Amin Ahmad Roziy
Qiyofa
Amin Ahmad Roziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | qozi |
Amin Ahmad Roziy (arabcha: امين احمد الرازي — Amin Ahmad Roziy — (XVI asr oxiri XVII asr boshida yashagan)) — Tarixchi va qozi. Amin Ahmad Roziy Hindistonda Akbarshoh (1542-1605) zamonida yashagan, unga atab „Haft iqlim“ („Yetti iqlim“, 1593-1594) nomli kitob yozgan.
Ushbu asarda Sharq olimlari odatiga binoan Amin Ahmad Roziy dunyoni yetti iqlimga boʻlib, har qaysi iqlim, yirik shahar va qishloqlar haqida tarixiy va geografik maʼlumot hamda shu iqlimdan yetishib chiqqan yirik olimlar, shoirlar va mashhur kishilar haqida maʼlumot bergan. „Haft iqlim“ Sharq tarixi va madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Asarning bir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |