Tugalboy Sidiqbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tugalboy Sidiqbekov [1912.1(14).5, Kensu tumani —1998, Bishkek] — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968). Qirgʻiziston FAakad. (1954). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Kurash" (1933). "Bahodirlar" (1936), "Insonga" (1969), "Dovonda" (1980) sheʼriy kitoblari, "Kebekning oʻlimi" (1935), "Xasis ota" (1940) dostonlari bor. Romanlarida qishloq hayoti ("KenSu", 1—2kitob, 1937—38; qayta nashri — "Togʻlar orasida", 1958), qirgʻiz xalqining front ortidagi qahramonona mehnati ("Zamonamiz kishilari", 1948) hikoya qilingan. "Ayollar" trilogiyasida (1—2, 1962—66) qirgʻiz ayollarining jamiyatda tutgan oʻrni va roli, ularning joʻshqin faoliyati aks etgan. "Boʻronda", "Doʻstlik", "Dugonalar" hikoyalar toʻplami (1949) va "Togʻ bolalari" (1953), "Tengdoshlar" (1977) romanlari muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zamonamiz kishilari, T., 1951; Togʻ bolalari, T., 1954; Togʻlar orasida, T., 1961; Ispoved Bukentay [roman], M., 1980.