Kariye masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani |
Koordinatalar | 41°01′52″N 28°56′21″E / 41.03122°N 28.93903°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | cherkov |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya meʼmorchiligi; Usmonli meʼmorchiligi; Islom meʼmorchiligi |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | amaldagi |
Kariye masjidi Vikiomborda |
Xora cherkovi yoki Kariye masjidi (turkcha: Kariye Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri Edirnekapi mahallasida XVI asrdan buyon, asosan, masjid sifatida foydalanilgan oʻrta asr yunon pravoslav cherkovi binosi[1]. Masjid, asosan, oʻzining Vizantiya imperiyasi soʻnggi hukmronlik davri meʼmorchilik uslubida ishlangan mozaikalari va fresklari (devorga ishlangan rasm) bilan mashhur.
Xora cherkovi Vizantiya meʼmorchilik sanʼatining yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. XVI asrda Usmonlilar imperiyasi davrida cherkov masjidga aylantirilgan. 1945-yilda muzeyga, 2020-yilda esa Prezident Recep Tayyip Erdoğan tomonidan masjidga aylantirilgan[2][3]. Binoning ichki qismi Usmonlilar davrida musulmonlarning namoz oʻqishlari paytida koʻzga tashlanmaydigan Vizantiya nasroniy mozaikalari va fresklari bilan qoplangan[4]. Bino dunyoviylashtirilib, muzeyga aylantirilgach, mozaika va fresklar ham qayta tiklangan.
Xora masjidi Istanbul shahri, Fotih tumanining gʻarbiy qismida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi bosqich (IV asr)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xora cherkovi dastlab IV asr boshlarida Oltin shox janubida Konstantin I tomonidan Konstantinopolning shahar devorlari tashqarisida monastir majmuasining bir qismi sifatida qurilgan. Biroq Theodosius II 413–414-yillarda quruqlikda devorlar qurdirgan vaqtda, cherkov shahar mudofaasiga qoʻshilgan, ammo Xora nomini saqlab qolingan.
Ikkinchi bosqich (XI asr)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Binoga ishlatilgan qurilish materiallarining aksariyati 1077–1081-yillarga toʻgʻri keladi, Alexius I Comnenusning qaynonasi Maria Doukaina Xora cherkovini xoch yoki kvinkunx shaklida qayta tiklagan boʻlib, bunday qurilish uslubi oʻsha davrda juda mashhur meʼmoriy uslub hisoblangan. XII asrning boshlarida cherkov qisman qulab tushgan, bunga oʻsha vaqtda sodir boʻlgan zilzila sabab boʻlishi mumkin.
Uchinchi bosqich: yangi bezak (XIV asr)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xora cherkovi Alexiusning uchinchi oʻgʻli Isaac Comnenus tomonidan qayta qurilgan. Biroq qurilishning uchinchi bosqichidan keyingina, yaʼni oradan ikki asr vaqt oʻtib, cherkov hozirgi koʻrinishida qurib birkazilgan. Vizantiyaning kuchli davlat arboblaridan biri Theodore Metochites cherkovga koʻplab ajoyib mozaika va fresklar bilan ishlov berdirgan. Theodore tomonidan 1315–1321-yillarda cherkov interyeriga nozik bezaklar ishlangan. Mozaika tasvirlari Paleolog Uygʻonish davrining eng yaxshi namunalari hisoblanadi, biroq ularning mualliflari hanuzgacha nomaʼlum boʻlib kelmoqda. 1328-yilda Theodore oʻz qoʻl ostidagi Andronicus III Palaeologus tomonidan surgunga joʻnatilgan. Biroq ikki yil oʻtib, unga shaharga qaytishga ruxsat berilgan va umrining soʻnggi ikki yilini Xora cherkovida rohib sifatida oʻtkazgan.
Konstantinopol zabt etilgunga qadar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1453-yilda Konstantinopolning soʻnggi qamalida, Usmonlilar hujumidan omon saqlash maqsadida aholini himoya qilishga kirishgan Theotokos Hodegetrianing ikonasi Xoraga olib kelingan[5].
Kariye masjidi (taxminan 1500–1945)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar Usmonlilar imperiyasi qoʻliga oʻtganidan taxminan ellik yil oʻtgach, Sulton Boyazid II ning sodiq navkarlaridan hisoblangan Hadim Ali Posho Xora cherkovini Kariye masjidiga (turkcha: Kariye Camii) aylantirishni buyurgan. „Kariye“ soʻzi yunoncha „Xora“ nomidan olingan[6]. Islom diniga koʻra masjidlarda ramziy tasvirlardan foydalanish taqiqlanganligi sababli, mozaika va fresklar gips qatlami bilan qoplagan.
Mintaqada tez-tez sodir boʻladigan zilzilalar sanʼat asarining tashqi va ichki koʻrinishiga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmagan.
Muzey, badiiy restavratsiya (1945–2020)
[tahrir | manbasini tahrirlash]1945-yilda bino Turkiya hukumati tomonidan muzeyga aylantirilgan[7]. 1948-yilda Amerikaning Vizantiya instituti va Dumbarton Oaks Vizantiya tadqiqotlari markazidan tashrif buyurgan amerikalik olimlar Thomas Whittemore va Paul A. Underwood restavratsiya dasturiga homiylik qilgan. Oʻsha paytdan boshlab bino masjid sifatida faoliyat koʻrsatishni toʻxtatgan. 1958-yilda muzey Kariye Müzesi sifatida qayta ochilgan.
Masjidga aylantirilishi (2020–bugunga qadar)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yilda doimiy fondlar, tarixiy ashyolar va atrof-muhitga xizmat koʻrsatish uyushmasi Xora cherkovining muzey sifatida faoliyat yuritishiga eʼtiroz bildirib sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan[8]. 2019-yil noyabr oyida Turkiya Davlat kengashi, Turkiya oliy maʼmuriy sudi uni masjidga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan[9]. 2020-yil avgust oyida esa Xora cherkovi maqomi masjidga oʻzgartirilgan[10].
Xora cherkovini masjidga aylantirish harakati Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi hamda yunon pravoslav va protestant xristianlari tomonidan qoralangan[11]. Bu esa Turkiya hukumati tomonidan keskin taniqdlarga sabab boʻlgan[12].
2020-yil 30-oktyabr juma kuni – 72 yildan keyin ilk bora masjidda musulmonlar namoz oʻqigan[13].
Interyeri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xora masjidi Istanbuldagi boshqa Vizantiya cherkovlari kabi unchalik katta maydonni egallamaydi (742,5 m²), lekin deyarli butunlay saqlanib qolingan ichki bezaklari tufayli ular orasida ajralib turadi. Bino uchta asosiy hududga boʻlingan: kirish zali (narteks), cherkovning asosiy qismi – naos (minora) hamda yon cherkov (parekleziya). Binoda oltita gumbaz mavjud: ikkitasi ezonarteks ustida, biri parekleziya ustida va uchtasi naos ustida joylashgan.
Narteks
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xora masjidining asosiy gʻarbiy eshigi narteksga ochiladi hamda tashqi (eksonarteks) va ichki (esonarteks) qismlarga boʻlinadi.
Eksonarteks
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eksonarteks (tashqi narteks) cherkovning ilk kirish qismidir. Eksonarteks eni 4 m va uzunligi 23 m boʻlgan koʻndalang yoʻlak hisoblanadi. Eksonarteksni bezab turgan mozaik tasvirlarga quyidagilar kiradi:
- Yusufning orzusi va Bifleemga sayohati;
- Soliq uchun roʻyxatga olish;
- Tugʻilgan kun;
- Sehrgarlarning sayohati;
- Shoh Herodning soʻrovi;
- Misrga parvoz;
- Qirol Herod tomonidan buyurilgan ikkita qirgʻinlar freski;
- Farzandlariga motam tutayotgan onalar;
- Yahyoning onasi Elizabetning parvozi;
- Yusufning tush koʻrishi va Muqaddas oilaning Misrdan Nazaretga qaytishi;
- Masihning Fisih bayrami uchun Quddusga olib borilishi;
- Yahyoning Masih haqida guvohlik berishi;
- Moʻjiza;
- Yana uchta moʻjiza;
- Iso Masih;
- Bibi Maryam va farishtalar ibodati.
Esonarteks
[tahrir | manbasini tahrirlash]Esonarteks (ichki narteks) eksonarteksga oʻxshash boʻlib, unga parallel ravishda qurilgan. Eksonarteks kabi esonarteksning kengligi ham 4 m, lekin biroz qisqaroq, uzunligi 18 metrni tashkil qiladi. Uning markaziy sharqiy eshigi naosga ochiladi, esonarteksning janubiy qismidagi boshqa bir eshik esa parekkleziyaning toʻrtburchak shaklidagi old kamerasiga ochiladi. Uning shimoliy qismida esonarteksdan chiquvchi eshik naosning shimoliy tomoni boʻylab protezga oʻtadigan keng gʻarbiy-sharqiy koridorga olib boradi. Esonarteks ikkita gumbazga ega boʻlib, kichkina gumbaz shimoliy koridorning kirish qismi tepasida, kattaroq gumbaz esa naosga kirish qismi hamda parekkleziyaning oʻrtasida joylashgan.
