Ubaydullaxon II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon

Ubaydulla II 1681-yil tug'ilgan. 1711-yil 16-mart vafoti. - Buxoro xoni (1702 — 1711), Ubaydullo Muhammad Bahodirxon (1681 — Buxoro — 1711.16.3) — Buxoro xoni (1702—11), oʻzbeklarning Ashtarxoniylar sulolasidan.

Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Birok, Buxoro ulamolari va qoʻshinning madadiga tayangan U. II Buxoro taxtini egallaydi (1702-yil sentabr).

Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otaligʻi hisoblangan Mahmud qatagʻon (qarang Mahmudbiy) Buxoroga boʻysunmaslikdan tashqari Qubodiyon (1703), Termiz (1704)ni ham Balxga qoʻshib olib, Balxni mustaqil deb eʼlon qilgan. Beklarning saroy fitnasi natijasida Muhammad Muqimxon oʻldirilgach (1707-yil mart), U. II Balx ustiga katta qoʻshin bilan yurish qiladi va shaharni egallaydi (1707-yil 27 may).

U. II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jungʻorlar (qalmoklar)ning harbiy bosqinlari (mas, Samarqandga hujum, qalmoqlar xurujidan qochgan qozoklar va qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi (Toshkent va boshqa joylar)ga koʻchib kelishi vaziyatni yana ham murakkablashtirgan. Ana shunday sharoitda U. II davlatning iqtisodiy negizini mustahkamlashga qaratilgan choralar koʻrgan. Avvalo, u maʼmuriy sohada islohotlar oʻtkazib, davlatni boshqarishga oʻrta tabaqa: xunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan. U. II hatto markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan (mas, Joʻybor xojalari soliq toʻlashga majbur qilingan). Biroq Joʻybor shayxlari katta siyosiy kuch boʻlib, U. II oʻtkazayotgan siyosat uchun xatarli muxolifga aylanishgan.

U. II ning siyosiy faoliyatida pul islohoti ham aloxida oʻrin tutadi. U. II pul islohoti oʻtkazish orqali davlat xaziasini toʻldirishni, bebosh amirlar, beklar va urugʻ boshliqlari bilan kurashda oʻz mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy hokimlarning ayirmachilik intilishlarini bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intildi. Biroq U. II ning islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim oʻrtahol shaharliklar tomonidan noxush kutib olindi. U. II ga qarshi gʻalayonlar koʻtarildi.

U. II mamlakatda obodonchilik ishlariga eʼtibor qaratgan. U Madrasa va Buxoroning gʻarbida Xonobod chorbogʻi (1709)ni barpo qilgan. Tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy uning saroyida bosh munshiy boʻlib, U.ning siyosiy faoliyati haqida "Ubaydullanoma" (1716) asarini yozgan. Muhammad Yusuf Munshiyning "Tarixi Muqimxoniy" va Abdurahmon Tolennng "Tarixi Abulfayzxon" asarlarida ham U. II faoliyati aks etgan.

U. II saroy fitnasi natijasida Buxoroning Piri Mirza chorbogʻida oʻldirilgan. U Buxoro yaqinida — Bahouddin majmuasidagi Daxmai shohonda otasi Subhonqulixon qabri yonida dafn etilgan.



Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)

Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nadr Muhammadxon 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subhonquli 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756


F.Sultonov. F. Bozorboyev. O'zbekiston hukmdorlari