Chiyaboʻri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Chiyaboʻri
Canis aureus - golden jackal.jpg
Golden wolf small.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chiyaboʻri, shaqal (Canis aureus) — yirtqichlar turkumining itsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 71—85 sm, dumi 20—36 sm, ogʻirligi 7–13 kg . Qishda yungi xira sargʻish, kulrang (yelkasida qora aralash), yozda malla rangda, qorasi kam. Dumi mallaqoʻngʻir, uchi qora. Ch. daryo va koʻl qirgʻoqlaridagi toʻqay, butazorlarda inda yashaydi; boshqa hayvonlar inidan, tabiiy chuqurchalardan foydalanadi (baʼzan oʻzi uya qaziydi). Mart—mayda 4—9 ta bola tugʻadi. Hammaxoʻr, har xil hayvon hamda oʻsimlik mahsulotlari, oʻlimtiklar va boshqa bilan oziqlanadi. Shimoliy Afrika, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Yevropa, Bolqon yarim orol va Arabistonda tarqalgan. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, baʼzan Moldaviyada ham uchraydi. Aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardagi Ch.lar oʻlimtiklar bilan oziqlanib, baʼzi yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tarqatadi va parrandalarni yeb ziyon keltiradi. Moʻynasi sifatsiz.