Salimiya masjidi — Turkiya (Edirne sh.)dagi meʼmoriy yodgorlik (1575). Meʼmori Xoʻja Sinon. Masjid Usmonlilar imperiyasining sultoni Salim II sharafiga qurilgan. U oʻziga xos tashqi koʻrinishga ega. Murabba tarxli, xonaqohi ulkan gumbazli (diametri 31,28 m). Gumbaz 8 ta ravokli ustunlarga tayangan. Xonaqoh 3 tomondan galereyali, ravoqli, tomi gumbazli xonalar bilan oʻralgan. Hovli oʻrtasida katta marmar favvora bor. Masjidga kiriladigan 7 ta marmar peshtoqli eshiklarning 4 tasi zalning yon tarzlarida joylashgan. Masjidda koshin va marmar bezaklar keng qoʻllanilgan. Uning 4 burchagidagi 4 minora (bal. 70 m) masjidga salobat baxsh etgan. Masjidda turk meʼmorligining milliy qirralari yorqin aks etgan. [1]