Esonarteksda ham bir qancha mozaik tasvirlar mavjud:
- Theodore Metochites taxtga oʻtirgan Iso Masihga cherkov namunasini taqdim etishi;
- Avliyo-Pyotr;
- Avliyo-Paul;
- Deesis: Masih va Bibi Maryam (Yahyosiz) quyida ikkita donor bilan;
- Masihning nasabnomasi;
- Masihning diniy va olijanob ajdodlari.
Ichki narteksda joylashgan dastlabki uchta mozaikalar Bibi Maryam va ota-onasining hayoti haqida maʼlumot beradi. Ularning baʼzilariga quyidagilar kiradi:
- Yoaximning takliflarini rad etish;
- Avliyo Annaga eʼlon: Rabbiyning farishtasi Annaga uning bola uchun qilgan ibodati eshitilganligining eʼlon qilinishi;
- Yoaxim va Annaning uchrashuvi;
- Bibi Maryamning tugʻilishi bayrami;
- Bibi Maryamning ilk yetti qadami;
- Bibi Maryamga ota-onasining mehr berishi;
- Bibi Maryamning ruhoniylar tomonidan duo qilinishi;
- Maʼbadda Bibi Maryamning tasvirlanishi;
- Bibi Maryamning farishtadan non olishi;
- Bibi Maryamning binafsha junli chigʻanoq olishi (ruhoniylar xizmatkor qizlarga maʼbad uchun parda toʻqishga qaror qilishgan);
- Zakariyyoning ibodat qilishi; Bibi Maryamning turmushga chiqish vaqti kelganida, oliy ruhoniy Zakariyyo barcha beva qolganlarni chaqirib, qurbongohga tayoqlarini qoʻydiradi va uni kimga berish kerakligini koʻrsatuvchi belgi soʻrab ibodat qiladi;
- Bibi Maryamning Yusufga ishonib topshirishi;
- Yusufning Bibi Maryamni oʻz uyiga olib borishi;
- Quduqdagi Bibi Maryamga xabar;
- Yusufning Bibi Maryamni tark etishi; Yusuf olti oy ish bilan ketishga majbur boʻladi va u qaytib kelganida, Bibi Maryam homilador boʻlib, uning shubhasini uygʻotadi.
Naos
[tahrir | manbasini tahrirlash]Esonarteksning markaziy eshiklari cherkovning asosiy qismi – naosga olib boradi. Cherkovdagi eng katta gumbaz (diametri 7,7 m) naosning markaziy qismi yuqorisida joylashgan. Ikki kichikroq gumbazlar kamtarona apsidaning yon tomonida joylashgan: shimoliy gumbaz protez ustida, janubiy gumbaz diakonikaning ustida joylashgan.
- Koimesis (Bibi Maryamni xotirlash bayrami, yaʼni uning osmonga koʻtarilishdan oldingi oxirgi uyqusi). Iso Maryamning ruhi ramzi boʻlgan chaqaloqni ushlab turibdi;
- Iso Masih;
- Theotokos (Bibi Maryam va bola).
-
Naosdan apsidaning koʻrinishi
-
Masih
-
Bibi Maryam va bola
-
Bibi Maryam va bola (detallari bilan)
-
Koimesis mozaikasi
-
Koimesis (markaziy qism)
-
Koimesis (detallari bilan)
-
Koimesis (detallari bilan)
Parekleziya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Esonarteksning oʻng tomonidagi eshiklar yon cherkovga yoki parekleziyaga ochiladi. Parekleziyadan oilaviy dafn va yodgorliklar uchun morg ibodatxonasi sifatida foydalanilgan. Cherkovdagi ikkinchi eng katta gumbaz (diametri 4,5 m) parekleziya tomining markaziy qismini bezatib turadi. Parekleziya fresklar bilan qoplangan:
- Anastasis (qayta tirilish): Jahannamning azoblanishi. Doʻzax darvozalarini endigina buzib tashlagan Masih markazda turib, Odam Ato va Momo Havoni qabrlaridan tortib olmoqda. Odam Atoning orqasida Yahyo, Dovud va Sulaymon turibdi. Boshqalar esa solih shohlardir;
- Oxirgi hukm yoki Iso Masihning Ikkinchi Kelishi. Masih uning har ikki tomonida Bibi Maryam va Yahyo bilan taxtga oʻtiradi (Ushbu trio Deesis deb ham ataladi);
- Bibi Maryam va bola;
- Samoviy farishtalar saroyi;
- Musoning ikkita paneli.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ousterhout 1988.
- ↑ Casper. „Turkey Turns Another Historic Church into a Mosque“ (en). Christianity Today (2020-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
- ↑ „Turkey converts Kariye Museum into mosque“ (en). Hürriyet Daily News (2020-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
- ↑ „Has Turkey halted plans to turn Chora museum into a mosque?“ (2021-yil 11-yanvar).
- ↑ Van Millingen
- ↑ „About Chora“. choramuseum.
- ↑ Yackley. „Court Ruling Converting Turkish Museum to Mosque Could Set Precedent for Hagia Sophia“. The Art Newspaper (2019-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
- ↑ Kokkinidis. „Turkey to Turn Historic Orthodox Church Into a Mosque; Is Hagia Sophia Next?“. Greek Reporter (2019-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
- ↑ Yackley. „Court Ruling Converting Turkish Museum to Mosque Could Set Precedent for Hagia Sophia“. The Art Newspaper (2019-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
- ↑ „Turkey converts Kariye Museum into mosque“. Hürriyet Daily News website (2020-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
- ↑ Casper. „Turkey Turns Another Historic Church into a Mosque“ (en). Christianity Today (2020-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
- ↑ „Turkey slams Greece over statement on conversion of Kariye Museum to mosque“. Hürriyet Daily News website (2020-yil 22-avgust). Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
- ↑ „Istanbul's Chora to open as mosque for Muslim prayers on Oct. 30“.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Van Millingen, Alexander. Byzantine Churches in Constantinople. London: MacMillan & Co, 1912.
- Ousterhout, Robert. The Art of the Kariye Camii. London-Istanbul: Scala, 2002. ISBN 975-6899-76-X.
- Xora: Kariye muzeyi . Net Turistik Yayınlar (1987).ISBN 978-975-479-045-0ISBN 978-975-479-045-0
- Feridun Dirimtekin. Kariye tarixiy yodgorligi . Turkiya Turing va Otomobil Kurumu (1966). ASIN B0007JHABQ
- Semavi Eyice. Xora monastiri Kariye masjidi cherkovi . Net Turistik Yayınlar A.Ş. (1997).ISBN 978-975-479-444-1ISBN 978-975-479-444-1
- Chelik Gulersoy. Kariye (Xora) . ASIN B000RMMHZ2
- Jonatan Xarris, Konstantinopol: Vizantiya poytaxti . Hambledon/Continuum (2007).ISBN 978-1-84725-179-4ISBN 978-1-84725-179-4
- Karahan, Anna. Vizantiyaning muqaddas tasvirlari – Transcendence va Immanence. Xora cherkovining ikonografiyasi va estetikasining teologik asoslari (monografiya, 355 pp.) (Orientalia Lovaniensia Analecta № 176) Leuven-Paris-Walpole, MA: Peeters Publishers 2010.ISBN 978-90-429-2080-4ISBN 978-90-429-2080-4
- Karahan, Anna. „Xor cherkovining paleolog ikonografiyasi va uning yunon antik davri bilan aloqasi“. In: Sanʼat tarixi jurnali 66 (1997), 2 va 3-son: pp. 89–95 Routledge (Taylor & Francis Group onlayn nashri, 2008 yil 1 sentyabr: DOI: 10.1080/00233609708604425) 1997 yil
- Krannert sanʼat muzeyi. Vizantiyani tiklash: Istanbuldagi Kariye Camii va Vizantiya institutini tiklash . Miriam va IRA D. Wallach sanʼat galereyasi (2004).ISBN 1-884919-15-4ISBN 1-884919-15-4
- Robert Ousterhout (muharrir), Lesli Brubaker (muharrir). Sharq va Gʻarbning muqaddas tasviri . Illinoys universiteti matbuoti (1994).ISBN 978-0-252-02096-4ISBN 978-0-252-02096-4
- Xoradagi avliyo Najotkor . A Turizm Yayınları Ltd. (1988). ASIN B000FK8854
- Jevdet Turkay. Kariye masjidi . (1964). ASIN B000IUWV2C
- Pol A. Underwood. Kariye Djami 3 jildda. Bollingen (1966). ASIN B000WMDL7U
- Pol A. Underwood. Istanbuldagi Kariye Camii’deki fresklarni qayta tiklash boʻyicha uchinchi dastlabki hisobot . Garvard universiteti nashriyoti (1958). ASIN B000IBCESM
- Edda Renker Vayssenbaxer. Kariye: Xora cherkovi, bosqichma-bosqich . ASIN B000RBATF8
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Go Turkiya – Turkiya turizmni rivojlantirish va rivojlantirish agentligi
- Kolumbiya universiteti Vizantiyani tiklash | Istanbuldagi Kariye Camii va Vizantiya institutini tiklash
- Vizantiya 1200 Chora monastiri
- Ichki va tashqi rasmlar http://rubens.anu.edu.au (Oʻlik havola)
- Rasmlar tushuntirishlar bilan
- Chora monastirining Vizantiya mozaikalari (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan) Archived
- Chora muzeyining 500 dan ortiq rasmlari