Muzakkiri ahbob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

«Muzakkiri ahbob» («Ahboblar (ya’ni do'stlar) zikrida» nomli tazkira muallifi xoja Bahouddin Hasan Nisoriy (vafoti 1596—1597), XVI asrda oʻtgan yirik oʻzbek shoiri va olimidir.

Bahouddin Hasan Nisoriy asli buxorolik, mashhur shoir Podshohxoja (1450 — vafot etgan yili noma’lum) oilasiga mansub. Xoja Bahouddin Hasan shoirlik bilan bir qatorda, tibbiyot, tafsir, handasa, falakiyot, musiqa va xattotlikni egallangan. Soʻgʻd hokimi boʻlib turgan Shayboniy Rustam Sultonning sadri boʻlib xizmat qilgan, 1526-yildan keyin Balxda Kamoluddin qo‘noq madrasasida handasadan dars bergan. Xoja Bahouddin Hasan o‘zining «Muzakkiri ahbob» nomli asari (1566—1567-yiIda yozilgan) bilan shuhrat topgan. Asar Juyboriy xojalardan xoja Muhammad Islom (1493—1563)ga bag'ishlangan va XVI asming birinchi yarmida Buxoroda oʻ'tgan 261 turkiyzabon shoirlar haqida qisqacha ma’lumot keltirgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.