Vodil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shaharcha
Vodil
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona viloyati
Tuman Fargʻona tumani
Koordinatalari 40°10′45″N 71°43′47″E / 40.17917°N 71.72972°E / 40.17917; 71.72972Koordinatalari: 40°10′45″N 71°43′47″E / 40.17917°N 71.72972°E / 40.17917; 71.72972
Ichki boʻlinishi Vodil ikki qismga bo'linadi Yuqori vodil qishlog' fuqarolar yig'ini va Vodil qishloq fuqarolar yig'iniga bo'linadi
Avvalgi nomlari Voh dil
Aholisi 80 400 nafar (2016)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 73 353
Pochta indeksi 150400
Avtomobil kodi 40
Vodil (Oʻzbekiston)
Vodil

VodilFargʻona viloyatidagi qishloq. Fargʻona tumani markazi. Shohimardonsoy boʻyida joylashgan. Maydoni 0,62 ming km². Aholisi 80400 kishi (2016). Yaqin temir yoʻl stansiyasiFargʻona (25 km). Tumanda 2 ta shaharcha (Vodil va Chimyon), 13 fuqarolar yigʻini (Avval, Gulshan, Damkoʻl, Vodil, Kaptarxona, Logʻon, Soyboʻyi, Mindon, Navkat, Oqbilol, Xonqiz, Chekshoʻra, Chimyon) bor. Tuman markazi — Vodil shaharchasi.

Tarixi[tahrir]

Fargʻona tumani - Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil qilingan. 1962 yil 24 dekabrda Quva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964 yil 22 fevralda qayta tuzilgan. Shim.dan Margʻilon va Fargʻona shaharlari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy shahri, janubisharq va janubidan Qirgʻiziston Respublikasi, shimoli-gʻarbdan. Oltiariq tumani bilan chegaradosh.

Tabiati[tahrir]

Hududi viloyatning janubiy qismida, Pomir Olay togʻlari etaklarida joylashgan. Relyefi janubida qiradirlar (Xontaxt, Sariquchma, Kattakam, Kichikkam, Nomozgoʻy, Xirmonjoy) bilan band.Togʻlardan Marg'ilonsoy, Arabsoy, Oltiariqsoy, Chimyonsoy oqib tushadi. Vodil asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, ohaktosh, marmar, hamda so'ngi yillarda aniqlangan juda katta yer osti ko'mir boyligi bor. Mineral buloq koʻp. Iklimi kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —2,7°, eng past temperatura —27°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin miqdori 174 mm. Vegetatsiya davri 240 kun.

Tuproqlari, asosan, oʻtloqi boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, qovul, yalpiz, changal, lolaqizgʻaldoq, bangidevona, ajriq, ituzum, itqoʻnoq, burgan, boʻztikan, otquloq, ayiqtovon, qoʻzgʻa, qamish, doʻlana, shoʻra va boshqalar usadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri,ilvirs, chiyaboʻri, tulki, sugʻur, quyon, jayran, qobon, jayra, yumronqoziq, kalamush, har xil ilonlar, echkemar, sichqon; qushlardan kaklik, bedana, bulbul, oʻrdak, gʻoz, kaptar, laylak, musicha, chumchuq, qaldirgʻoch, mayna, zagʻizgʻon, olaqargʻa, sor, qirgʻiy, qizilishton, toʻrgʻay, zargʻaldoq, qarqunoq, boyoʻgʻli va boshqalar qushlar bor.

Aholisi[tahrir]

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirgʻiz va boshqalar millat vakillari xam yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 271,8 kishi. Shahar aholisi

Xoʻjaligi[tahrir]

Vodilda sanoat korxonalari, shu jumladan, MTP, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, pillani qayta ishlash zavodi bor. Qishloq xoʻjaligi paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik (ayniqsa, malinasi mashhur), chorvachilik va pillachilikka ixtisoslashgan. Shirkat xoʻjaliklari, fermer xoʻjaliklari mavjud. xoʻjaliklarda paxta, kartoshka, sabzavot, don, ozuqa ekinlari ekiladi. Vodildagi shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Maorifi va madaniyati[tahrir]

9 umumiy taʼlim maktabi, 1 litsey, 1 musiqa maktabi, 2 ta kasb hunar ko'lleji, bolalar dam olish oromgohi, 1 kinoteatr, 3 kasalxona, dorixonalar, 5 kutubxona, madaniyat uyi, dehqon bozori, chorva hayvonlari bozori, mehmonhona bor. Fargʻona—Shohimardon, Vodil—Oltiariq avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Geografiyasi[tahrir]

Xozirgi paytda mahalliy aholi Vodilni 7 qismga bo'lgan: Yuqori ko'cha, Qorovul tepa, Boy ko'cha, Yakka tut, Chakalik, Sestum, Bo'ston. Ushbu qismlardan eng kattasi va eng tarixiysi Qorovultepa hisoblanadi. Qorovultepa nomining kelib chiqishi Qo'qon xonligi davriga borib taqaladi ushbu davrda xon Shohimardonga safari paytida Vodilda joylashgan qarorgohida tunab qolgan paytlarda Xonni qo'riqlash tepaligi Qorovultepa deb atalgan hozirgi paytda ushbu o'rdaning o'rnida 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi joylashgan. Qorovultepa hududi ushbu maktabdan boshlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Vodil" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil