Kontent qismiga oʻtish

Subhonqulixon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Subhonqulidan yoʻnaltirildi)
Subhonqulixon
Subhonqulixon ibn Nadr Muhammad
 Buxoro xonligi hukmdori
Mansab davri
1681-yil – 1702-yil 14-sentabr
Oʻtmishdoshi Abdulazizxon
Vorisi Ubaydullaxon II
 Balx hokimi
Mansab davri
1651-yil – 1681-yil
Monarx Abdulazizxon
Oʻtmishdoshi Nadr Muhammad
Vorisi Iskandarxon
 Kaxmer oʻlkasi hokimi
Mansab davri
? – 1651-yil
Monarx Nadr Muhammad
Abdulazizxon
 Balx hokimi
Mansab davri
1642-yil – ?
Monarx Nadr Muhammad
 Soli Saroy hokimi
Mansab davri
? – 1642-yil
Monarx Imomqulixon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1628-yil
Buxoro, Buxoro xonligi
Vafoti 14-sentyabr 1702-yil(1702-09-14)
(74 yoshda)
Buxoro, Buxoro xonligi
Fuqaroligi Buxoro xonligi
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Otasi Nadr Muhammad
Dini Islom
Dafn etilgan joyi Buxoro yaqinida
Bahouddin Naqshband majmuasi
Daxmai shohon

Subhonqulixon (1625-yil (yoki 1628-yil), Buxoro, Buxoro xonligi — 1702-yil 14-sentabr, Buxoro, Buxoro xonligi) — Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasidan Buxoro xonligi hukmdori (1682—1702).

Nadr Muhammadning oʻgʻli. Nadr Muhammadxon Buxoro xonligi hukmdori boʻlgach, oʻgʻli Subhonquli sultonni Soli Saroy shahri, soʻngra Balx viloyati hokimi qilib tayinlaydi (1642). Koʻp oʻtmay u bu lavozimdan olinib, Kaxmerdga hokim boʻlgan. Subhonqulixonning katta akasi Abdulazizxon otasini hokimiyatdan chetlashtirib, Buxoro xonligi hukmdori boʻlgach, Subhonqulixon Balxga — otasi huzuriga yoʻl olgan. Subhonqulixon Balx viloyatida mustahkam oʻrnashib olib, Balx va Badaxshon hokimligini qoʻlga kiritgan (1651). Subhonqulixon Buxorodan mustaqil siyosat yuritgan. 1658-yilda Abdulazizxonning piri Abdulgʻaffor xoʻja vositachiligida Buxoro va Balx oʻrtasida tinchlikka erishilib, Subhonqulixon akasining hokimiyatini rasmiy tan olgan. Muhammad Yusuf Munshiyning yozishicha, 1680-yil 2-fevralda keksayib qolgan Abdulazizxon Subhonqulixonga Buxoro xonligi taxtini topshirib, oʻzi hajga joʻnaydi. Subhonqulixon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun soliqlar miqdorini oshirib, qoʻshinni koʻpaytirgan. Anushaxonning vorisi Arang Muhammadxon 1687-yil Buxoroga bosqin qilganida Subhonqulixon bu hujumni qaytarish bilan cheklanmay, 1688-yilda oʻldirilgan xon oʻrniga Xorazm taxtiga oʻz noibi amir Niyoz eshik ogʻaboshini (Shohniyni) oʻtqazgan. Shu tariqa Abdullaxon II davridagidek Xorazm yana Buxoroga qoʻshib olingan va mintaqada yagona oʻzbek davlati qaror topgan. Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining Sharq davlatlari bilan diplomatik munosabatlari yaxshilangan. Boburiylardan Avrangzeb 1689-yilda Zabardastxon, Usmonli turk sultonlaridan Agʻmad I 1691-yilda Mustafo chovush boshchiligidagi elchilarni Buxoroga joʻnatgan. Subhonqulixon bilan Avrangzeb oʻrtasida bir necha marta (1671—1687) oʻzaro maktublar almashilgan.

