Emirgan masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Emirgan masjidi,
Emirgan Hamid-i Evvel masjidi

turkcha: Emirgan Cami,
Emirgan Hamid-i Evvel Cami
Emirgan masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Sarıyer tumani, Emirgan mahallasi
Koordinatalar 41°06′16″N 29°03′23″E / 41.10456°N 29.05626°E / 41.10456; 29.05626 G OKoordinatalari: 41°06′16″N 29°03′23″E / 41.10456°N 29.05626°E / 41.10456; 29.05626 G O
Masjid turi masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1781 yil
Qurilish materiali ohaktoshlar

Emirgan masjidi (turkcha: Emirgan Cami), rasman Emirgan Hamid-i Evvel masjidi (usmonli turkcha: Emirgan Hamid-i Evvel Cami) – XVIII asrga oid Turkiyaning Istanbul shahri, Sariyer tumani, Emirgan mahallasida joylashgan Usmonli masjidi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1781-yilda Usmonli sultoni Abdulhamid I (hukmronlik yillari: 1774–1789) tomonidan uning erta vafot etgan oʻgʻli Mehmed va Hümaşah Kadınefendining (talaffuzi: Humashah Kadinefendi) onasi xotirasiga bagʻishlab bunyod etilgan. Masjid rasmiy ravishda usmonli tilida sulton nomi bilan atalgan. Dastlab yodgorlik bugungi kunda ham mavjud favvora, hozirda faoliyat yuritmayotgan turk hammomi, novvoyxona va tegirmon kabi inshootlardan iborat majmuaning bir qismi boʻlgan. Majmua Emirgüneoğlu (talaffuzi: Emirguneogʻlu) Yusuf poshoga tegishli boʻlgan sobiq qirgʻoq saroyi oʻrnida qurilgan. Bino Abdulhamid I ning oʻgʻli Sulton Mahmud II (hukmronligi: 1808–1839) tomonidan hozirgi koʻrinishga keltirilgan.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning meʼmoriy uslubi detallari va bezaklari Abdulhamid I davri (1757–1808) meʼmorchiligi barokko uslubiga emas, balki Mahmud II ning hukmronlik davri (1808–1876) meʼmorchiligiga mos keladi. 1871-yilda Abdulhamid I tomonidan qurilgan masjidning hurmat belgisi sifatida saqlanib qolgan yozuvidan tashqari barcha qismi qayta bunyod etilgan[2].

Kvadrat shaklidagi masjid hovlisida yogʻoch tomli toshdan qurilgan devor mavjud. Har tomondan ikki qator qilib joylashtirilgan katta derazalar masjidga tabiiy yorugʻlik olib kiradi. Masjidning janubiy qismida balkonli silindrsimon ingichka minora joylashgan. XIX asr minoralariga xos boʻlgan akant tipidagi barg bezaklari va minoradagi boshqa bezaklar yillar oʻtib unga oʻzgarishlar kiritilganligini koʻrsatadi. Masjidning sharqiy devoriga alohida kirish eshigi bilan ikki qavatli sulton ayvoni biriktirilgan. Masjid hovlisining shimoliy burchagida joylashgan shodirvon (favvora) tepasida suls tilida yozilgan ikki qatorli sheʼriy yozuvga koʻra, uni Valiyning turmush oʻrtogʻi Mumtaz Kadınning uyidagi ayol xizmatkorlar boshligʻi Rebgigül Hanım vaqf qilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Emirgan Hamid-i Evvel Camii“ (tr). İstanbul Müftülüğü. 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-iyul.
  2. Aksakallı, Muharrem.. „İstanbul'un boğaza nazır camileri“ (tr) (2014-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-iyul.