Altunizade masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Altunizade masjidi
Ismoil Zühtü Posho masjidi

turkcha: Altunizade Camii
İsmail Zühtü Paşa Camii
Altunizade masjidi
Ismoil Zühtü Posho masjidi
Istanbul Üsküdar
Koordinatalar 41°01′13″N 29°02′44″E / 41.02028°N 29.04556°E / 41.02028; 29.04556 G OKoordinatalari: 41°01′13″N 29°02′44″E / 41.02028°N 29.04556°E / 41.02028; 29.04556 G O
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1865 yil
Minoralar soni 1
Qurilish materiali yoʻnilgan tosh
Holati amaldagi

Altunizade masjidi (turkcha: Altunizade Camii), Ismoil Zühtü Posho masjidi (turkcha: İsmail Zühtü Paşa Camii) – nomi bilan ham tanilgan, Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan XIX asrga oid Usmonli masjidi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Istanbulning Üsküdar tumanidagi Altunizade mahallasida joylashgan. Bino shu joyda dafn etilgan Altunizade İsmail Zühtü posho (1806–1887) tomonidan 1865-yilda qurdirilgan[1]. Bu Istanbulning Anadolu qismidagi Usmonli meʼmorchiligidagi masjidlarning soʻnggi namunasi boʻlishi mumkin. Dastlab masjid bolalar maktabi, turk hamomchasi, namoz vaqti hisoblanadigan xona, favvora, imomning xonasi, namozxona, muazzin, azon oʻqiladigan xona, novvoyxona va baʼzi doʻkonlardan iborat ijtimoiy majmuaning bir qismi boʻlgan (turkcha: külliye). Hozirda ular orasida ayrim doʻkonlargina saqlanib qolgan. Altunizade masjidi bugungi kunda juda yaxshi holatda[2].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid uygʻonish davri barokko uslubida bunyod etilgan[1]. Bunday uslubda qurilgan masjidlar Usmonlilar imperiyasining soʻnggi namunalari hisoblanadi. Masjid binosi uchta darvozaga ega kichik hovlida joylashgan. Eng katta darvoza tepasiga va Kaʼbaga qaragan devorning tashqi tomoniga yozuv tushirilgan. Bino narteksi (ichki vestibyul) yopiq joy koʻrinishida qurilgan. Narteksdagi uchta – bitta katta va ikkita kichik eshiklar namozxonaga olib boradi. Masjid yopilgan vaqtda namoz oʻqish uchun narteks devorida bezakli kichik mehrob qurilgan. Narteksning yon tomonidagi ikkita yogʻoch zinapoyalar ayollar va muazzinlar boʻlimiga olib boradi. Kvadrat shaklidagi masjid ohaktoshdan qurilgan. Uning ichki qismi gips bilan qoplangan. Ziyoratgoh devorlariga qoʻlda oʻyib ishlangan bezaklar bilan ishlov berilgan. Masjidning bitta gumbazi[1] boʻlib, uni bino burchaklaridagi toʻrtta ustunlar koʻtarib turadi. Gumbazning ichki yuzasi 16 ta zonaga boʻlingan. Gumbaz markazi diqqatni jalb qilish uchun moviy rangga boʻyalgan va u yerga Qur’on oyati yozilgan. Masjid derazalari juda katta boʻlib, uygʻonish davri barokko uslubida yaratilgan namunalarga misol boʻla oladi. Masjid bitta minora va bitta balkonga ega[1]. Klassik Usmonli masjidlari meʼmorchiligida kuzatiladigan qoʻrgʻoshin bilan qoplangan shpallardan farqli oʻlaroq, minoraning shpali toshdan qilingan boʻlib, vazirning sallasi shaklida yaratilgan. Pastki qatorda, yon devorlarda uchta katta, mehrob devorining yon tomonida esa ikkita katta deraza mavjud. Yuqori qatorning har ikki tomonida yana uchta deraza bor, bundan tashqari oʻrtadagi katta derazaning yon tomonida ham ikkita kichik deraza joylashgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Altunizade Camii“ (in Turkish). İstanbul İl Kültür ve Turizm Müdürlüğü. Retrieved 2017-06-27.
  2. 2,0 2,1 Aygün, Z. Tamer (2014-08-27).