Madaniyat sohasidagi siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Subhonqulixon tomonidan Balx va Buxoroda koʻplab meʼmoriy obidalar, jumladan, Balxda madrasa, Buxoroda Dor ush-shifo, Registonda katta hovuz; Arkda salomxona va jome masjidi, shuningdek, Aminobodda chorbogʻ qurilgan. Bu davrda, ayniqsa, tibbiyot ilmi va adabiyot rivojlangan. Dor ush-shifoda bemorlarni davolash bilan bir qatorda ilmiy ishlar ham olib borilgan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi boʻlgan. U „Ihyo at-tibbi Subhoniy“ („Subhoniy tibbiyoti boʻyicha davolash“), „Lubb ul-lavoyih ul-qamar fil ixtiyorot“ („Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati“) nomli ilmi nujumga oid risola yozgan. Uning „Ihyo at-tibbi Subhoniy“ asari qoʻlyozmasining bir nusxasi Budapeshtdagi kutubxonada saqlanadi[1]. Subhonqulixon „Nishoniy“ taxallusi bilan sheʼrlar bitib, saroyda oʻtkazilgan mushoiralarda oʻzi ham sheʼrlar aytgan.

„Dor ush-shifo“ madrasa kasalxonasi 1697-yilda qurilgan. 18 hujrasi bor. Kasalxona oldida dorixona, tashxisxona, kutubxona kabi yordamchi binolar ham barpo etilgan. Ushbu maskanda bemorlarga xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda madaniy tadbirlar ham oʻtkazilgan.

Tashqi siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Subxonqulixon davrida qoʻshni mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar olib borilgan. U asosan Turkiya, Hindiston va Rosssiya mamlakatlarga elchilarni yuborgan.

Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonli sultoni Sulaymon II (1687—1691) 1688-yilda Buxoro xoni Subxonqulixonga maktub yuboradi va unda shialarga birgalikda kurashish toʻgʻrisida aytib oʻtadi. Ushbu maktubga javoban Subxonqulixon Usmonli sultoniga maktub yuborib, Xurosondagi yurishlari haqida aytib oʻtgan. Muhammad Yusuf Munshiy oʻzining „Tarixi Muqimxoniy“ asarida Usmonli sultoni Ahmad II (1691—1695) ning Subxonqulixonga yuborgan maktubi nusxasini keltiradi. Vamberi kitobida yozishicha, Usmonli davlatiga Subxonqulixon ham sovgʻalar bilan birgalikda elchilar ham yuborgan. Ushbu elchillikka javoban sulton Ahmad II oʻz elchisi Mustafo Chovushni siyosiy bir maktubni 1691-yilda joʻnatadi[2]. „Tarixi Muqimxoniy“ asarida elchilik haqida maʼlumotlar boʻlib, xat bilan bir birga sulton elchisi Mustafo Chovush arab otlari, turli xil qimmatbaho toshlar, rangli matolar turli sovgʻalarni olib kelgan. Ushbu elchilikdan maqsad shialarga birgalikda kurashish edi[3].

Hindiston bilan tashqi aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Subhonqulixon davrida Hindistondagi Boburiylar sulolasi bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Boburiy hukmdor Avrangzeb 1684-yilda Buxoroga elchi yuborgan va oʻz maktubida shialarga qarshi kurashish haqida aytib oʻtgan. Shuningdek, boburiy hukmdor Avrangzeb Qandahorni qaytarib olishni maqsad qilgan edi[4]. Ushbu maʼlumot toʻgʻrisida Muhammad Yusuf Munshiy oʻzining „Tarixi Muqimxoniy“ asarida keltiradi. Asarda qayd qilinishicha, Hindiston hukmdori bilan Buxoro xoni oʻrtasida Eronga qarshi bir ittifoq tuzilgan va Subxonqulixon ushbu ittifoq natijasida Xurosonni qaytarib olish uchun bir necha bor hujum qilgan. Ammo bu davrda Xorazm xoni Ernak sulton Buxoroga bostirib kirishi natijasida Xurosonga yurish muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan[5].

