Alixontoʻra Shokirxoʻja oʻgʻli
Alixontoʻra Shokirxoʻja oʻgʻli | |
---|---|
![]() | |
Tugʻilishi | 21-mart 1885 |
Vafoti | 28-fevral 1976 |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Alixontoʻra Shokirxoʻja oʻgʻli (taxallusi Sogʻuniy; 1885.03.21, Toʻqmoq – 1976.02.28, Toshkent) – din va jamoat arbobi, ulamo. Arabiston (Madina)da va Buxoro madrasalarida tahsil oldi. Chor ma’muriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho maxfiy politsiyasi ta’qibida boʻldi. 1916-yil qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach siyosiy muhojir boʻlib Qashqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Sharqiy Turkiston (Gʻulja shahri)ga bordi. Omma orasida hurriyat gʻoyalarini targʻib qilganligi sababli 1937-yil Xitoy ma’murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941-yil adliyaviy taftish natijasida ozod qilindi. 1944-yil 12-noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e’lon qilinib, A. Muvaqqat inqilobiy hukumat raisli-giga saylandi. Milliy qoʻshin tashabbu-skori boʻldi va unga qoʻmondon etib tayinlandi. 1946-yil iyunda shoʻro aygʻoqchilari tomonidan maxfiy ravishda tazyiq bilan Gʻuljadan olib chiqib ketilgan A. umrining oxirigacha Toshkentda yashadi. Ahmad Donishning "Navodirul vaqoye", Darvish Ali Changiyning "Musiqa risolasi", shuningdek "Temur tuzuklari" kabi asarlarni tarjima qildi. A.ning "Devoni Sogʻuniy" she’riy toʻplami, "Tarixi Muhammadiy", "Shifo ul-ilal" ("Xastaliklar davosi") va boshqa asarlari bor. A. tarixiy me’morlik obidalari va qad. qoʻlyozmalarni saqdab qolishda jon-kuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, A.ning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi oʻrta maktabga, Chilonzor tumanidagi mahallaga, Shayxontohur tumanidagi koʻchaga uning nomi berildi.As: Tarixi Muhammadiy, 2 jild, T., 1991; Tarixi Muhammadiy [2-nashri], T., 1997. Ad.: Vatan tuygʻusi (toʻplam), T., 1997.
Alixontoʻra Shokirxoʻja oʻgʻli (taxallusi Sogʻuniy; 1885. 21.3, Toʻqmoq — 1976.28.2, Toshkent) — din va jamoat arbobi, ulamo. Arabiston (Madina)da va Buxoro madrasalarida tahsil oldi. Chor maʼmuriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho maxfiy politsiyasi taʼqibida boʻldi. 1916-yil qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach siyosiy muhojir boʻlib Qashqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Sharqiy Turkiston (Gʻulja sh.)ga bordi. Omma orasida hurriyat gʻoyalarini targʻib qilganligi sababli 1937-yil Xitoy maʼmurlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941-yil adliyaviy taftish natijasida ozod qilindi. 1944-yil 12 noyabr da Sharqiy Turkiston jumhuriyati eʼlon qilinib, A. Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qoʻshin tashabbuskori boʻldi va unga qoʻmondon etib tayinlandi. 1946-yil iyunda shoʻro aygʻoqchilari tomonidan maxfiy ravishda tazyiq bilan Gʻuljadan olib chiqib ketilgan Alixontoʻra umrining oxirigacha Toshkentda yashadi. Ahmad Donishning «Navodir-ul vaqoye», Darvish Ali Changiyning «Musiqa risolasi», shuningdek «Temur tuzuklari» kabi asarlarni tarjima qildi. Alixontoʻraning «Devoni Sogʻuniy» sheʼriy toʻplami, «Tarixi Muhammadiy», «Shifo ul-ilal» («Xastaliklar davosi») va b. asarlari bor. A. tarixiy meʼmorlik obidalari va qad. qoʻlyozmalarni saqdab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Alixontoʻraning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi oʻrta maktabga, Chilonzor tumanidagi mahallaga, Shayxontohur tumanidagi koʻchaga uning nomi berildi.
Chor Rossiyasi bilan kurashi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chor ma'muriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho maxfiy politsiyasi ta'qibida boʻldi. 1916-yili qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach siyosiy muhojir boʻlib Qashqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Sharqiy Turkiston (G’ulja shahri)ga bordi. Omma orasida hurriyat gʻoyalarini targʻib qilganligi sababli 1937-yili Xitoy ma'murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941-yili adliyaviy taftish natijasida ozod qilindi. 1944-yil 12-noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e'lon qilinib, Alixontoʻra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qoʻshin tashabbuskori boʻldi va unga qoʻmondon etib tayinlandi. 1946-yil iyunda shoʻro aygʻoqchilari tomonidan maxfiy ravishda tazyiq bilan Gʻuljadan olib chiqib ketilgan Alixontoʻra umrining oxirigacha Toshkentda yashadi.
Ahmad Donishning «Navodir-ul vaqoe», Darvish Ali Changiyning «Musiqa risolasi», shuningdek «Temur tuzuklari» kabi asarlarni tarjima qildi. Alixontoʻraning «Devoni Sogʻuniy» she'riy toʻplami, «Tarixi Muhammadiy», «Shifo ul-ilal» («Xastaliklar davosi») va b. asarlari bor. Alixontoʻra tarixiy me'morlik obidalari va qadimiy qoʻlyozmalarni saqlab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbek imomlari
- Ziyo sayti
- [1]
- [2] Arxivlandi 2012-03-07 Wayback Machine saytida.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Tarixi Muhammadiy, 2 jild, T., 1991; Tarixi Muhammadiy [2-nashri], T., 1997. Ad.: Vatan tuygʻusi (toʻplam), T., 1997.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |