Kontent qismiga oʻtish

Fargʻona tumani

Koordinatalari: 40°10′14.16″N 71°43′43.25″E / 40.1706000°N 71.7286806°E / 40.1706000; 71.7286806
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Farg'ona tumanidan yoʻnaltirildi)
Fargʻona tumani
Ферганский район
tuman
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Vodil
Asos solingan sanasi 1926-yil 29-sentabr
Hokim Inomov Xamidullo Tadjiyevich [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2024-yil 1-yanvar) 221,5 ming nafar [2]
Millatlar tarkibi Oʻzbek, Qirgʻiz, Tojik
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 0,62 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rasmiy sayti https://fargonatuman.uz/ (oʻzb.)
Xaritada
Fargʻona tumani xaritada
40°10′14.16″N 71°43′43.25″E / 40.1706000°N 71.7286806°E / 40.1706000; 71.7286806

Fargʻona tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi tuman.

1926-yil 29-sentabrda tashkil qilingan. 1962-yil 24-dekabrda Quva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-yil 22-fevralda qayta tuzilgan. Shimoldan Margʻilon va Fargʻona shaharlari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy shahri, janubiy-sharq va janubdan Qirgʻiziston Respublikasi, shimoliy-gʻarbdan. Oltiariq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,62 ming km². Aholisi 221,5 ming kishi (2024).

Tumanda 73 mahalla fuqarolar yigʻini (Shohimardon mahallasi, Yordon mahallasi, Vodil mahallasi, Xo‘ja Ahmad Vale mahallasi, Sanoat mahallasi, Hosilot mahallasi, Tinchlik mahallasi, Beruniy mahallasi, Bo‘ston mahallasi, Marg‘ilon mahallasi, Dilkusho mahallasi, Yambaroq mahallasi, Novkent mahallasi, Yuksalish mahallasi, Toshqo‘rg‘on Aziz mahallasi, Shohimardonobod mahallasi, Kaptarxona mahallasi, Yoyilma mahallasi, Mehnatobod mahallasi, Barqaror hamjixatlik mahallasi, Mindonobod mahallasi, Yangi asr mahallasi, Damkoʻl mahallasi, Bo‘stonobod mahallasi, Guliston mahallasi, Oqtom mahallasi, Yuqori Vodil mahallasi, Navro‘z mahallasi, Obod mahallasi, Qorayantoq mahallasi, Log‘on mahallasi, Vaziyo mahallasi, Xurshidi Tobon mahallasi, Gulpiyon mahallasi, Mashʼal mahallasi, Avval mahallasi, Birdamlik mahallasi, Mozortagi mahallasi, Qorasuv mahallasi, O‘rta qishloq mahallasi, Oqtepa mahallasi, Soy bo‘yi mahallasi, Qo‘riq mahallasi, Pastki Archa mahallasi, Yuqori Archa mahallasi, Chimyon mahallasi, Bahor mahallasi, Ulug‘bek mahallasi, Langar mahallasi, Qurilish mahallasi, Zilol mahallasi, Shifokor mahallasi, Do‘stlik mahallasi, Gulshan mahallasi, Dehqonobod mahallasi, Boy mahallasi, Yuqori Gulshan mahallasi, Mindon mahallasi, Markaz mahallasi, Guzar mahallasi, Xo‘roba mahallasi, Sharq haqiqati mahallasi, Xonqiz mahallasi, Oq oltin mahallasi, O‘zbekiston mahallasi, Farg‘ona mahallasi, Qo‘rg‘ontepa mahallasi, Maydon mahallasi, Yangi yo‘l mahallasi, Satkak mahallasi, Oqbilol mahallasi, Yangiobod mahallasi, Konchilar mahallasi) bor. Tuman markazi — Vodil shaharchasi[3].

Tuman hududi viloyatning janub qismida, Pomir-Olay togʻlari etaklarida joylashgan. Relyefi janubda qiradirlar (Xontaxt, Sariquchma, Kattakam, Kichikkam, Nomozgoʻy, Xirmonjoy) bilan band. Togʻlardan Oltiariqsoy, Margʻilonsoy, Chimyonsoy oqib tushadi. Shimolda asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, ohaktosh, marmar bor. Mineral buloq koʻp. Iklimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi −2,7°, eng past temperatura −27°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin miqdori 174 mm. Vegetatsiya davri 240 kun.

Tuproqlari, asosan, oʻtloqi boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, qovul, yalpiz, changal, lolaqizgʻaldoq, bangidevona, ajriq, ituzum, itqoʻnoq, burgan, boʻztikan, ot quloq, ayiqtovon, qoʻzgʻa, qamish, doʻlana, shoʻra va boshqalar o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, tulki, sugʻur, quyon, jayron, yovvoyi choʻchqa, jayra, yumronqoziq, kalamush, har xil ilonlar, echkemar, sichqon; qushlardan kaklik, bedana, bulbul, oʻrdak, gʻoz, kaptar, laylak, musicha, chumchuq, qaldirgʻoch, mayna, zagʻizgʻon, olaqargʻa, sor, qirgʻiy, qizilishton, toʻrgʻay, zargʻaldoq, qarqunoq, boyo'g'li va boshqa qushlarqushlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, ruslar, tatar, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Tumanda sanoat korxonalari, shu jumladan, taʼmirlashmexanika zavodi (Chimyon), MTP, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, 394 ta kichik, 2 ta qoʻshma korxona, pillani qayta ishlash zavodi, "Vodil" mikro GESi[4] va boshqa bor. Qishloq xoʻjaligi paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik (ayniqsa, malinasi mashhur), chorvachilik va pillachilikka ixtisoslashgan. Shirkat xoʻjaliklari, 293 ta fermer xoʻjaligi mavjud. Tuman xoʻjaliklarida paxta, kartoshka, sabzavot, don, ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

64 ta davlat oʻrta taʼlim, 1 ta xususiy oʻrta taʼlim, 2 ta musiqa maktablari, 2 ta kasb-hunar maktablari 2 ta texnikum, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, 5 ta madaniyat uylari va 2 ta muzey ishlab turibdi. Markaziy stadion, sport zallari, futbol maydonlari bor. Markaziy kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. „Chimyon“, „Zilol“, „Nurafshon“ va boshqa sanatoriylar ishlab turibdi. Fargʻona-Shohimardon, Vodil-Oltiariq avtomobil yoʻllari oʻtgan. 1932-yildan „Shonli mehnat“ tuman gazeta nashr etiladi.

  1. Фарғона тумани ҳокими ва ўринбосарлари ҳақида маълумот
  2. Demografiya
  3. Abduraimov, Toir. „Fargʻona tumani“ OʻzME. F-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. VODIL CITY „"Vodil" mikro GESi foydalanishga topshirildi“ (O'zbekcha). YouTube. "Farg'ona" TRK (23-iyun 2024-yil). Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.