Pirmuhammad II - Buxoro xoni (1599-1601). Oʻzbek shayboniylar sulolasidan.
Pirmuhammad ibn Sulaymon sulton Shayboniylar davlatining soʻngi hukmdori. Abdulmoʻminning amakisi. Dastlab Balx hokimi
boʻlgan. Abdulmoʻmin oʻldirilgach, Buxoro xonligi taxtiga oʻtqazilgan va davlatni 1601-yilgacha idora etgan. Uning davrida markaziy hokimiyat nihoya tda zaiflashgan. 1601-yili Samarqand hokimi Boqimuhammadni poytaxt ixtiyorida tutish niyatida taxminan 50 ming qoʻshin bilan unga qarshi chiqadi. Pirmuhammad Bogʻi shamol atrofida magʻlubiyatga uchraydi. Buxoro taxti esa Boqimuhammad qoʻliga oʻtib u xon deb koʻtariladi. Shu tariqa shayboniylarning bir asrlik hukmronligiga nuqta qoʻyiladi. Mamlakat va davlat tigʻinini endi yangi sulola – “ Ashtarxoniylar” oʻz qoʻllariga oladilar.