Qishloq vrachlik punkti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qishloq vrachlik punkti (QVP) — davolash-profilaktika muassasasi, maʼlum hududga biriktirilgan aholiga malakali tibbiy yordam koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 may "Qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishning 1996 — 2000 yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida"gi 182-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 1996 yil 30 may 464-sonli buyrugʻiga asosan tashkil qilingan. Shunga koʻra, QVP 1500 va undan ortiq aholi yashaydigan joylarda tashkil qilinadi. Hozirgi kunda faoliyat koʻrsatayotgan QVP aholi soniga qarab 4 toifaga boʻlinadi, undagi vrachlar hamda oʻrta tibbiy xodimlar shunga muvofiq belgilanadi:— aholisi 1500 — 2500 gacha I toifali;— 2500 — 3000 gacha II toifali;— 3000 — 5000 gacha III toifali;— 5000 — 7000 va undan ortiq IV toifali.

.QVP quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:biriktirilgan aholiga malakali tibbiy yordam koʻrsatish; aholi oʻrtasida kasallanish, jarohatlanish, oʻlim va nogironlikning oldini olish chora-tadbirlarini oʻtkazish;aholini sanitariya-gigiyena koʻnikmalari boʻyicha bilim saviyasini oshirish, ratsional ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni targʻib qilish, zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik)ning oldini olish, ularga qarshi kurash tadbirlarini tashkil qilish;emlash ishlari, aholi yashaydigan joylar, tashkilot, muassasalar, korxonalarning tozaligi, ichimlik suvi taʼminotini nazorat qilish, ularda joriy sanitariya nazorati oʻrnatish;oʻsib kelayotgan avlodni sogʻlomlashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilani rejalashtirish, bolalar orasida tugʻma nuqsonlar va nasl kasalliklarini kamaytirish;aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish va ularni vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, dispanser nazoratiga olish;sil, teri-tanosil, saraton (rak), ruhiy, ichki sekretsiya bezlari kasalliklari va boshqalarga qarshi kurashish boʻyicha davolash-profilaktika chora-tadbirlarini oʻtkazish;aholi oʻrtasida kasallanishni, ishchi va xizmatchilarning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik sabablarini aniqlash va kamaytirish maqsadida xoʻjaliklar, tashkilotlar, korxona rahbarlari bilan birgalikda tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy va profilaktik yordamning sifati va samaradorligini oshirish;kasalliklarni vaqtida aniklash, zaruriyat boʻlganda tegishli davolash-profilaktika muassasalariga yuborish, vrachlar maslahatini tashkil qilish;mehnatga vaqtincha layoqatsizlik ekspertizasini oʻtkazish;xavfli yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar kabi favqulodda hodisalar roʻy berganida yuqori (viloyat, tuman markaziy kasalxonalariga) davolash muassasalariga xabar berish;aholi sogʻligʻini saqlashga qaratilgan barcha reja-tadbirlarni ishlab chiqish va oʻtkazishda jamoa tashkilotlarini jalb etish. QVP ga vrach rahbarlik qiladi.

Respublikada 1996 yil 307 ta QVP tashkil qilingan boʻlib, ularda 237 nafar vrach faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2004 yil ular soni 2566 tani, vrachlar soni esa 6174 tani tashkil etdi. Hozirgi ularning barchasida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan umumiy amaliyot vrachlari faoliyat koʻrsatmoqda.