Kontent qismiga oʻtish

Mavluda Asalxoʻjayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mavluda Asalxoʻjayeva
Tavalludi 15-oktyabr 1963-yil (1963-10-15) (62 yosh)
Mukofotlari

Mavluda Asalxoʻjayeva (15-oktyabr 1963-yil, Jalolobod shahri, Qirgʻiziston SSR) – xonanda.

1963-yil 15-oktyabrda Qirgʻizistonning Jalolobod shahrida, sanʼatkor Abdurahmon Asalxoʻjayev va shifokor Sanobar Asalxoʻjayeva oilasida tugʻilgan. Bolaligida sanʼatga qiziqqan boʻlsa-da, otasi uning sanʼatkor boʻlishiga qarshi boʻlgan. Shunga qaramay, Toshkentga kelib, sanʼat institutida tahsil olgan va ijodiy faoliyatini boshlagan[1].

1986-yili „Asal“ musiqiy guruhini tashkil etgan. 1991-yili esa, „Mohigul“ nomli birinchi albomi chiqardi.

1998-yili, Oʻzbekiston Prezidenti buyrugʻi bilan, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlanadi.

Mavluda Asalxoʻjayeva „Destan“ ansamblida ishlagan davrida turkmanistonlik sozanda Devlet Qilichev tanishib, unga turmushga chiqqan[2]. Devletning avvalgi nikohidan ikki farzandi boʻlgan, Mavluda ularni oʻz farzandlaridek qabul qilgan. Shuningdek, u oʻzining singlisi Mohigulni oʻgʻli Qurbonjonga uzatgan[3][4].

Yil Film nomi Rol
2003 „Soxta qorbobo“ Mavluda Asalxoʻjayeva
2006 „Olovuddinning yangi sarguzashtlari“ Mavluda Asalxoʻjayeva
2007 „Sehrli uzuk“ Mavluda Asalxoʻjayeva
2007 „Toʻylar muborak 2“ Mavluda Asalxoʻjayeva
? „Zulayho Boyxonova, Iroda Nosirova bilan“
Yil Film nomi Rol
2015 „Qaynona va kelin“ Qaynona