Qaldirgʻochlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qaldirgʻochlar — sayroqi chumchuqsimonlar oilasi. Uz. 10— 23 sm. Qanotlari uzun va ingichka; uzoq va tez (27,5 m/sek. gacha) uchishga moslashgan. Deyarli faqat hasharotlar bilan oziqlanadi. Oyoqlari kalta, yerda yaxshi yurolmaydi. Shuning uchun yerga faqat in qurish davrida material yigʻish uchun qoʻnadi; oʻljasini havoda tutadi; suv ustida past uchib, suv ichadi va choʻmiladi. Qning 20 urugʻi va 79 turi maʼlum. Arktika va Antarktidadan tashqari barcha hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 uruqqa mansub 6 turi (shahar qaldirgʻochi, togʻ qaldirgʻochi, qirgʻoq qaldirgʻochi, kichik qaldirgʻoch, tuyaqaldirgʻoch, qishloq qaldirgʻochi) uchraydi. Qishloq qaddirgʻochi respublikamizdagi barcha shahar va qishloqlarda binolarning shifti ostidagi toʻsinlarga va devoriga yarimsharsimon uya quradi. Bunda soʻlak bilan aralashtirilgan loydan foydalanadi. Uyasiga 2—7 taga yaqin tuxum qoʻyib, urgʻochisi va erkagi navbat bilan bosadi. Q. qon soʻruvchi hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi.