Mayna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Indian Myna.JPG

Mayna (Acridotheres tristis) — chumchuqsimonlar turkumi shaqshaqlar oilasiga mansub qush. Tanasiping orqa va qorin tomoni qoʻngir, tumshugi va koʻzlarining atrofi sariq. Qapotlariping ostki qismi ola. Dumi va qanoti kalta, boshi nisbatan yirik. Tanasining uz. 25 sm gacha, vazni 40—60 g . Daraxtlar, baʼzan binolar devorilagi kovaklarga, jarliklardagi yoriqlarga uya qoʻyadi. Bir yilda 2—3 marta bola ochadi; 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini 2 hafta bosadi, tuxumdan chiqqan bolalari 25 kundauchirma boʻladi. M. oʻtroq qush. Hindiston, Pokiston, Myanma, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va boshqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 20-asrning 50-yillarida tarqala boshlagan; hozirgi hamma hududlarda uchraydi. Hasharotlar bilan oziklanib, qishloq xoʻjaligiga foyda keltiradi; baʼzan pishgan mevalarni choʻqiydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil