General

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

General (lot. generalis — umumiy, bosh) — qurolli kuchlardagi harbiy unvon (daraja). Dastlab, 16-asrda Fransiyada joriy qilingan. Rossiyada 17-asrning 2-yarmidan maʼlum. Oʻzbekiston qurolli kuchlarida G.mayor, G.-leytenant, G.polkovnik, armiya G.i kabi G.lik unvonlari belgilangan. Qurolli kuchlar turlari va qoʻshin turlarida G.lik unvoniga (armiya G.idan tashqari) tegishli qoʻshin nomi qoʻshib ataladi (mas, artilleriya G.mayori).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil