Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

OʻzbekistonQirgʻiziston munosabatlari — Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1993 y. ikkala davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1992 y. iyuldan Toshkentda Q. elchixonasi, 1998 y. okt.dan Bishkekda Oʻzbekiston elchixonasi faoliyat yuritmokda. 2000 y. sent.da OʻzR Prezidenti I.Karimovning Bishkekka, 1996 y. dek. va 1998 y. noyabr

da Q. Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi. 1996 y. 24 dek.da ikki davlat oʻrtasida imzolangan "Abadiy doʻstlik toʻgʻrisida"gi shartnoma davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi. Davlatlar oʻrtasida gumanitar sohadagi hamkorlik mana shu shartnoma, 1994 y. 16 yanvarda imzolangan Madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, 1996 y. 24 dek.da imzolangan Madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi muassasalararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 y.gacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 181 hujjat imzolangan. 2004 y. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Q. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 68,1 mln. AQSH dollarini, jumladan, eksport 43,6 mln. AQSH dollarini, import 24,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.


2021-yil mart oyida Qirgʻiziston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida qirgʻiz xalqiga oʻzbek xalqi nomidan 10 dan ortiq tez yordam mashinalari topshirildi[1]. Ikki davlat rahbarlari va delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralarda kapitali 200 million AQSH dollari bo‘lgan O‘zbekiston–Qirg‘iziston investisiya jamg‘armasi tashkil etilishi belgilangan hamda ikki mamlakat hukumatlariga uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berilgan[2]. O‘zbekiston–Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi[3].

Ikki mamlakat o‘rtasida 2020-yil yakuni boʻyicha savdo aylanmasi 903,1 million dollarni tashkil etgan. Shundan eksport hajmi 756,6 million dollar, import hajmi 146,5 million dollarni tashkil etgan. 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Oʻzbekistonda qirg‘iz kapitali ishtirokida 183 korxona faoliyat yuritadi: 104 tasi qo‘shma korxona, 79 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi[4].

Harbiy hamkorlik[tahrir]

Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi hisobotlarida O‘zbekiston Qirg‘iziston Mudofaa vazirligiga bitta vertolyot sovg‘a qilishi keltirib oʻtiligan. Mudofaa vazirligi orqali o‘zbek tomoni Qirg‘izistonga bitta vertolyotni bepul taqdim etadi va yana bittasini tiklab berishga tayyor. Biroq aynan qaysi vertolyot ekani aniq emas. Shuningdek, harbiy yo‘nalishda xodimlar tayyorlash masalasi, xususan, qurol-yarog‘ yo‘nalishi, uchuvchilar va aloqachilar tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan[5].

Chegaralarni delimitatsiya qilish[tahrir]

Qirg‘iziston O‘zbekistonda joylashgan anklav hudud — So‘x bilan aviaqatnovlar va transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yishga, O‘zbekiston esa shu paytgacha „chegara hududlar aholisi o‘rtasida tortishuvlar va siyosiy ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelgan“ Unkar-Too hududini berish tayyor ekanligini maʼlum qilgan.

O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha har ikki tomon ham ushbu ishlarni keyingi uch oy ichida yakunlash kerakligi to‘g‘risida kelishib olgan[6].

Manbalar[tahrir]