Atik Mustafo posho masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Atik Mustafo posho masjidi
turkcha: Atik Mustafa Paşa Camii;
Hazreti Cabir Camii
Masjidning janubi-sharqiy tomondan koʻrinishi, 1877-yil, A.G. Paspatesning Vizantiya topografik tadqiqotlaridan
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani
Manzil Ayvansaroy mahallasi, Chember Sokak hududi, Konstantinopolning oltinchi tepaligi etagi, Oltin Shoxga yaqin joyda devor bilan oʻralgan shahar ichi
Koordinatalar 41°02′18.96″N 28°56′38.40″E / 41.0386000°N 28.9440000°E / 41.0386000; 28.9440000 G OKoordinatalari: 41°02′18.96″N 28°56′38.40″E / 41.0386000°N 28.9440000°E / 41.0386000; 28.9440000 G O
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Vizantiya uslubi
Binokorlik sanasi 1059 yil
Asosiy sana:
1509—1512-yillar
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, tosh
Holati amaldagi

Atik Mustafo Posho masjidi (turkcha: Atik Mustafa Paşa Camii; koʻpincha Hazreti Cabir Camii nomi bilan tanilgan) Istanbuldagi sobiq Sharqiy pravoslav cherkovi boʻlib, Usmonlilar tomonidan masjidga aylantirilgan. Istanbulning Fotih tumani, Ayvansaroy mahallasi, Chember Sokak hududi, Konstantinopolning oltinchi tepaligi etagi, Oltin Shoxga yaqin joyda devor bilan oʻralgan shahar ichida joylashgan.

Uzoq vaqt davomida ushbu yodgorlik hech qanday dalillarsiz Avliyo Butrus va Mark cherkovi deb hisoblanib kelingan. Bugungi kunda esa binoning Blachernae saroyidagi Saint Thekla cherkovi (yunoncha: Άγία Θέκλα τοῦ Παλατίου τῶν Βλαχερνών, Hagia Thekla tou Palatiou tōn Vlakhernōn) boʻlgan degan taxminlar mavjud[1]. Qurilish uslubiga koʻra bino XI yoki XII asrlarga tegishli.

Binoning apsidasi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

IX asrning oʻrtalariga kelib, imperator Theophilusning toʻngʻich qizi malika Thekla, Blachernaedagi Theotokos cherkovidan 150 metr (490 feet) sharqda oʻzining muqaddas homiysi sharifiga bagʻishlab qurilgan kichik ibodatxona maydonini kengaytiradi[2]. 1059-yilda komninlar sulolasi imperatori Isaac I oʻzining ov halokatidan omon qolgani sharafiga ushbu joyda kattaroq cherkov qurdiradi[3]. Cherkov oʻsha davrda oʻzining goʻzalligi bilan mashhur boʻlgan. Anna Comnenaning yozishicha, imperatorning onasi Anna Dalassena ushbu cherkovda tez-tez ibodat qilgan[3]. Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olgandan soʻng, bino 1509-yilgi zilzila paytida katta zarar koʻrgan, natijada cherkov gumbazi vayron boʻlgan[4]. Oradan koʻp oʻtmay Kapiciboshi[5] (keyinroq vazir) Koca Mustafo posho[6] zilzila oqibatida yuzaga kelgan zararni bartaraf etib, cherkovni masjidga aylantirgan[7].

XIX asrning oxirigacha binodan 150 metr (490 feet) janubda joylashgan hammom masjid poydevorining bir qismini tashkil qilgan[2]. 1692-yilda Shotir Hasan ogʻa masjid oldida favvora qurdirgan[2]. 1729-yilda katta Balat olovi paytida bino jiddiy shikastlangan va taʼmirga muhtoj holatga kelib qolgan. 1894-yilgi Istanbul zilzilasida masjid minorasi vayron boʻlgan, buning natijasida esa 1906-yilga qadar masjid tashrif buyuruvchilarga yopib qoʻyilgan. Binoda oxirgi restavratsiya ishlari 1922-yilda amalga oshirilgan[2]. Oʻsha paytda koʻchaning narigi tomonidan topilgan xoch shaklidagi marmar Istanbul arxeologiya muzeyiga olib ketilgan[2].

Masjid apsidasi ichida 678-yilda[8] Konstantinopolni arablarning birinchi qamal qilishi paytida halok boʻlgan Abu Ayyub al-Ansoriy safdoshlaridan biri boʻlgan Hazreti Cabir (Jobir) Ibn Abdulloh-ul-Ensomiyga tegishli turba (maqbara) joylashgan[9].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy apsidadagi Hazreti Cabir (Jobir) turbasi (maqbarasi).

Binoning kengligi 15 metr (49 feet) va uzunligi 17.5 metr (57 feet) boʻlib, yunon xochli gumbazga ega. Masjidning old tomoni shimoli-sharqiy tomonga yoʻnaltirilgan. Bino uchta koʻpburchak apsidaga ega boʻlib, narteksi vayron qilingan[10]. Masjidda hech qanday galereya mavjud emas. Binoning barabansiz gumbazi Usmonlilar davrida, gumbazni suyab turuvchi ark va ustunlar esa Vizantiya davrida bunyod etilgan[11]. Janubi-sharqiy tomonda joylashgan uchta apsidaning har biri uch qirrali[11], Eski Vizantiya davrida qurilgan tom, karniz va yogʻoch narteksga Usmonli imperiyasi davrida oʻzgartirish kiritilgan.

Xochning ichki tomonini tashkil etuvchi gumbazli tirgaklar L shaklida qurilgan[11]. Binoning janubiy devorlariga suratllar ishlangan[12]. 1990-yillarda bino polini yangilash paytida bir nechta tesseralar topilgan boʻlib, ular masjidda oʻsha davrda ham mozaika panellari mavjud boʻlganligidan dalolat beradi[13].

Arxitekturaviy ahamiyatiga qaramay, masjid hech qachon tizimli ravishda oʻrganilmagan[14].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Church of Saint Thekla was also previously identified with the Toklu Dede Mescidi, a Church of Comnenian foundation (middle/second half of eleventh century) which lied nearby and was destroyed in 1929. This identification, based only on the similarity of the name, should be rejected. Janin (1953), p. 148.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Müller-Wiener (1977), p. 83.
  3. 3,0 3,1 Janin (1953), p. 148.
  4. Information contained in an inscription on the front of the Mosque.
  5. The Kapicibaşi („chief doorkeeper“) was also master of ceremonies at receptions for foreign ambassadors.
  6. Eyice (1955), p. 92.
  7. In the same period he converted also another byzantine church, this one placed in today’s Samatya neighborhood, into a mosque, named after him Koca Mustafa Pasha Mosque.
  8. Eyice (1955), p. 66.
  9. Gülersoy (1976), p. 248.
  10. Müller-Wiener (1977), p. 82.
  11. 11,0 11,1 11,2 Van Millingen (1912), p. 193.
  12. In 1985, a Dumbarton Oaks Paper (Vol. 39, pp. 125-134) about them has been published.
  13. Tunay (2001), p. 229
  14. Unfortunately, in the occasion of the floor renewal, the Vakıflar Genel Müdürlüǧü („general directorate for the pious foundations“) denied the permission for an archeological survey, which could have clarified many open issues, including that about its dedication. Tunay (2001), p. 229

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Van Millingen, Alexander. Byzantine Churches of Constantinople. London: MacMillan & Co, 1912. 
  • Janin, Raymond. La Géographie ecclésiastique de l'Empire byzantin. 1. Part: Le Siège de Constantinople et le Patriarcat Oecuménique. 3rd Vol. : Les Églises et les Monastères (fr). Paris: Institut Français d'Etudes Byzantines, 1953. 
  • Mamboury, Ernest. The Tourists' Istanbul. Istanbul: Çituri Biraderler Basımevi, 1953. 
  • Eyice, Semavi. Istanbul. Petite Guide a travers les Monuments Byzantins et Turcs (fr). Istanbul: Istanbul Matbaası, 1955. 
  • Gülersoy, Çelik. A Guide to Istanbul. Istanbul: Istanbul Kitaplığı, 1976. OCLC 3849706. 
  • Müller-Wiener, Wolfgang. Bildlexikon Zur Topographie Istanbuls: Byzantion, Konstantinupolis, Istanbul Bis Zum Beginn D. 17 Jh (de). Tübingen: Wasmuth, 1977. ISBN 978-3-8030-1022-3. 
  • Tunay, Mehmet „Byzantine Archeological Findings in Istanbul“,. Byzantine Constantinople: Monuments, Topography and everyday Life Necipoğlu: . Leiden, Boston, Köln: Brill, 2001. ISBN 90-04-11625-7. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]