Rahmonberdi Madazimov
Rahmonberdi Madazimovich Madazimov | |
---|---|
Tugʻilishi |
1875 |
Vafoti |
1933![]() |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Bibihon 1884 - 26.03.1922 Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan. |
Ota-onasi | Ibni Muhammadaʼzim aʼlam hoji (1876 yili vafot etgan) taniqli din peshvosi va arbobi.Bibi Soliha (1850-17.03.1922) Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan, ukasi Mulla mingboshi Oʻratepa shahrini boshqargan. |
Faoliyat yillari | 1914–1932 |
Bolalari | Nazokatxon {1.03.1902-03.1934), Xojiniso (8.03.1907-13.03.1932), Oʻrinboy (4(17).1910-5.10.1980, Nazirxon (1912-1917), Joʻraxon (18.08.1917-7.04.1977). |
Rahmonberdi Madazimov (1875–1933) — Qirgʻiziston teatr harakatining asoschisi, Oʻrta Osiyodagi ikkinchi eng keksa professionalteatri boʻlmish Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi, direktori, badiiy rahbari, bosh rejissori hamda yozuvchisi.[1][2] Shuningdek, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.
Hayot yoʻli[tahrir]
Mirzo Rahmonberdi hoji Muhammadaʼzim aʼlam oʻgʻli 1875-yili Oʻsh shahrida tugʻilgan. U hojiga borib kelgan dadasi Ibni Muhammadaʼzim aʼlamga oʻxshab kuchli qorilardan boʻlib, xattoki yurolmaydigan kasallarni davolab yurgizgan. U shu darajada kuchli qori ediki, uni nomini eshitgan kasal ham sogʻayib ketardi. Uning obroʻsi juda baland edi, uni uzoqdan koʻrgan otliq ham otidan tushib, qoʻlini koʻksiga qoʻyib, u oʻtib ketmaguncha otiga oʻtirolmasdi.
1914-yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabi oʻqituvchisi Boltihoji Sultonov bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan[3].
Mirzo Rahmonberdi hoji Madazimov rahbarligida Oʻshning ziyoli oʻqituvchilari Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, Abdurashid Eshonxonov, A.Saidovlar bilan birga 1918-yili Qirgʻizistonda birinchi boʻlib musulmon aktyorlardan iborat Turkiston fronti harbiy kengashi qoshidagi konsert brigadasi negizida Oʻshda xavaskor teatr toʻgaragini tuzgan va truppa birinchi direktori, badiiy rahbari va rejissyori Rahmonberdi hoji Madazimov Qirgʻizistondagi teatr harakatini birinchi asoschisi boʻlgan[4][5]. 1919 yili teatr toʻgaragi teatr drama truppasiga aylantirilgan. Keyinchalik truppaga Abduqodir Ishoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar qoʻshilishgan. Ushbu truppa Qirgʻizistonning janubida nafaqat teatr sanʼatini, balkim professional musiqa sanʼatining rivojlanishiga ham yuksak hissa qoʻshgan. Chunki truppaning repertuarida drama asarlaridan tashqari, koʻplab konsert dasturlari namoyish etilardi, shuningdek musiqali spektakllar qoʻyilardi, bu professional musiqachilar yetishib chiqishiga aloxida bosqich boʻldi. Teatr truppasi Bobur (Kirov) nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrini tuzishga asos boʻlgan. Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatri Hamza nomidagi oʻzbek milliy akademik drama teatridan (1913-27 fevral 1914 yili tashkil etilgan) soʻng Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng keksa professional teatrdir[6]
Rahmonberdi xoji Madazimov teatr truppasi bilan Oʻshning barcha tumanlarini aylanib, konsert va spektakllar qoʻyib chiqdi va bosmachilikka sanʼat quroli orqali kurash olib bordi. Tumanlarda spektakllar, konsertlar qoʻyib, bosmachilarni joylashgan yerlarini va ularni yashirib qoʻygan qurol-yarogʻlardan xabar topib, oʻzining qudasi, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi Boltihoji Sultonov bilan birga bosmachilarni tor-mor etishda faol ishtirok etdi. Bosmachilar joylashgan tumanlardan qizillarni qurol-yarogʻlarini aravasiga yashirib oʻtkazgan va qizillarni qurol-yarogʻ bilan taʼminlagan.
Truppa sahnasida Rahmonberdi Madazimov tomonidan qoʻyilgan oʻsha kezlardagi yirik asar Mannon Uygʻurning „Turkiston tabibi“ komediyasi reaksion ruhoniylar tomonidan nafrat va adovat bilan qarshi olindi. Oʻsha vaqtda truppada ayollar boʻlmaganligi sababli spektakldagi ayol obrazini Joʻraxon Zaynobiddinov zoʻr mahorat bilan yaratgan. Fuqarolar urushi davrida Oʻsh xududi va uning tevarak-atrof tumanlari front maydoniga aylandi. Truppa ham shu frontning ishtirokchisi, partiyaning targʻibotchisi boʻldi. Maʼrifatchi va inqilobchi Boltihoji Sultonov va Fozilbek Qosimbekovlar teatr truppasini oyoqqa turgizishda teatr truppasini asoschisi, direktori va badiiy rahbari Rahmonberdi Madazimovga yordam berdilar[7].
