Adana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odono Turkiyaning janubiy qismidagi shahar, Sayhon daryosi bo‘yida. Odono viloyatning ma’muriy markazi. Aholisi 916 ming kishi (1990). Yirik savdo, sanoat markazi, temir yo'l stansiyasi, avtomobil yo‘llari tuguni. Universitet, to‘qimachilik, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, yog‘ochsozlik, sement korxonalari, yirik tegirmon va kushxo-nalar bor. Mamlakat-ing eng muhim qishloq xoʻjaligi (paxtachilik) rayonlaridan birining markazi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil