Bodrum masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Bodrum masjidi
turkcha: Bodrum Camii,
Mesih Pasha Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani
Manzil Istanbul shahri, Fotih tumani, Laleli mahallasi, Buyuk Konstantinopol saroyi xarobalaridan 1 km gʻarbda
Koordinatalar 41°0′31″N 28°57′20″E / 41.00861°N 28.95556°E / 41.00861; 28.95556 G OKoordinatalari: 41°0′31″N 28°57′20″E / 41.00861°N 28.95556°E / 41.00861; 28.95556 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi xoch gumbazli ibodatxona
Meʼmoriy uslub Vizantiya arxitekturasi
Binokorlik sanasi X asr
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht

Bodrum masjidi (turkcha: Bodrum Camii yoki Mesih Pasha Camii) – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan sobiq sharqiy pravoslav cherkovi, Usmonlilar tomonidan masjidga aylantirilgan[1]. Cherkov yunoncha „Myrelaion“ (grekcha: Eκκλησία του Μυρελαίου) nomi bilan tanilgan[2].

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bodrum masjidi Istanbul shahri, Fotih tumani, Laleli mahallasi, Buyuk Konstantinopol saroyi xarobalaridan 1 kilometr gʻarbda joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1877-yilda

922-yillarda, Bolgariyaga qarshi urushlar paytida, drungarius Romanos Lekapenos Konstantinopolning toʻqqizinchi mintaqasida, Marmar dengizidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda Myrelaion deb nomlanuvchi hududda uy sotib olgan[3]. Romanos Lekapenos taxtga oʻtirganidan soʻng, bu bino qoʻshni Buyuk Konstantinopol saroyi va Lekapenos oilasini ziyoratlarni amalga oshirishiga qarshi kurashish uchun moʻljallangan yangi imperator saroyi yadrosiga aylantirilgan[4].

Myrelaion saroyi V asrda bunyod etilgan ulkan rotonda tepasida qurilgan boʻlib, tashqi diametri 41.8 metr (137.1 feet)ni tashkil etadi. Inshoot qadimgi dunyoda bunyod etilgan binolar ichida Rim Panteonidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi[5]. X asrga kelib, rotonda inshootidan foydalanilmay qoʻyiladi, shu sababdan bino Romanos tomonidan ichki qismi kamida 70 ta ustun bilan jihozlangan, gumbaz bilan qoplangan sardobaga aylantirilgan boʻlishi mumkinligi haqida ham bir qancha taxminlar mavjud[6]. Keyinchalik saroy yaqinida imperator cherkov qurdirgan, ushbu cherkov imperator oila aʼzolarini dafn qilish uchun moʻljallab qurilgan[7].

Cherkovga birinchi boʻlib 922-yilning dekabr oyida imperatorning rafiqasi Teodora, keyin esa uning toʻngʻich oʻgʻli hamda 931-yilda vafot etgan imperator Christopher[8] dafn etilgan. Shunday qilib, Romanos 6 asrlik anʼanani toʻxtatgan, yaʼni Konstantin I davridan buyon deyarli barcha Vizantiya imperatorlari Muqaddas Havoriylar cherkoviga dafn qilingan.

Keyinchalik imperator oʻz saroyini rohibxonaga aylantirgan, 948-yil iyun oyida Prote orolida rohib sifatida surgunda vafot etganidan soʻng, uning oʻzi ham cherkovga dafn qilingan[9].

Bino rejasi, toʻrtburchaklar kesimidagi cherkovning birinchi namunalaridan biri

Cherkov 1203-yilda[10] toʻrtinchi salib yurishi paytida yongʻin oqibatida vayron boʻlgan[11]. Konstantinopol lotin imperiyasi tomonidan bosib olingan (1204–1261) davrda tashlab ketilgan cherkov binosi XIII asr oxirida, Palaiologan restavratsiyasi davomida qayta taʼmirlangan.

1453-yilda Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni zabt etgandan soʻng, Myrelaion Boyazid II davrida, taxminan 1500-yilda Mesih Posho tomonidan masjidga aylantirilgan. Masjidning quyi qismi bodrum (turkcha: bodrum soʻzining maʼnosi „yer osti ombori“, „yertoʻla“) nomi bilan atalgan, keyinchalik butun boshli masjid aynan shu nom bilan yuritila boshlangan. 1784 va 1911-yillardagi yongʻinlar natijasida bino yana vayron boʻlgan va tashlab ketilgan.

1930-yilda David Talbot Rice boshchiligida olib borilgan qazishma ishlari davomida dumaloq sardoba topilgan. 1964–1965-yillarda Istanbul arxeologiya muzeyi tomonidan oʻtkazilgan restavratsiya davomida binoning deyarli barcha tashqi toshlari almashtirilgan[12]. 1965-yilda sanʼatshunos Cecil L. Striker va R. Naumann boshchiligida parallel olib borilgan ikkita qazishma ishlaridan maqsad mos ravishda binoning pastki tuzilishi va imperator saroyiga qaratilgan. Bino, nihoyat, 1986-yilga kelib masjid sifatida qayta tiklangan. 1990-yilda esa sardoba ham qayta tiklangan va bir necha yil davomida undan savdo markazi sifatida xizmat qilgan. Bugungi kunda sardobada ayollar namoz oʻqishi mumkin.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning janubiy devori. Oldinda minoraning poydevori koʻrinadi.

Bino[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid devorlari gʻishtdan, poydevori esa gʻisht va toshning navbatma-navbat tushirilgan qatlamlaridan qurilgan[13].

Substrukturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning pastki qismi, asosiy binodan farqli oʻlaroq, nisbatan qoʻpolroq qurilgan. Dastlab ushbu qurilishdan maqsad faqatgina cherkovni Lekapenos saroyi darajasiga olib chiqish boʻlgan. Paleologlar davrida bino qayta tiklanganidan keyin dafn etiluvchi ibodatxona sifatida ishlatilgan[14].

Bino oʻrta asrlar Vizantiya meʼmorchilik sanʼatining yangi yoʻnalishlaridan biri hisoblanuvchi, kvadrat shaklida quriladigan cherkovlarning eng dastlabki va goʻzal namunalaridan biri hisoblanadi[15].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. It must not be mistaken for the Mesih Mehmed Paşa Camii, which is another mosque founded in the late sixteenth century.
  2. The identification of the church could be done thanks to the precise description given by Petrus Gillius in his topographic work about Constantinople. Striker (1981), p. 3.
  3. The seller was one Kraterios. Striker (1981), p. 6.
  4. The Cambridge Medieval History (1995), p. 563.
  5. The denomination of this edifice is still unknown. Striker (1981), p. 13.
  6. Striker (1981), p. 13.
  7. The emperor brought three marble sarcophagi belonging to the Emperor Maurice and his sons from the church of St. Mamas. Striker (1981), p. 6.
  8. Striker (1981), p. 6.
  9. In addition, his daughter Helena, widow of Constantine VII Porphyrogenitos and the only legitimate link of Romanos to the Empire, was buried in the Myrelaion, instead of the Holy Apostles, beside her husband. Striker (1981), p. 6.
  10. Most probably this happened on 18 August 1203, when a group of Flemish soldiers, aided by Pisan and Venetian sailors, started a major fire in the southern part of Constantinople to cover their retreat. Striker (1981), p. 29.
  11. During the archaeological excavation near the mosque a fragment of foot of the group of the Tetrarchs was found, thus confirming the tradition that this group (now fixed in the wall of St Mark’s Basilica in Venice) had been stolen from the city (possibly from the Philadelphion square) by the Venetians in 1204. Striker (1981), p. 29.
  12. The „restoration“ replaced 90% of the original masonry with new concrete bricks, which revised windows and door lines, erased masonry joints, and eliminated the delicate saw-toothed courses which had originally defined the original lines of the building. Mathews (1976), p. 209.
  13. Krautheimer (1986), p. 403.
  14. During the excavation in the substructure have been found the remains of a fresco representing a female donor making an offering to the Theotokos Hodegetria. Striker (1981), p. 31.
  15. Striker (1981), p. 35.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]