Abdullaxon II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdulla IIdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Abdullaxon II
عبد ا لله خات
AbdullakhanII.jpg
Taxallus:Xon
Tavallud sanasi: 1534-yil
Vafot sanasi:1598-yil 8-fevral
Kasb: Xon

Abdullaxon II — davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi[tahrir]

Abdullaxon II (toʻliq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent qishlogʻi — 1598.8.2, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583—98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton (vafoti 1528/29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512/13-yildan boʻlgan. Otasi Iskandar sulton oʻgʻli tugʻilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chogʻidan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548), Moʻgʻuliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Doʻstum sultonlar qoʻshiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton oʻzining hukmdor sifatidagi butun gʻayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navroʻz Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini oʻz zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552—56) oʻz mulkini gʻarbga — Buxoro tomonga va janubiy-sharq — Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu saʼy-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur boʻlgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom koʻmagida Navroʻz Ahmadxon, keyinchalik uning oʻgʻillari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navroʻz Ahmadxon vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda oʻz hukmronligini tiklaydi, 1557-yil mayda Buxoroni qoʻlga kiritadi va uni oʻz poytaxtiga aylantiradi. 1561-yil otasini davlat boshligʻi — xon deb eʼlon qilib, uning nomidan mamlakatni oʻzi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga boʻysunishdan bosh tortgan shayboniy sultonlar bilan kurashib Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston (1583) va Fargʻona (1583)ni egallaydi. 1582-yil Dashtga yurish qilib Ulugʻtogʻta qadar borgan. 1583-yil otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni oʻz nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan Maymana va Garchiston (1583), shuningdek Badaxshon (1585)dagi gʻalayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594, 1596) qilib, u yerda markaziy hokimiyat hukmronligini qayta tiklagan. Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gʻilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shom, Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan[1].

Abdullaxon II davrida mamlakat hududi[tahrir]

nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim

Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha boʻlgan yerlardan iborat edi. Abdullaxon II hayotining soʻnggi yillarida oʻgʻli Abdulmoʻmin (q. Abdulmo`minxon) bilan chiqishmay qolgan. Abdulmoʻmin 1582-yil kuzidan Balxni otasi nomidan boshqarayotgan edi. Iskandarxon davrida Abdullaxon II haqiqiy, amaldagi hukmdor boʻlgani kabi, Abdulmoʻmin ham keksaygan otasiga nisbatan shunday mavqeni egallamoqchi boʻlgan. Faqat ulamolarning aralashuvi tufayligina ota-bola oʻrtasida ochiq urush harakatlari boshlanmagan va Abdulmoʻmin otasiga boʻyin egishga majbur boʻlgan. Ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganidan xabar topgan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati va ToshkentSamarqand oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qoʻshinni yenggan. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon II Samarqandga yetganda vafot etgan[2].

Tashqi siyosati[tahrir]

Abdullaxon II faol tashqi siyosat olib borgan. Bu davrda shayboniylar Eron, Hindiston, Turkiya,Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borganlar. Masalan, Abdullaxon II elchilari 1583-yil Moskvadan oʻq-dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham qaytarilgan. Abdullaxon II ning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa pul islohoti oʻtkazish yoʻlidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. U koʻplab turli inshootlar qurdirgan. Hozirgacha xalq orasida u yoki bu inshoot qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxon II ga nisbat beriladi.

Abdullaxon II davrida madaniy hayot[tahrir]

Abdullaxon II davrida Buxoro yaqinidagi Sumiton (Joʻybor) mavzesida Joʻybor xojalaridan Abu Bakr Saʼd (970/971 yil vafot etgan) mozori atrofiga Madrasa, masjid, xonaqoh va chorbogʻ (1558—66), Buxoroda Madrasa (q. Abdullaxon madrasasi), hammom, Govkashon, Fatxulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, yangi Chorsu (1569—70), tim (q. Abdullaxon timi), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga koʻprik (1582) va boshqa qurildi. Bunday inshootlar va karvonsaroylar Samarqand, Toshkent, Balx va boshqa shaharlarda ham qurilgan (masalan, Abdullaxon II ning nufuzli amiri Qulbobo Koʻkaldosh sharafiga Toshkentda qurilgan Ko`kaldosh madrasasi va boshqalar). Karvon yoʻllarida sardobalar, rabotlar, kanallar, suv omborlari (q. Abdullaxon bandi), koʻpriklar (masalan. Surxondaryoda xalq orasida Iskandar ko`prigi nomi bilan mashhur boʻlgan Gʻishtkoʻprik va boshqalar), chorbogʻlar bunyod etilgan[3].

Abdullaxon II davrida shaharsozlik, ilm-fan va adabiyot[tahrir]

Abdullaxon II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma („Sharafnomayi shohiy“) (1584—89), Amin Ahmad Roziyning „Haft iqlim“ (1583), Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan „Tazkiroti shuaro“ (taxminan. 1593—95) va boshqa ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va boshqa kitob koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishgan. Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ asari Abdullaxon II ga bagʻishlangan. Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqa yashab ijod etgan. Abdullaxon II ning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, „Xon“ taxallusi bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan. Mamlakatda (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Balx va boshqa shaharlarda) hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va boshqa tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir boʻlgan[4].

Harbiy sanʼat rivojlanishi[tahrir]

Harbiy sanʼat taraqqiy etgan. Qoʻshin tarkibini nayza, qilich, manjaniq, naftandoz va shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilgan. 16-asr ikkinchi yarmidan qoʻshin Turkiya va Rossiyadan keltirilgan pilta miltiq va zambaraklar bilan qurollana boshlagan (yana q. Buxoro xonligi)

Manbalar[tahrir]

  1. Bartold V. V., Sochineniya, 11(2) t., M., 1964
  2. Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993;
  3. Hofiz Tanish Buxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999;
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Muzaffar ad-Din (1531 - 1534)
Abul Gazi (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)