Sugʻurlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sugʻurlar (Marmota) — tiyinlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. 15 turi bor. Tanasining uz. 60 sm cha, dumi 20 sm cha, ogʻirligi 2,5—9 kg . Boʻyni kalta, koʻzi katta, quloq suprasi kichik. Junlari kalin va uzun. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda uzun dumli (kizil) S. va koʻk S. uchraydi. Togʻ hamda pasttekisliklardagi oʻtloklarda yashaydi. 1 — 6 ta kirishchikish teshikli murakkab uyalar (3 m cha chukurlikda, 8 m cha uzunlikda) qaziydi. Qishda uyquga kiradi. Oila boʻlib hayot kechiradi. Koloniya xreil qiladi. May oyida bolalaydi. Bolalari iyun—iyul oylarida uyasidan chiqadi. 2 yidda jinsiy voyaga yetadi. Har xil oʻtlar (asosan, boshokli), baʼzan chuvalchang , mollyuska va hasharotlar bilan oziqlanadi. Yogʻi va moʻynasi uchun ovlanadi. Koʻk S. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.