Abdulla I (15-asr oxiri — 1540.14.9, Samarqand) — Movarounnahr (Buxoro) xoni (1540-yil mart-sentyabr). Abdulxayrning nevarasi, Koʻchkunchixonning oʻgʻli.
Abdulla I koʻp yillar davomida Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan (taxminan 1514-40 yil mart). Ubaydullaxon vafot etgach (1540-yil mart), Buxoro xonligi qisqa muddat 3 qismga boʻlingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Abdulla I I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Uning vafotidan soʻng Samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdullatifxon oʻtirgan.