Zagʻizgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Pica pica1.jpg

Zagʻizgʻon, hakka (Pica pica) — chumchuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 45—48 sm. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerika, Shim.Gʻarbiy Afrika, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Jan. va Gʻarbiy Sibirda tarqalgan. 3. bogʻlar, toʻqay va togʻlardagi oʻrmonlarda yashaydi. Tundra, Sharqiy Sibirning ayrim hududlari va choʻllarda uchramaydi. 3. qishda koʻchib yuruvchi qush. Daraxtlar shoxiga va butalarga yirik yopiq uya soladi. Martmay oylarida 5—7, baʼzan 8—9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 18—19 kunda joʻja chiqadi. 3. mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziklanadi; baʼzan poliz ekinlari (tarvuz, qovun) va mevalarni ham choʻqiydi. [1]Aprel oyining boshida bir juft zağizğonlar 1metrdan 12metrgacha daraxt yoki butalarga uya soladi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil