Burhon sulton
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Burhon sulton (...1557) - Buxoro xoni (1552—57), shayboniylardan. Shayboniyxonnchit nabirasi Muhammad Yorga sherik sifatida Buxoro taxtiga oʻtiradi. B. S bir tuhmat sababli 1554-yil Muhammad Yorni qatl ettiradi. Barok,xon Movarounnahrni toʻla egallash maqsadida 1555-yil Buxoroga B. S ustiga yurish qilib, shaharni qamal qiladi. Qamal juda ogʻir kechib 3 oy davom etadi. B. S yordam soʻrab Abdullaxon II ga odam yuboradi va unga Buxoroni berib, xizmatiga kirishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi. Abdullaxon II Forob yonida Baroqxon qoʻshinini yengib gʻalaba qozonadi. B. S esa vaʼdasiga vafo qilib Abdullaxonga Buxoroni topshiradi va oʻzi Qorakoʻlga ketadi, biroq oradan bir yarim oy oʻtgach B. S shartni buzib, Buxoroga yurish qiladi. Abdullaxondan choʻchib qolgan Baroqxon B. S bilan doʻstlashib, unga yordamga oshiqadi. Abdullaxon sulh tuzishga majbur boʻlib, yana Afgʻoniston tomonlarga qaytib ketadi. Abdullaxon ikki gʻalaba (Buxoro va Samarqand)ni qoʻlga kiritgan oʻsha kezlari B. S Karmanaga (Abdullaxon II ning yerlari) hujum qilib, qalʼani qoʻlga kirita olmagach, Buxoroga qaytib ketadi. Abdullaxon II uning ilgarigi xiyonatkorligi hamda bu qiligʻi qasosi bahonasida Buxoro ustiga qoʻshin tortib, 1557-yil iyulida shaharni qattiq qamal qiladi. Qamal choʻzilib, qamaldagilar ahvoli ogʻirlasha borgach, B. S. Abdullaxon II bilan sulh tuzishga majbur boʻladi. Sulh tuziladi va shu kechasi sirli ravishda B. S ham oʻldiriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |