Yumronqoziqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yumronqoziqlartiyinsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. Tanasi 14—40 sm, dumi 4— 25 sm. Rangi oqish, qum rangda, qoʻngʻir kulrang va boshqalar tusda. Yevrosiyo va Shimoliy Amerika pasttekisliklari, togʻli choʻllari, qisman choʻl, tundra va togʻlarda (3500 m gacha) tarqalgan. 20 dan koʻproq turi bor. Shundan sariq yumronqoziq Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo choʻllarida uchraydi. Hamma Yu. kunduzi faol hayot kechiradi. Kishda uyquga kiradi. Koʻpchiligi koloniya boʻlib yashaydi. Oʻsimliklarning yer usti va osti qismlari bilan oziqlanadi; urugʻlarini yigʻadi. Yiliga bir marta urchiydi, 5—8 bola tugʻadi. Koʻpchilik Yu. donli oʻsimliklarning xavfli zararkunandasi va qator kasallik qoʻzgʻatuvchilarning tabiiy tashib yuruvchisidir. Yirik turlari terisi uchun ovlanadi.