Muhammad Shayboniy
Muhammad Shayboniy | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Muhammad Abulfath Shayboniy | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Taxallus: | Shayboniyxon | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tavallud sanasi: | 1451-yil | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vafot sanasi: | 1510-yil 12-dekabr | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kasb: | Xon | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yoʻnalish: | Nazm | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Janr: | Gʻazal | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Magnum opus: |
|
Muhammad Shayboniy (1451-yil – 1510-yil 12-dekabr, Marv) — taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, Shayboniylar sulolasining asoschisi, „hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon“ (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Muhammad Shayboniy Shayboniylar deb ataluvchi yirik sulolaning asoschisidir. Muhammad Shayboniy Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga „Shohbaxt“ deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan Sulton Muxammad Shaybon Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. U 15-asr 80-yillarida Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. Shayboniy 1490-yillardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnaxrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Shayboniy Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi shaharlarini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Shayboniy qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tuye shaharlarini ham egallagan.
Vafoti[tahrir]
1510 yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Safaviylar shohi Ismoil I Safaviyning 12 ming kishilik askari bilan Shayboniy qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va shahrining oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa shayboniylar ham dafn etilgan (qarang Shayboniylar daxmasi).
Ijodi[tahrir]
1501–1507-yillarda Turkistonda markazlashgan davlat qurdi. Saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. Shayboniy oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlangan) bizgacha yetib kelgan. Undan koʻchirilgan nusxa OʻzMU Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud. U haqda „Tarixi gizida yoki Nusratnoma“, Binoiyning „Shayboniynoma“, Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“, Muhammad Haydarning „Shayboniynoma“ va „Boburnoma“ asarlarida maʼlumotlar bor.
Shayboniy ijodiga nazar[tahrir]
Shoir ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F.Koʻprulu, Y.Ekman, O.Akbiyik, Yo.Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E.Axmadxoʻjaev va I.Bekjon uning „Bahrul-hudo“ nomli qasidasini topishdi. Aspirant Sharipova M. „Shayboniy gʻazallari poetikasi“ mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi (ilm.rahbar prof. H.Boltaboev) tayyorlamoqda.
Adabiyot[tahrir]
- Istoriya Uzbekistana, t. 3, Bartold V.V., Sheybanidi Sochineniya, t. 2 (ch.2), M., 1964.
- Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994;
- Fitrat. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
- A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |