Edirne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edirne — Turkiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Edirne elining maʼmuriy markazi. Aholisi 119,3 ming kishi (2000). Transport yoʻllari chorrahasi, Qishloq xoʻjaligi rayonining (gʻalla va boshqalar) savdo markazi. Oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari mavjud. Shaharga, taxminlarga koʻra, frakiylar tomonidan Odris nomi bilan asos solingan. Miloddan avvalgi 4-asrdan 2-asr oʻrtalarigacha qadimiy Makedoniya mustamlakasi. Oʻsha vaqtdan Rim bosib olgan. Milodiy 125 yilda Rim imperatori Adrian tomonidan qayta qurilib, uning sharafiga Adrianopol deb nomlangan. 4-asr oxiri — 14-asr oʻrtalarigacha Vizantiya tarkibida boʻlgan. 14-asrning 60-yillarida Usmonli turk saltanati qoʻl ostiga oʻtgan. 1453-yilgacha Usmonli turk saltanati poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan 15—17-asrlarga oid masjidlar sakdangan.