Ituzum
Ituzum (Solanum) — ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar, chala butalar va butalar, baʼzan past boʻyli daraxtlar (tropiklarda) turkumi, dorivor oʻsimlik. 1700 ga yaqin turi bor. Aksariyat turlari Janubiy Amerikada tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda pallali Ittriy (Ittriy laciniatum) dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi (bargi va poyasida solasonin va salamargin alkaloidlari koʻp). Oʻzbekistonda begona oʻt hisoblanadigan guli binafsha rang, mevasi qora (Ittriy nigrum) va qizil turi uchraydi. Poyasi sershox, tik usadi, boʻyi 90 sm gacha. Barglari oddiy va murakkab, tuxumsimon, oʻyiq. Mevasi — koʻsakcha, qora yoki qizil dumaloq rezavor. Iyul—oktbrda gullab mevalaydi. Bir oʻsimlik 40 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari qattiq qobiqli, tuproqda uzoq vaqtgacha unuvchanlik qobiliyatini saqlaydi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekinzor dalalarda begona oʻt sifatida koʻp uchraydi. Ituzumning dorivorlik xususiyatlari ham bor. Xalq tabobatida tomoqnafas yoʻllari xastaliklarini davolashda mevasidan foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |