Hoji Oʻzbek masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Hoji Oʻzbek masjidi
Hacı Özbek Camii
Umumiy maʼlumot
Maqomi Masjid
Joylashuvi Iznik,
Mamlakat Turkiya
Qurilishi tugagan 1333-(hijriy 734)yil
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Hoji Zaynel Ibn Muhammad
Hoji Oʻzbek masjidi

Hoji Oʻzbek masjidi (turkcha: Hacı Özbek Camii Hacı Özbek) Turkiyaning Iznik shahridagi tarixiy Usmonli masjididir.

Masjid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonlilar sanʼatining birinchi muhim markazi boʻlgan Iznikdagi Hoji Oʻzbek masjidi (1333-yil) Usmonlilar bir gumbazli masjidning yorqin namunasi boʻlib, Vizantiya qurilish texnikasi va musulmonlarning ehtiyojlari uygʻunligini koʻrsatadi.[1] Deraza ustidagi yozuv lavhasiga (kitabe) koʻra, masjid Hoji Oʻzbek bin Muhammad tomonidan 1333-(hijriy 734) yili, Usmonli sultoni Oʻrxon I tomonidan Usmonlilar Iznikni bosib olganidan ikki yil oʻtib qurilgan.[2] Meʼmori Hoji Zaynel Ibn Muhammad hisoblanad.[3]. Bir boʻshliqli gumbazli narteksli bu masjid, Koniya va uning atrofidagi birinchi gumbazli masjid hisoblanadi.Bino diametri 8 metr. Masjid gumbazining nogʻorasi oʻn ikki burchakli boʻlib, ichki qismi uchburchak tekislik chizigʻi bilan bezatilgan. Masjid vertikal ravishda yotqizilgan gʻisht bilan ajratilgan alohida-alohida kesilgan toshlarning navbatma-navbat qatlamlari bilan uch qavatli gʻishtdan qurilgan[4]

1939-yilda yoʻlni kengaytirish uchun joy ochish sababli gʻarbdagi zal oldidagi uchta hovli buzildi. Ayvon janubda boʻchkali gumbaz va shimolda oynali gumbaz bilan qoplangan edi. Buzilgan joylar oʻrniga 1959-yilda binoning shimoliy tomoniga yangi yopiq xona qoʻshilgan. Masjidda hech qachon minora boʻlmagan. Gips qatlamlari ostida interyerning bezak detallari yoʻqolgan. Masjid qurilishi uchun gʻisht va moloz toshdan, devor tepasida arra tishli gʻishtdan yasalgan karnizlar, gʻisht gumbazida esa terrakota plitalari bilan birga foydalanilgan.Ilk Usmonlilar davriga oid turli tuzilmalarda koʻrgan oʻzgaruvchan tosh tizimi Hoji Oʻzbek masjidida ham qoʻllanilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sultanates and Gunpowder Empires, Ira M. Lapidus, The Oxford History of Islam, Ed. John L. Esposito, (Oxford University Press, 1999), 371.
  2. Sheila Blair and Jonathan Bloom, The Art and Architecture of Islam, 1250-1800, (Yale University Press, 1994), 134.
  3. https://okuryazarim.com/haci-ozbek-camii/
  4. Ottomans,Andrew Petersen, Dictionary of Islamic Architecture, (Routledge, 1996), 217.
  • Usmonli arxitektura tarixi, J. Freely, 2010

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Haci Özbek Camii, Archnet