Boltihoji Sultonovning qudasi teatrning asoschisi va badiiy rahbari Rahmonberdi hoji Madazimov shunday hikoya qilgan edi: — Qurboshi Madaminbek Andijon atrofida izgʻib, xalqni talab yurgan edi. Oʻsh garnizoni Andijon harbiy qismiga qurol-yarogʻ bilan yordam qilmoqchi boʻldi. Lekin qurollarni qanday yetkazish mumkin? Bu mushkulni teatr artistlari hal qildilar. Soyabon arava bezatilib, qurol-yarogʻlar tekis taxlandi. Ustiga polos, koʻrpa-toʻshaklar solindi. Rahmonberdi Madazimov grim bilan katta eshon qiyofasiga kirdi. Yana ikki artist uning „muridlari“ boʻldi. Uchchalasi ham oldiga eski kitoblardan ochib, „xatmi-xoʻja“ qilganday yoʻlga tushishdi. Arava Xoʻjaobodga yaqinlashganda miltiq ovozi eshitildi. Oʻn nafar bosmachi kelib aravani oʻradi. Shunda aravakash bosmachilarga qarab, „jim“ ishorasini qildi va pardani qiya ochdi. Bosmachilar „eshon“ va „muridlar“ni koʻrib, taʼzim qilishdi. Soʻngra hurmat bilan Andijonga kuzatib qoʻydi. Qizil armiyani qurol bilan taʼminlash maqsadida truppaning bunday „postanovkalari“ bir-necha marta takrorlandi.
Teatr davrning dolzarb masalalarini koʻtarib chiqish, eng yaxshi pesalarni sahnalashtirishga asosan 1929 yildan boshlab kirishdi. Qirgʻiziston xalq komissarlari Kengashining qaroriga binoan shu yildan teatr professional jamoa sifatida ish boshladi.
1929-1931 yillarda teatrda Rahmonberdi Madazimov tomonidan Komil Yashinning „Lolaxon“, „Aji-aji“ nomli pesalari sahnalashtirildi. Bu asarlar gʻoyaviy muxoliflarning kirdikorlarini fosh etishda muhim rol oʻynadi. „Lolaxon“ spektakli Oʻsh, Aravon, Oʻzgan, Qorasuv, Xoʻjaobod mehnatkashlariga qayta-qayta namoyish etildi. Reaksion elementlar teatr tashkilotchilariga qarshi bir necha marta fitna uyushtirdilar. Bosh rollarni oʻynagan Rahmonberdi Madazimov, Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Xasanova, Laylixon Moidovalarni ushlash va koʻzlarini oʻyib olish uchun qotillar tayinlagan edi. Artistlarni qurol bilan qoʻriqlashga toʻgʻri keldi. Tashkiliy qiyinchiliklarga qaramay, teatr oʻz repertuarini yangi, gʻoyaviy badiiy yetuk asarlar hisobiga kengaytirib bordi. Bu ishda teatrga SSSR xalq artisti Rahim Pirmuhamedov, Oʻzbekiston xalq artistlari Hikmat Latipov, Qudrat Xoʻjayevlar katta amaliy yordam koʻrsatdilar. Ularning kuch-gʻayratlari bilan Oʻsh teatri sahnasida Rahmonberdi Madazimov tomonidan „Ikki kommunist“, „Gulsara“, „Oʻrtoqlar“, „Alisher Navoiy“ kabi koʻplab yirik asarlar sahnalashtirildi. Komil Yashin va Muzaffar Muhamedovning „Gulsara“ musiqali dramasi sahnaga qoʻyilishi katta voqea boʻldi. Gulsaraning inqilobiy shijoati, erk va or-nomus uchun kurashi, minglab xotin-qizlarning koʻzini ochdi, ozodlikka intilish tuygʻusini kuchaytirdi.
Rahmonberdi Madazimovning Qirgʻizistonning teatr sanʼati asoschisi va qatnashchisi sifatida xizmatlari Qirgʻiziston fanlar Akademiyasi tomonidan 1987 yili chiqarilgan Oʻsh viloyati Ensiklopediyasining 110 betida qayd etilgan. Hamda ushbu Ensiklopediyaning 110 betida oʻgʻli Joʻraxonning rasmi chiqarilgan. 2014 yil Davlat tili va ensiklopediya markazi tomonidan nashr etilgan „Qirgʻiziston“ milliy Ensiklopediyasi 5 tommda va teatrning 90 yillik yubileyiga chiqarilgan fevral 2010 yilda nashr etilgan Abdugʻani Abdugʻafurovning „Oʻshning Akademik teatri“ kitobining 1 betida Rahmonberdi Madazimovning Bobur nomli Oʻsh davlat akademik musiqali drama teatrining tashkil etishda va faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan.