Subhonqulixonning bir nechta oʻgʻillari boʻlgan, Iskandarxon, Abulmansur, Muhammad Siddiqxon, Abulqosim Sulton, Ubaydullaxon, Asadulla Sulton va Abulfayzxon. Birinchi toʻrt oʻgʻli Balxda dafn etilgan. Buxoro xonligida valiahd shahzodaga Balx viloyatini boshqarish topshirilgan. Balx viloyatini dastlab latta oʻgʻil Islandarxon boshqargan. 28 yoshga yetganda u ukasi Abulmansur tomonidan oʻldiriladi. Subhonqulixon fitnadan xabar topgach, Balx viloyatini Mansurxonga emas, Ibodullaga beradi. Balx aholisi Ibodullaga boʻysunmaydi. Mansurxon uning ham qotiliga aylanadi. Ukasining oʻrnini egallab Balx boshqaruvini toʻrt oy qoʻlida tutib turgan Mansurxon oʻzining kichik ukasi Siddiq Muhammad tomonidan oʻldiriladi. U oʻsha paytda 22 yoshda boʻlgan. 1683-yildan Siddiq Muhammad Balxni mustaqil boshqarishni boshlagan. Keyinchalik otasi Subhonqulixonga ham boʻysunmay qoʻyadi. Xiva xoni Anushaxonning Buxoroga hujumi vaqtida otasiga yordam bermaydi. Boʻysunmay qoʻygan oʻgʻli ustiga 1683-yilda qoʻshin tortgan Subhonqulixon uni zindonga tashlatadi. Oradan 3 oy oʻtgach Siddiq Muhammad zindonda, bezgak kasalligiga chalinib vafot etadi. Oʻgʻillarining oʻlimidan soʻng Subhonqulixon Balx boshqaruvini shahzodalarga topshirmay, oʻzining ishonchli vakillarini tayinlaydi[6].

Subhonqulixon Buxoro xonligini 20 yildan koʻproq boshqargan. 1702-yilda 77 yoshida vafot etgan[7]. Subhonqulixon Buxoro yaqinidagi Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonda (Abdullaxon II qabri yaqinida) dafn etilgan. Vafotidan oldin nabirasi Muhammad Muqimxonni taxt vorisi etib tayinlaydi. Bu paytda Muqimxon Balxda boʻlgan va saroy amaldorlari va qoʻshin koʻmagiga tayangan Buxorodagi shahzoda Ubaydullaxon taxtga oʻtiradi. Muqimxon Ubaydullaxon huzuriga oʻz elchilarini joʻnatadi. Ikki oʻrtadagi sovuq muosabatlar besh yil davom etadi. Muqimxon Balxni otaligʻi Mahmudbiy qatagʻon yordamida xonlikdan alohida viloyatga aylantirib oladi. 1707-yil fitna natijasida Muqimxon oʻldirilgach, taxt kurashi toʻxtaydi.

  1. A Turkic Medical Treatise from Islamic Central Asia: A Critical Edition of a Seventeenth-Century Chagatay Work by Subḥān Qulï Khan. Edited, Translated and Annotated by László KÁROLY. Brill’s Inner Asian Library. Volume 32. Editors: Michael DROMPP; Devin DEWEESE; Mark C. ELLIOTT. Leiden. 2015
  2. Армений Вамбери 2019, s. 140.
  3. Мухаммад Юсуф Мунши 1956, s. 154.
  4. Хайруллаев 2003, s. 114.
  5. Мухаммад Юсуф Мунши 1956, s. 153.
  6. A.Zamonov. Buxoro xonligi tarixi. Toshkent 2021 — 207-bet. ISBN 978-9943-6372-0-7. 
  7. Ziyayev A. KH. „Silsilat as-salotin“ kak istoricheskiy istochnik. Rukopis' dissertatsii na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata istoricheskikh nauk. Tashkent, 1990
  • Армений Вамбери. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. Тошкент: Info capital group, 2019 — 353-bet. 
  • Мухаммад Юсуф Мунши. Муким-ханская история / Перевод с таджикского, предисловие, примечания и указатели А.А.Семенова. Ташкент: Изд-во АНУзССР, 2019 — 303-bet. 
  • Хайруллаев М. Ўзбек дипломатияси тарихидан, Тошкент, 2003 — 147-bet. 
  • Istoriya Oʻzbekistana (XVI—I polovina XIX v.), t. 3, T., 1993.
  • Mir Muhammad Amini Buhari, Ubaydullaname, T., 1957;
  • Muhammad Yusuf Munshi, Mukimxanskaya istoriya, T., 1956;
  • Xoja Samandar Termiziy, Dastur ulmuluk, T., 1997.
  • F. Sultonov. F. Bozorboyev. Oʻzbekiston hukmdorlari. T.,2007

Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)

Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nadr Muhammadxon 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subhonquli 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756