Vasat Atik Ali posho masjidi
Masjid | |
Vasat Atik Ali posho masjidi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani, Karagümrük mahallasi, Fevzipaşa koʻchasi |
Koordinatalar | 41°01′30″N 28°56′30″E / 41.024969°N 28.941674°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Usmonli meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1502—1512 |
Gumbazlar soni | 6 |
Gumbazlar soni | 6 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Vasat Atik Ali posho masjidi Vikiomborda |
Vasat Atik Ali posho masjidi (turkcha: Vasat Atik Ali Paşa Camii) – Zincirlikuyu masjidi (turkcha: Zincirlikuyu Camii) yoki Karagümrük masjidi nomlari bilan ham tanilgan Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani, Karagümrük mahallasi, Fevzipaşa koʻchasida joylashgan Usmonli masjidi. Bino sulton Boyazid II ning vaziri Hadim Atik Ali posho nomi bilan atalgan. 1502-yilda posho ushbu masjid qurilishiga buyruq bergan, qurilish ishlari uning vafotidan bir yil oʻtib, 1512-yilda nihoyasiga yetgan.
Masjid Istanbuldagi bir nechta gumbazlardan iborat ikkita masjiddan biri hisoblanadi, ikkinchi shunday masjid Piyale posho masjididir. Ikkalasi masjid ham umumiy oltita gumbazdan iborat. Masjid Zincirlikuyu (zincirlikuyu – „zanjirli“, kuyu – „quduq“) nomli quduq yonida joylashgani uchun ham uzoq vaqt Zincirlikuyu masjidi nomi bilan atalgan.
Masjid minorasi 1648-yilning iyun oyida sodir boʻlgan zilziladan keyin qulab tushgan[1]. 2013-yilda minorada 2,2 million lira (1,03 million dollar) qiymatidagi taʼmirlash ishlari boshlanib, 2014-yilda yakuniga yetkazilgan[2].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Zincirlikuyu masjidining old koʻrinishi
-
Zincirlikuyu masjidining yon tomondan koʻrinishi
-
Zincirlikuyu masjidining ichki qismi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Zincirlikuyu (Atik Ali Pasha, Vasat Ali Pasha) Mosque“. Istanbul Byzantium. 2014-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Atik Ali Paşa Camii, yıpranmış görüntüsünden kurtuluyor“ (Turkish). Istanbul Special Provincial Administration (Turkish: İstanbul İl Özel İdaresi) (2013-yil 24-dekabr). 2014-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-may.