Rahmonberdi hoji Madazimov Oʻshda taniqli yozuvchi boʻlgan. Uning ikkita „Oʻshning tavsifi“ va "Ismlar imlosi" asarlari 1914 va 1915 yillari Toshkentda nashr etilgan. Bundan tashqari, teatr uchun kichkina dramalar, pʼyesalar va konsert dasturlari muallifi boʻlgan va ularni sahnalashtirgan.
Rahmonberdi Madazimov 1932 yili Oʻzgan shahriga koʻchib ketganligi sababli teatrdan ishdan ketadi va 1933 yil may oyining oxirida Oʻzgan shahrida qiyinchilik, ochlik vaqtlari, tut pishigʻida vafot etadi. Oʻzgan shahrining „Yetti Sulton“ qabristoniga dafn etilgan. Mirzo Rahmonberdining ikkala oʻgʻli ham otasining yoʻlini davom ettirib Oʻsh oʻzbek drama teatrida koʻp yillar davomida ishlashgan. Oʻrinboy va Joʻraxon Rahmonovlar Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan. Oʻsh shahridagi Bobur (Kirov) nomli drama teatrining asoschilaridan biri boʻlishgan.
Ijodiy faoliyati[tahrir]
Yil | Nomi | Oʻzbekcha nomi | Muallif |
---|---|---|---|
1919 | Otseubiysa | Padarkush | M.Behbudiy |
1919 | Lekar iz Turkestana | Turkistonlik tabib | Mannon Uygʻur |
1920 | Otravlennaya jizn | Zaharli hayot | Hamza |
1921 | Sirota | Yetim | Gulom Zafariy |
1922 | Nakazaniye klevetnikov | Tuhmatchilar jazosi | Hamza |
1923 | Lolaxon | Lolaxon | Komil Yashin |
1924 | Raport s yuga | Janubdan raport | Mahmud Rahmon |
1925 | Gulsara | Gulsara | K.Yashin i M.Muzaffarov |
1926 | Dva kommunista | Ikki kommunist | K.Yashin |
1927 | Druzya | Oʻrtoqlar | K.Yashin |
1928 | Vnutri | Ichkarida | K.Yashin |
1929 | Xalima | Halima | Gulom Zafariy |
1929 | Aji-aji | Aji-aji | K.Yashin |
1930 | Istorii na xlopkovom pole | Paxta shumgʻiyalari | Umarjon Ismoilov |
1931 | Jenitba | Uylanish | N.V. Gogol |
1932 | Perevodchik | Tilmoch | Mannon Uygʻur |
Rahmonberdi Madazimovning Oʻsh shahrining Bobur nomli teatrida ijodiy faoliyati 1918-1932 yillar.
- 1919 yil-M.Behbudiy „Padarkush“, Mannon Uygʻur „Turkistonlik tabib“.
- 1920 yil-Hamza „Zaharli hayot“.
- 1921 yil-Gʻulom Zafariy „Yetim“.
- 1922 yil-Hamza „Tuhmatchilar jazosi“.
- 1923 yil-Komil Yashin „Lolaxon“.
- 1924 yil-Mahmud Rahmon „Janubdan raport“.
- 1925 yil-Komil Yashin, Muzaffar Muhamedov „Gulsara“.
- 1926 yil-K.Yashin „Ikki kommunist“.
- 1927 yil-K.Yashin „Oʻrtoqlar“.
- 1928 yil-K.Yashin „Ichkarida“.
- 1929 yil-Gʻulom Zafariy „Halima“, K.Yashin „Aji-aji“.
- 1930 yil-Umarjon Ismoilov „Paxta shumgʻiyalari“.
- 1931 yil-Nikolay Gogol „Uylanish“.
- 1932 yil-Mannon Uygʻur „Tilmoch“.
Bundan tashqari koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.
Oilasi[tahrir]
- Otasi — Ibni Muhammadaʼzim aʼlam (1876 yilda vafot etgan) din arbobi.
- Onasi — Bibi Soliha (1850-1922), Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
- Turmush oʻrtogʻi — Bibixon (1884-1922) Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
- Farzandlari: Nazokathon (1902-1934), Xojiniso (1907-1932), Oʻrinboy (1910-1980), Nazirxon (1912-1917), Joʻraxon (1917-1977). Ikkinchi turmush oʻrtogʻi Sharofathon (Oʻzgan shahrida tugʻilgan) Muxtor Sultonovning onasi edi.
