Boqi Muhammadxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boqimuhammaddan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon

Boqimuhammad — Buxoro xoni (1599 — 1605), oʻzbeklarning Ashtarxoniylar sulolasidan. Jonibek sultonning oʻgʻli.

Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) Boqi Muhammadxonni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, Boqi Muhammadxon tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay qoʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-yil iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol degan joyda Boqi Muhammadxon bilan jang qilib, magʻlubiyatga uchragan. Soʻng Boqi Muhammadxon Buxoroga kirib, xonlik taxtini egallagan. Shu tariqa Buxoroda yangi sulola — ashtarxoniylar xukmronligi boshlangan. Boqi Muhammadxon oʻz hukmronligi davrida xonlik hududi yaxlitligini saqlab qolish va oʻziga qadar oʻtgan xonlar qoʻldan chiqargan yerlarni dushmandan qaytarib olish maqsadida koʻplab urushlar qilgan. Chunonchi, Boqi Muhammadxon Balx taxtiga daʼvo qilib isyon koʻtargan (1601—02) ashtarxoniy shahzodalar — Abbos sulton va Rahmonquli sultonlarni magʻlub etgan (1602-yil bahori). Eron shohi Abbos I Balxni bosib olish, soʻngra Boqi Muhammadxonni taxtdan agʻdarib, uning oʻrniga shayboniylardan Muhammad Salim sultonni oʻtqazish va bu bilan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligiga chek qoʻyish maqsadida katta qoʻshin bilan yurish qilganda, Boqi Muhammadxon Amudaryo boʻyidagi Puli Xataba degan joyda unga peshvoz chiqib (1602-yil iyul), Eron qoʻshinini butunlay tormor keltirgan. Shoh Abbos I esa qolgan-qutgan askarlari bilan arang qochib qutilgan. 1603-yil 25-martda Boqi Muhammadxon temuriylardan Kobul hokimi Muhammad Hakim Mirzoning jiyani Badiuzzamon bosib olgan Qunduz shahrini uch oy qamal qilgach, yana qayta qoʻlga kiritgan. Boqi Muhammadxon mamlakatni idora qilish tizimi va soliqlarni tartibga solish, qoʻshinni qayta tashkil qilish kabi qator islohotlar oʻtkazgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)

Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nadr Muhammadxon 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subhonquli 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756