Kontent qismiga oʻtish

Hadim Ibrohim posho masjidi

Koordinatalari: 41°00′21.6″N 28°55′21.7″E / 41.006000°N 28.922694°E / 41.006000; 28.922694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hadim Ibrohim posho masjidi
turkcha: Hadım İbrahim Paşa Camii
Hadim Ibrohim posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Silivrikapi mahallasi
Koordinatalar 41°00′21.6″N 28°55′21.7″E / 41.006000°N 28.922694°E / 41.006000; 28.922694
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik sanasi 1551 yil
Gumbaz yoʻgʻonligi 12 m
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Hadim Ibrohim posho masjidi (turkcha: Hadım İbrahim Paşa Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahridagi Silivrikapi mahallasida joylashgan.

Hadim Ibrohim posho masjidi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan bosniyalik vazir Hadim (Eunuch) Ibrohim posho uchun loyihalashtirilgan. Masjid 1551-yilda qurib bitkazilgan[1].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid gumbazli kub shaklida qurilgan boʻlib, unga tutashtirib portiklar oʻrnatilgan. Asosiy gumbazning diametri 12 metr (39 fut) boʻlib, sakkizta ichki tayanchlar bilan, ayvonning beshta kichik gumbazlari esa marmar ustunli arklar bilan mustahkamlangan[1]. Uch qavatli derazalari mavjud. Ayvonning janubi-gʻarbiy tomonidagi tosh minora 1763–1764-yillarda qayta qurilgan. Masjid dizayni jihatidan Istanbulning Yenibahçe (talaffuzi: Yangiboxcha) tumanidagi 1504–1505-yillarda qurib bitkazilgan Bali Posho masjidiga oʻxshaydi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Necipoğlu 2005.
  • Atasoy, Nurhan. Iznik: The Pottery of Ottoman Turkey. London: Alexandra Press, 1989. ISBN 978-1-85669-054-6. 
  • Carswell, John. Iznik Pottery. London: British Museum Press [1998], 2006. ISBN 978-0-7141-2441-4. 
  • Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9.