Akbar Jaloliddin Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Akbar-shoh

Akbar Jaloliddin Muhammad (1542.14.10, Amarkot –1605, Agra yaqinidagi Sikandra qishlog‘i), "Akbar-shoh" – Boburiylar sulolasidan hukmdor (1556 – 1605). Hindistondagi boburiylar saltanati hukmdori (1556 yildan). Boburning na-birasi, Humoyunning o‘g‘li, 13 yoshida 255taxtga o‘tirgan (1556 yil 15 fevral). Dastlab vaziri turkman Bayramxon otaliq yorda-mida taxtni boshqargan, so‘ngra balog‘at yoshiga yetgach, mamlakatni qattiqqo‘llik bilan idora eta boshlagan. Saltanatini kengaytirish uchun muttasil kurashgan. A. davrida Boburiylar saltanati shimda Balxsan tortib janubiyda Godovari daryosigacha (Kashmir va Afg‘oniston hududlari bilan), g‘arbda Arabiston dengizidan sharqda Bengaliya qo‘ltig‘igacha bo‘lgan ulkan hududni qamrab olgan. Markaz-lashgan saltanat tuzish maqsadida 1574 yildan ichki islohotlar o‘tkazishga kirishadi: qo‘shin ustida nazoratni kuchaytiradi va uni qayta tashkil etib, yangidan qurollantiradi, mamlakatni yangi ma’muriy tumanlarga bo‘ladi. Nikoh rish-talari orqali Rajput knyazliklari bilan aloqalarni mustahkamlagan. Rajputlar otliq qo‘shini A. qo‘shinining asosini tashkil qilgan. Yirik yer egalari – jo-girdorlarning o‘zboshimchaligiga qarshi bir qancha chora-tadbirlarni o‘tkazgan, 1574 yil dehqonlar, sarkardalarga yer in’om etish o‘rniga xazinadan ularga maosh to‘lashni, mamlakatdagi yerlardan soliq to‘plashni o‘z xizmatchilari zim-masiga yuklagan. A. aholi orasida diniy jihatdan o‘zaro birdamlikka erishish maqsadida hindlarni yuqori mansablarga tayinlay boshlagan va yangi din – "dini ilohiy" joriy etgan. Bu din o‘zida is-lom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining qorishmasidan iborat bo‘lgan. A. dunyoviy va diniy hokimiyatni o‘zida mujassamlashtirgan. Bu dinga e’tiqod qilganlar A.ning marhamatiga sazovor bo‘lganlar. Keyinchalik A. vafotidan so‘ng bu yangi din kichik bir mazhabga aylanib qolgan. A. dehqonchilik va savdoga katta e’tibor bergan, Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo-sotiq olib borgan. A. ilm-fan, san’atga ham homiylik qilgan. A.ning vaziri va do‘sti Abulfazl Allomiy A. saltanati tarixiga oid "Akbar-noma" asarini yozib qoddirgan. A. buyuk davlat arbobi, quvvai hofizasi kuchli, jasur, iqtidorli sarkarda bo‘lgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Qodirov P., Humoyun va Akbar, T., 1994.




Boburiylar sulolasi

BoburXumoyunAkbar-shohJahongirShoh-JahonAurang AlamgirBahodir-shoh IJahondar-shohFarruh SiyyorMuhammad-shohAhmad-shohAlamgir IIShoh Alam IBedorbaxtShoh Alam IIAkbar-shoh IIBahodir-shoh II