ShirinSh. Xurshid
1938Sluga dvux gospodIkki xoʻjayinga bir qulK.Goldoni
1938Sablya UzbekistanaOʻzbekiston qilichiSobir Abdulla
1939PogranichnikiChegarachilarBill-Belotserkovskiy
1939Bay i batrakBoy ila xizmatchiHamza
1939Taxir i ZuxraTohir va ZuhraSobir Abdulla
1940XolisxonXolisxonHamza
1940BuranBoʻronK.Yashin
1941GulsaraGulsaraK.Yashin va M.Muhamedov (Wayback Machine saytida 26-avgust 2018-yil sanasida arxivlangan)
1941Leyla i MadjnunLayli va MajnunXurshid
1941Kurban UmarovQurbon UmarovSobir Abdulla
1942Smert zaxvatchikam!Oʻlim bosqinchilarga!K.Yashin
1942Prodelki MaysariMaysaraning ishiHamza
1942FrontFrontAleksandr Korneychuk
1943Davron ataDavron otaSobir Abdulla
1943ZafarZafarUmarjon Ismoilov
1944NurxonNurxonK.Yashin
1944Nevesta za 5 somBesh soʻmlik kelinOʻrdubodiy
1945Pesnya jizniHayot qoʻshigʻiUygʻun
1946Chest jenщiniAyol nomusiMuxtarov
1947VesnaNavbahorUygʻun
1947Farhod va ShirinFarhod va ShirinSh. Xurshid
1948Krasniy galstukQizil galstukK. Trenyov
1948Pesnya jizniHayot qoʻshigʻiUygʻun
1948AltinkulOltinkoʻlUygʻun
1949LepestkiGʻunchalarZinnat Fatxullin
1949SemurgʻSemurgʻHamid Olimjon
1950AdolatAdolatIsmoil Akram
1950AlpomishAlpomishSobir Abdulla
1951ToktogulToʻqtagʻulJ. Bokonbayev
1951Layli va MajnunLayli va MajnunSh. Xurshid
1952YoriltoshYoriltoshShukur Saʼdulla
1952RadostShodlikMahmud Rahmon
1952Shyolkovoe syuzaneShohi soʻzanaAbdulla Qahhor
1953Alisher NavoiyAlisher NavoiyIzzat Sulton
1953Natalka PoltavkaNatalka PoltavkaNikolay Lisenko
1953NurxonNurxonKomil Yashin
1954Prazdnik na poleDalada bayramShukur Saʼdulla
1954Serdechnie sekretiYurak sirlariBaxrom Rahmonov
1955OftobxonOftobxonKomil Yashin
1955Devushka reki GangGang daryosining qiziRabindranath Tagore
1956Ravshan i ZulxumorRavshan va ZulhumorKomil Yashin
1956Lyubov k RodineVatan ishqiZinnat Fatxullin
1956Sunduk sekretovSirli sandiqI. Axmedov
1957AlpomishAlpomishSobir Abdulla
1957YulduzYulduzSamad Vurgʻun
1958Oygul i BaxtiyarOygul va BaxtiyorHamid Olimjon
1958Imenem revolyutsiiRevolyutsiya nomi bilanM. Shatrov

Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Yozgan kitobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Oʻsh va Oʻratepa shaharlarini boshqargan mingboshilar avlodidan Rahmonovlarning tarixi“, 420 b, Oʻsh shahri, 2016-yil[5].

Teatr sanʼatkorining xotirasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrinboy Rahmonovning nomini abadiylashtirish maqsadida uning nomi Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani, Qizilqishloq qishlogʻining Beshkapa mavzesi yangi cheklardagi uchta koʻchaga qoʻyildi[6][7].

  1. "Ошский узбекский музыкальный драматический театр". Фрунзе: Кыргызстан, 1980 7, 11-bet.  21 sm, BBK 85.4. (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  2. "Ошский академический театр". Ош: "Азия Принт", 2010 1, 3, 42-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) (oʻzb.)
  3. Qirgʻiziston ravnaqi fidokorlari энциклопедияси. Ош: "Ризван", 2017 30-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) UDK 351/354. BBK 66,3 (2Ki). (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  4. "Проблематика поэтического слова в кыргызском зарубежье". Ош: ОшГУ, 2018 3-bet.  (Wayback Machine saytida 2018-08-10 sanasida arxivlangan) (rus.)
  1. Lyudi, kotorie menyali mir
  2. Aktyorskaya dinastiya, 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 3-fevral 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. Oʻrinboy Rahmonovning sheʼrlari
  4. Aktyorskaya dinastiya, 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 3-fevral 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. „Bibliograficheskiy katalog“. 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-fevral.
  6. Uvekovechena pamyat vidayuщegosya deyatelya kulturi Kirgizstana Urinboya Raxmonova[sayt ishlamaydi]
  7. „Ulitsa Urinboy Raxmonova“. 10-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  8. Dildorbek Urinboyevich Rahmonov
  9. Davlatbek Urinboyevich Rahmonov
  10. Pamirskie pisma kapitana Zaysova, 26-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25-dekabr 2019-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  11. Toirboyev Sulton mingboshi