Nadr Muhammad
Nadr (Nodir) Muhammadxon (1592 — taxminan 1651) — Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasidan boʻlgan hukmdor. Balx xoni (1606—1642; 1645—1651) va Buxoro xonligi hukmdori (1642—1645).
Buxoro xonligi hukmdori Imomqulixon (1611—1642) o’z hukmronligining oxiriga kelib ko’r bo’lib qoldi va ukasi Nadr Muhammad (1642-1645) foydasiga taxtdan voz kechishga qaror qildi. Ikki tantanali taxtga chiqish marosimi o’tkazildi: bittasi Samarqandda, keyin Buxoroda. Nadr Muhammad taxtga o’tirishdan oldin Balx xoni boʻlgan.
Nadr Muhammadxon davrida Rossiya bilan diplomatik va savdo aloqalari saqlanib qoldi. 1642-yilda Mixail Fedorovich Buxoroga Goroxov va Gribov boshchiligidagi elchixonasini yubordi. 1644-yilda Nadr Muhammadxon Moskvaga Qozi Nogʻay elchisini yubordi.
Balx xoni (1606-1642) Nadr Muhammadxon davrida mamlakatda ichki nizolar kuchayib, hatto farzandlari (12 ta oʻgʻli) ham unga boʻysunmay qoʻygan. Bunga uning oʻta takabburligi, mol-mulkka oʻchligi, qaysarligi sabab boʻlgan. Bu esa aholining umumiy noroziligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, shimoldan koʻchmanchilar mamlakat hududiga hujum qilib uni talon-toroj etmoqda edilar. Nadr Muhammadxon ularga qarshi oʻgʻli Abdulazizni yuboradi. Biroq Nadr Muhammadxondan norozi amirlar harbiy safar chogʻida Abdulazizni xon deb eʼlon qiladilar. Bundan xabar topgan Nadr Muhammadxon Balxga ketishga majbur boʻlgan va boburiylardan Shoh Jahondan yordam berishni soʻragan. Shoh Jahon ikki oʻgʻlini (Murodbaxsh va Avrangzeb) katta qoʻshin bilan Balxga joʻnatib, ularga viloyatni bosib olishni topshiradi. Boburiylarning niyatidan voqif boʻlgan Nadr Muhammadxon ularga qarshi chiqib, Maymana yoʻlida jangda yengiladi va Eronga shoh Abbos II (1642—1667) panohiga qochadi va u yerda 2,5 yilcha qolib ketadi. Boburiylar Balx viloyatini 2 yil gʻorat qilishgan. Muttasil janglar, mamlakatdagi ocharchilik, qattiq qish hindistonlik askarlarga salbiy taʼsir qilgan. Shoh Jahon askarlarini Hindistonga chaqirib olishga majbur boʻladi. Balxni esa Erondan taklif etilgan Nadr Muhammadxonga topshiradi. Bu Nadr Muhammadxonning oʻgʻillarini yana tashvishga solib, ularni birlashishga majbur qilgan. Abdulazizxon ukasi Subhonqulini Balxga noib etib tayinlaydi (1651).
Nadr Muhammadxon taxtdan voz kechib Makkaga, haj safariga ketishga majbur boʻladi va yoʻlda 1651-yilda vafot etadi. Madina yaqinidagi akasi Imomqulixon qabri yoniga dafn etilgan. Muhammad Yusuf Munshiyning yozishicha, Nadr Muhammadxonning yuk ortilgan 600 tuyasi, 8000 ajoyib tulpor otlari, 80 ming qorakoʻl koʻyi boʻlgan. Nadr Muhammadxonning xazinasida farangi barxat matolarga toʻla bir necha sandiqlar saqlangan. Maxmud ibn Vali Nadr Muhammadxon farmoni bilan mashhur asari — "Bahr ul-asror"ni ("Sirlar dengizi"ni) yozgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Istoriya Uzbekskoy SSR. Tom 1. Otvetstvennyy redaktor YA. G. Gulyamov. Tashkent, 1967.
- Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
![]() | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
|