Boʻri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Boʻri
Eurasian wolf 2.jpg
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Canis
Turlari: C. lupus
Binar nomi
Canis lupus
(Linnaeus, 1758-yil[1])
Kenja turlari
Qarang Canis lupus turlari
Canis lupus distribution (IUCN).png

Boʻrilarning global diapazoni (IUCNning 2018-yilgi bayonotiga koʻra).[2]

Boʻri, qashqir (Canis lupus) — itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonning choʻl, dashtlari, oʻrmon, toʻqay, togʻ va togʻ etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland togʻlar va tundrada ham yashaydi.

Boʻrilar qoyalar orasiga, toʻqaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi. Tulki inlaridan ham foydalanadi. Boʻrilar inida bolalaydi va bolalarini parvarish qiladi. Chorvachilik r-nlarida podalardan uzoqqa ketmaydi. Boʻrilar yanvar oyidan boshlab urchiydi. Urchish vaqtida erkaklari urgʻochisini talashib qattiq urishadi. Boʻrilar monogam hayvon. Jufti uzoq muddat saqlanib qoladi. Homiladorlik davri 62— 65 kun. Yosh boʻri 3—5 ta, qarisi 6—8 ta, baʼzan 10—13 ta bola tugʻadi. Bolasini 5—6 hafta emizadi. Bolasi 3 haftaligida inidan chiqa boshlaydi. Urgʻochisi emizikli davrida erkagi ovqat olib kelib turadi. Bolalari goʻsht bilan oziqlanishga oʻtgandan soʻng ona boʻri ham oʻlja tutib kela boshlaydi. Avgust oxiridan boshlab yosh boʻrilar har xil mayda kemiruvchilarni tutib yeya boshlaydi. Sentabrda kattalari bilan birgalashib, uy hayvonlarini va yovvoyi hayvonlarni ov qilishga oʻrganadi. Noyab.ga qadar 10—15 ta buri gala boʻlib yuradi. Oʻlja topish qiyin boʻlib qolganda bitta yoki ikkitadan boʻlib, tarqalib ketadi. Erkagi 2 yoshida, urgʻochisi 2—3 yoshida voyaga yetadi. B. 15—16 yil yashaydi. Yilda ikki marta — bahor va kuzda tullaydi. Boʻrilar kuchli, chidamli va chaqqon, hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan hayvon. Goʻsht bilan oziqlanadi, baʼzan olma, qovun, tarvuz kabi mevalarni ham yeydi. Asosan, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, quyon, yumronqoziq kabi kemiruvchilar, qushlar, hatto oʻlimtiklar bilan oziqlanadi. Boʻrilar juda ochkoʻz va xoʻra, ikkitasi bitta qoʻyni yeb qoʻyishi mumkin. Podaga hujum qilganda koʻp qoʻyni nobud qiladi. Bir nechta B. birgalikda yoki tuda boʻlib ov qiladi. Quturgan va ochiqqan boʻrilar odamga ham hujum qilishi mumkin. B.ning 12 ta kenja turi bor. Oʻrta Osiyoning choʻl, dasht va past togʻlarida choʻl boʻrisi (S. 1. campestris), Pomir togʻlarida tibet boʻrisi (S. 1. laniger) kenja turlari yashaydi. Baʼzan qora boʻrilar ham uchraydi, uning terisi qimmatbaho hisoblanadi. Oʻzbekistonda choʻl boʻrisi tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Linnaeus1758
  2. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Boitani2018