- Nabirasi: Azizullo Izzatullayev
- Rahmonberdi Madazimovning qarindoshlari: Xo‘janazar Huvaydo, Habib Abdullayev
- Jiyanlari: Anvar Qosimov, xonanda Muhammadkarim Soipov
- Qudalari tomonidan qarindoshlari: Sulton va Qudrat Toirboyevlar[8][9], Boltixoji Sultonov, Izzat Sulton, Muxtor Sultonov, Mamadali Qurbonov, Mahmud Qosimov, Alisher Otaboyev, Qodir Raxmatovich Parpiyev, Ziroathon (Oyxon) Hoshimova, Erkin Komilov, Murod Zaynobiddinovich Salohiddinov — „Oʻzikkilamchiranglimetall“ OHJ sobiq raisi, Ahmadjon Davidov — Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi .
Yozgan kitoblari[tahrir]
- „Oʻshning tavsifi“, 1914-yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori kanselyariyasi qoshidagi nashriyoti.
- "Ismlar imlosi", 1915-yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori devoni qoshidagi nashriyoti.
Adabiyotlar[tahrir]
- Энциклопедия Ошской области, Раздел "Театральная жизнь" / гл. ред. Орузбаева Б.О. Академия Наук Киргизской ССР. — Фрунзе (Бишкек): Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1987. — С. 110. — 445 с. ББК 92я2 (rus.)
- Национальная энциклопедия Узбекистана / Государственное научное издательство "Ўзбекистон миллий энциклопедияси" Академии наук Республики Узбекистан. — Ташкент: Государственное научное издательство "Ўзбекистон миллий энциклопедияси", 2000—2006. — С. 219, буква "Ў". (oʻzb.)
- {{книга |автор=|заглавие=Национальная энциклопедия «Кыргызстан», 5 том|ответственный= гл. ред. Асанов Ү.А. Центр Государственного языка и энциклопедии Национальной академии наук Киргизской Республики|ссылка=https://books.google.kg/books?id=Sw0McgAACAAJ&dq=Кыргызстан”+улуттук+энциклопедиясы&hl=ru&sa=X&ved=0ahUKEwj80-2ywNrZAhUSb5oKHfJFA2sQ6AEIKDAA%7Cместо=Бишкек%7Cиздательство=Центр Государственного языка и энциклопедии|год=2014|страницы= 763|страниц=|[[Maxsus:BookSources/978-9967-14-111-7}]|ISBN 978-9967-14-111-7}]]] (qirgʻ.)
- "Ошский узбекский музыкальный драматический театр" / А. Абдугафуров. — Фрунзе: Кыргызстан, 1980. — С. 5. — 59 с. 21 см, ББК 85.4. (oʻzb.), (rus.) и (qirgʻ.)
- «Видные сыновья Оша» / А. Абдугафуров. — Ош: "Ошская областная типография", 2000. — 176 с. (rus.) и (oʻzb.)
- "Ошский академический театр" / А. Абдугафуров. — Ош: "Азия Принт", 2010. — С. 1. — 52 с. (oʻzb.)
- "Во имя процветания Кыргызстана" Энциклопедическое издание о выдающихся узбеках Кыргызстана / Под рук. Жураева Б.Ж. (Абдугафуров А., Рахманов Д.Д. и др.). — Ош: "Ризван", 2017. — С. 27—30. — 336 с. УДК 351/354. ББК 66,3(2Ки). (oʻzb.), (rus.) и (qirgʻ.)
Manbalar[tahrir]
- ↑ Lyudi, kotorie menyali mir
- ↑ „Jaydari kelin“ chegara osha tomosha koʻrsatdi
- ↑ Portalus Biografii znamenitostey
- ↑ Oni stoyali u istokov
- ↑ Lyudi, kotorie menyali mir
- ↑ Raxmonberdi Madazimov
- ↑ Teatr kutlug 60 yillik tuyini nishonladi
- ↑ Pamirskie pisma kapitana Zaysova
- ↑ Toirboyev Sulton mingboshi
Havolalar[tahrir]
- Kishilar
- Yozuvchilar
- Sanʼatkorlar
- Sanʼat
- Teatr
- Madaniyat
- Ijod
- 1875-yilda tugʻilganlar
- 1933-yilda vafot etganlar
- Shaxsiyatlar
- Oʻzbeklar
- Qirgʻizistonlik oʻzbeklar
- Qirgʻiziston
- Qirgʻiziston kishilari
- Qirgʻiziston shaxsiyatlari
- Qirgʻiziston davlat arboblari
- Qirgʻiziston tarixi
- Oʻshdagi Bobur nomli teatr
- Qirgʻiziston teatr harakatining asoschilari
- Oʻsh shahrida tugʻilganlar
- Oʻzgan shahrida vafot etganlar