Avval (Fargʻona tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avval
ruscha: Аввал
Shaharcha
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Fargʻona tumani
Milliy tarkib o'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar.
Vaqt mintaqasi UTC+5

Avval (ruscha: Аввал) — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Fargʻona tumaniga qarashli shaharcha. Farg'ona shahridan 12 km, Quvasoy shahridan 17 km, tuman markazi (Vodil)dan 20 km masofada joylashgan. Markazi Avval avtoshohbekati. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Avval nomining kelib chiqishi Markaziy Osiyoda Islom dinining tarqalishiga katta hissa qo'shgan sahoba Robbial Mir Avval nomi bilan bog'liq ( uning nomi bilan ataluvchi qabristonda taxminlarga ko‘ra sahobaning qabri bor). O‘rta asrlarda Avval shaharga aylangan. Mo‘g‘ullar bosqini davrida vayron etilgan. Qo'qon xonligi davrida Marg'ilon bekligiga qaragan. Ruslar davrida Marg'ilon volosti tarkibidagi 19 ta uyezddan biri Avval uyezdi bo‘lgan. Sovet ittifoqi davrida dastlabki tashkil etilgan Fargʻona tumanining ma'muriy markazi vazifasini bajargan.

Dastlab joyning nega Avval deb atalganligi masalasiga yetiboringizni qaratsak. O‘zbek tilining izoxli lug‘atida “Avval” so‘zi quyidagicha izoxlanadi:

1. Avval – boshlanish payti, ilk payt;

2. Avval – ilgarigi vaqtlarda, ilgari, burun;

3. Avval – hammadan oldin, dastavval;

4. Avval - biror voqea, hodisa yoki shu haqda so‘z borayotgan vaqtdan oldin bo‘lganligi aniqlandi.

Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, “Avval” so‘ziga to‘rt xil izoh berilgan. Ammo Avval qishlog‘ining atalishi borasida bu izohlar yetarli yemas, albatta. Chunonchi, aholi orasida Avval nomining kelib chiqishi hususida turli taxminlar mavjud.

Masalan: “Avval qishlog‘i boshqa qishloqlarga nisbatan ancha oldin tashkil qilingan. Shu qishloqda tarixiy yodgorliklar xam avval paydo bo‘lgan. Shuning uchun qishloqning nomini maxalliy xalq “Avval” deb atalgan. Avval qishlog‘idagi Xo‘jamposhsho tarixiy yodgorligi Farg‘ona viloyati o‘ramida birinchi qurilgan. Avval qishloq o‘ramida Avval, Damko'l,Qalʼaibolo, O‘rta-qishloq, Qorasuv, Gultagi, Jangal, Boymaxalla, Begimjontepa, Oqtepa degan qishloqlar bor.

Xar bir qishloq nomining kelib chiqishi xaqida to‘xtalganda, masalan, Qalʼaibolo qishlog‘i Avval qishlog‘ining yer sathiga nisbatan ancha balandlikda joylashgan. Shuning uchun xam uni maxalliy xalq Qalʼai-bolo qishlog‘i deb atagan. O‘rta qishloq Avvalning o‘rtasida, markazga yaqin joylashgan. Shuning uchun O‘rta-qishloq deb atalgan. Qorasuv qishlog‘idan qora suv chiqqanligi uchun Qorasuv deb atalgan” Aytib o‘tish kerakki, o‘tmishda Avval nomini Rabial Avval (Abdul Avval xam deyiladi) ismli sahoba yohud Abdul Avval nomli avliyo nomi bilan xam  bog‘lab kelganlar.

Avval qishlog‘ida tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, hususan, qadamjolar juda ko‘p.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Shohimardonga - Hazrat Ali mozoriga ketayotgan har bir ziyoratchi Avval qishlog‘idagi muqaddas mozorlarni ziyorat qilishi lozim bo‘lgan. Bu xaqda xalq orasida shunday naql yuradi: Emishki, Hazrati Shohimardon Avval qishlog‘idagi aziz zotlarga “Avval sizni, keyin bizni ziyorat qilsinlar”, deb aytgan yekan. Shu sababdan Shohimardonga Avval orqali o‘tib ketayotgan ziyoratchilar shu yerda to‘xtab, dastlabki ziyoratlarini bajarganlar. Avvalda bunday ziyoratgoxlar sifatida, yuqorida aytib o‘tganimizdek, Xojam Podshox (Xo‘jam poshsho), Rabial Avval ziyoratgoxlarini tilga olish mumkin. Avvalda Markaziy dehqon bozori, chorva bozori, bir nechta qurilish mollari do'konlari, o'nlab savdo do'konlari va xizmat ko'rsatish ob'ektlari bor. Aholiga 2-sonli oilaviy poliklinika va tez tibbiy yordam markazi bepul ambulator xizmat ko'rsatadi. O‘nga yaqin dorixonalar va "Yetti buloq" sanatoriysi bor. Avvalda "Transport va servis texnikumi", 25-sonli musiqa va san'at maktabi, 34-,35-,37-,38-,39- va 44- umumta'lim maktablari hamda 2 ta DMTM bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]