Chimyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Chimyon
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona viloyati
Tuman Fargʻona tumani
Koordinatalari 40°15′10″N 71°34′15″E / 40.25278°N 71.57083°E / 40.25278; 71.57083Koordinatalari: 40°15′10″N 71°34′15″E / 40.25278°N 71.57083°E / 40.25278; 71.57083
Aholisi 3 400 nafar (2004)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Chimyon (Oʻzbekiston)
Chimyon

Chimyon — Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi shaharcha (1943 yildan). Fargʻona shahridan 28 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Oltiariq (24 km). Aholisi 3,4 ming kishi (2004). Ch.da 2 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat saroyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, stadion, poliklinika, dorixona mavjud. Ch. hududida eski neft koni, balneologik kurort bor. Kurort mineral suvi tarkibida vodorodsulfid (300–500 mg/l) va natriy xlorid asosiy oʻrin tutadi. Tarkibi jihatdan Kavkazdagi SochiMatsesta mineral suvlariga tenglashadi. Ch.da yuraktomir, periferiya nerv sistemasi, tayanchharakat apparatlari, ovqat hazm qilish organlari, teri, radikulit, spondilyoz, revmatizm va boshqa kasalliklar davolanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Chimyon" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil