Abdulmoʻminxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulmoʻminxon (?-1599) - Shayboniylar oʻzbek sulolasidan. Abdullaxon IIning oʻgʻli. Balxning kichik xoni (1582–1598). Buxoro xonligi hukmdori (1598-1599). 1589-yildan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni Safaviylardan qaytarib olgach, uni oʻz oʻgʻli qolib, Qulbobo koʻkaldoshga inʼom qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari — Qulbobo Koʻkaldosh, Dinmuhammad sulton va boshqalarga yozma farmon joʻnatib, Abdulmoʻminxonga itoat etmaslikni va hatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yoʻq qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qoʻllab-quvvatlab, uni Abdulmoʻminxonga qarshi urushga undaydi. Bundan dargʻazab boʻlgan Abdulmoʻminxon 1597-yil kuzida otasiga qarshi bosh koʻtarib, Balx va Badaxshon qoʻshini bilan Amudaryo boʻyiga kelgan. Abdullaxon IIning qoʻshini Nasaf (Qarshi) atrofida joylashgan. Abdullaxonga koʻmakka viloyat hokimlari, masalan: Axsi va Andijon hokimi Oʻzbek sulton oʻz qoʻshinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi bilan ota-bola oʻrtasidagi nizoga barham berilgan. Abdulmoʻminxon otasi vafot etgach, Buxoroga qaytib taxtni egallagan. U Safaviylar bilan Xuroson uchun kurashni davom ettirgan.

Abdulmoʻminxon moʻgʻullar vayron qilgan Balx qalʼasini qayta qurdirgan, Balxdagi Xoja Abu Nasr Porso mozorida hashamatli koʻshk bunyod ettirgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Ahmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI–XVIII vv., T., 1985.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Abu Saidxon (1531 - 1534)
Abdulla I (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)