Qizilishtonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qizilishtonlarqushlar oilasi. 224 turi maʼlum. Madagaskar, Avstraliya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya va Polineziyadan boshqa hamma joida tarqalgan. Oʻzbekistonda 15 turi uchraydi. Tanasi 8—50 sm. Q., asosan, daraxtda yashashga moslashgan. Oyogʻi kalta, barmoqlari oʻtkir tirnokdi. Koʻpchiligi mustahkam tumshugʻi, boʻynining kuchli muskulaturasi va baquvvat dum patlari yordamida daraxtga oʻrmalab chiqib, oziq izlaydi (bunda u daraxt poʻstlogʻi yoki yogʻoch qismini tumshugʻi bilan teshadi va uzun, chuvalchangsimon tili bilan hasharot yoki lichinkani tortib oladi). Sahroda hayot kechiruvchi turlari yerda oziqlanadi, baʼzilari daraxt shirasini soʻradi. Q. daraxt yoki gigant kaktuslarga, ayrimlari toshlar orasidagi iniga 3—7 ta tuxum qoʻyadi. Q. oʻrmon xoʻjaligiga hasharot va lichinkalarni yeb foyda, daraxt tanasini teshib zarar keltiradi.