Ayiqtovonlar

Ayiqtovonlar (Ranunculus) – ayiqtovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik (ba’zi turlari bir yillik)o't oʻsimliklar turkumi. Yer yuzida 600 ga yaqin turi, shu jumladan Oʻrta Osiyoda 65 turi bor; koʻproq sernam yerlarda, Oʻrta Osiyoda esa choʻl va adirlarda ham oʻsadi. A. poyasining uz. 15-45 sm, ba’zan 80 sm ga boradi; gullari sariq, toʻgʻri (ak-tinomorf), qoʻsh gulqoʻrgʻonli. Gulkosa va gultojisi 5 bargli, har bir tojbar-gning tagida qipiqsimon oʻsimta bilan yopilib turadigan shira bezi bor, changchi va urugʻchilari koʻp. Guloʻrni ba’zi turlarida tuksiz, boshqalarida sertuk. Barglari panjasimon oʻyma, poyaning pa-stidan yuqorisiga tomon maydalashib bo-radi. Mevasi apokarp va quruq (qarang Meed). A.ning Oʻzbekistonda 32 turi (koʻproq R. pinnatisectus, R. linerilobus, R. Severtzovii 238va b.) oʻsadi. Tarkibida zaharli modda – anemonol boʻlgani uchun A. li oʻtloqlarda mol boqish xavfli. A. oʻrib quritilganda zaharsizlanadi. Ba’zi turlari xushman-zara oʻsimlik sifatida ekiladi.Gullari yumaloq sariq rangda,bargi zaharli
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |