Hadis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

g!-- Hadisning taʼrifi --> !-- Hadisning taʼrifi --> Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va sanad. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi Rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.

Hadis qanday kor'inishda boʻladi?[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ey Odam farzandi! Biror yangi kun yoʻqki, Yer senga oʻzining tilida: «Ey Bani Odam, ustimda yurasan, keyin qoʻynimda gʻamga koʻmilasan, ustimda nafsing tusaganini yeysan, qoʻynimda qurtlarga yem boʻlasan», demasa. (Biror kun yoʻqki, Yer senga oʻz tilida:) «Ey Bani Odam! Men qoʻrqinch uyiman, sen soʻroq qilinadigan uyman, kimsasiz uyman, zulmat uyiman, ilonlaru chayonlar uyiman, bas, meni xarob qilavermasdan obod etmaysanmi?» demasa».

Qurʼondan barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yaʼni sahobai kiromlar yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy rohimahulloh yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari bir manbada jam qilib yuborilgan edi.

Toʻrli xil yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida „sunan“ deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. „Musnad“ yoʻnalishida tasnif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalning rohimahullohning hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. „Sahih“ yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy rohimahulloh asos solgan. „Sunan“ yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda „zaif“ hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atT-ermiziy, Nasoiy, Ibn Moja rohimahullohlar toʻplamlari shu yoʻnalishga mansubdir.

Ilk hadis Movarounnahrda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy rohimahulloh hadis toʻplamini tasnif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam nomidan yolgʻon hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.

9-10 asrlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: „Sahihi Buxoriy“, „Sahihi Muslim“ (qarang Muslim ibn Hajjoj), „Sahihi Termiziy“, „Sunani Abi Dovud“, „Su-nani Ibn Moja“, „Sunani Nasoiy“. koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami „sunna“ deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar „muhaddis“ deb atalgan.

Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadislar qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning „Sahihi Buxoriy“ asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat fatlvolarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning Hadislar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2-nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning „Sahihi Termiziy“ Hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari „Ming bir hadis“ tarjimasi, „Qudsiy hadislar“ tarjimasi ham nashr etildi.

Hadis (حديث) Muhammad alayhissalomning aytgan gaplari, taʼkidlari yoki qilgan ishlari tasvirlangan manbalardir. Hadisni muhaddislar yigʻadi va oʻrganishadi. Hadislar shariat normalari asosini tashkil etadi.

Islom nuqtai nazaridan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Islom paygʻambari Muhammadning sollallohu alayhi vasallam yoʻl-yoʻriqlari va koʻrsatmalari, unga mansub pandu-nasihatlar yigʻindisi hadislar, deb atalib, ular islom dini uchun juda katta ahamiyatga egadir. Chunonchi, hadislar Qur'ondan keyin shariat ahkomlarining asosini tashkil qiladi.

Maʼlumki, tarixan gʻoyatda qisqa muddatda nozil boʻlgan Qur’oni karim oyatlari baʼzi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan boʻlganligidan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qilib, unda keltirilgan voqea va hodisalarni koʻpchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir koʻzgu vazifasini ham oʻtaydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yoʻlida koʻrsatgan beqiyos saʼy-harakatlari, yaxshiligu xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarni oʻz ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin oʻtgan hech bir paygʻambarlar va ulugʻlarga koʻrsatilmagan alohida bir eʼtibor bilan ilm ahllari hadislarni toʻplashga kirishdilar. Hadis ilmi bilan shugʻullanish eng aziz va sevimli mashgʻulot hisoblanib, ularni toʻplash uchun olimu ulamolar butun aql-zakovati-yu qalb qoʻri bilan kirishganlarini alohida taʼkidlash zarur.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hayot vaqtlarida hadislarni yozib olish odat boʻlmagan. Ayrim sahobalarning fikricha, Paygʻambarning sollallohu alayhi vasallam oʻzlari hadislarini yozma qayd etishni man qilganlar. «Mendan Qur’ondan boshqa hech narsa yozmanglar, agar kimki biror narsa yozgan boʻlsa, oʻchirib tashlasin. Mendan faqat hadis aytinglar, xolos. Buning hech zarari yoʻq»[1], deb uqdirganlar avvaliga Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari. Soʻngra Paygʻambarning sollallohu alayhi vasallam oʻzlari Abdulloh ibn Amr ibn al-Ossga izn qilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila boshlagan. Paygʻambar vafot etganlaridan soʻng maʼlum darajada tortishuv va munozaralardan keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila boshlandi.Masalan, sahobalardan Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yoʻl-yoʻriqlari («Manosik al-haj») xususidagi hadislardan bir kichik kitob bitgan boʻlsa, Samara ibn Jundab esa Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida oʻz oʻgʻillariga bir vasiyatnoma yozib qoldiradi. Tobeʼinlar davrida esa hadislarni kitobat etishga qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uning kitobatini qoʻllab-quvvatlagan tobeʼiynlar esa aksariyatni tashkil etardi. Ushbu davrda, yaʼni sahobalar va tobeʼiynlar davrida ikki xil fikr qaror topib, hadislarni ham yozma, ham ogʻzaki tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi.

Hadislarni tadviyn etish ularni muayyan bir toʻplamga yigʻish, demakdir. Dastavval hadislarni toʻplam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn Marvon (vafoti 704 yil) hisoblanadi. U Misrda amirlik vazifasida boʻlgan, lekin oʻz maqsadiga erishmasdan burun vafot etadi. Uning ishini oʻgʻli Umar ibn Abdulaziz (vafoti 720 yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa qayd etilishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlar ularni sahih (toʻgʻri, ishonchli)larini noqis mavzulari bilan aralashib ketishining oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va ulomalarning vafotlari tufayli ularning yoʻq boʻlib ketish xavfidan edi. Shu boisdan ham Umar ibn Abdulaziz hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib olingizlar, chunki uni bilgan ulamolarning dunyodan oʻtib ketishlaridan xavotirdaman», deb yozgan edi. Umar ibn Abdulaziz bu muhim vazifani topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm, Muhammad ibn Muslim ibn Shihob az-Zuhriylar bor edi.

Diniy asarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Boblarga ajratilgan yirik asarlar (Al-Javomi’ al-mubavabba). Bu asarlar turli-tuman mavzularni oʻzida qamragan boʻlib, ularga boblarga ajratilgan holda tartib berilgan.

Mana shu asarlardan Imom Buxoriyning „Al-Jomi’ as-sahih“, Imom Muslim ibn al-Hajjojning „Al-Jomi' as-sahih“, Termiziyning „Al-Jomi’ al-Kabir“, imom Abu Dovudning „As-Sunan“, imom Nasaiyning „As-Sunan“, imom Ibn Mojaning „As-Sunan“, imom Ad-Dorimiyning „As-Sunan“ kabi asarlarini koʻrsatish mumkin.

2. Musnadlar (Al-Masoniyd).[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu uslubdagi asarlarda maʼlum bir sahobaning rivoyatlari bir joyda zikr qilinib, undan keyin ikkinchi sahoba davom ettiradi. Bu asarlarda keltirilgan hadislarga mavzularga rioya qilinmaydi. Masalan, imom Ahmad ibn Hanbal oʻzining „Al-Musnad“ nomli yirik asarida avval toʻrt toʻgʻri xalifalarning (chahoryorlar) rivoyatlarini keltirib, keyin birin-ketin boshqa sahobalarning rivoyatlarini keltiradi. Hammasi boʻlib uning asarida toʻqqiz yuz toʻrtta sahoba zikr qilinadi. Muallif oʻz asarini boblarga ham boʻlganligini aytish mumkin.

Moʻjamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

3. Moʻjamlar (Al-maoʻjim). Bu xildagi toʻplamlarda musannif asariga oʻz shuyux (ustoz)larining hadislarini kiritib, ularning ismlarini mu'jam (alifbo) tartibida keltiradi.

Paygʻambar alayhissalomning hadislari Islom jamiyatining ijtimoiy va maʼnaviy hayotida oʻz mazmun-mohiyatiga qarab egallagan oʻrinlari ham turlicha boʻlgan. Shunday hadislar boʻlganki, ularni jamiyatning barcha aʼzolari bilishlari zarur boʻlgan, yaʼni bu xildagi hadislar ommaviy isteʼmolda boʻlgan. Shu boisdan ham ulamolar, muhaddislar mana shunga asoslanib, ularni targʻib qilganlar, lekin baʼzi hadislar boʻlganki, ularni ayrim shaxslar bilishining oʻzi kifoya boʻlgan. Mana shu xususiyatlarga koʻra hadislarni baʼzi olimlar, jumladan Imom Muhammad ibn Idris ash-Shofi'iy ikki asosiy qismga boʻladi:

Hadis turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Uzluksiz hadislar (al-hadis al-mutavotir). Bu xildagi hadislarning roviylari juda koʻp boʻlib, ular bir-birlariga bogʻlanmagan va yolgʻon (kizb) gapirishlari amalda mumkin boʻlmagan roviylardir. Bu xildagi hadislar ayniqsa jamiyat aʼzolarining amaliy hayotiga, masalan, namoz, roʻza, zakot, haj farzlariga doir hadislarda koʻp uchraydi.

Shuningdek, uzluksiz hadislar ikki xilda bayon etilishi mumkin: lafziy uzluksizlik - bunda hadisdagi soʻzlar (lafzlar) deyarli oʻzgartirilmay bir xilda boʻladi. Mazmuniy (maʼnoviy) uzluksizlikda esa rivoyat qilinadigan voqealar qisman oʻzgartirilishi (yaʼni, juz'iy farqli boʻlishi) ham mumkin.

2. Yakka hadislar (al-ohad). Istiloh sifatida bu hadislarda uzluksiz hadislarning shartlari boʻlmaydi, bu xildagi hadislar roviylarining soni chegaralangan - koʻpincha bitta boʻladi. Odatda yakka hadislar dalil va isbotlar bilan asoslanadi. Bunda ushbu hadisni naql qiluvchisining toʻgʻri soʻzligi, rivoyat qilinadigan hadisni xatodan xoli boʻlib, ishonchli boʻlishligi kabi masalalar ilm ad-diroyat orqali chuqur tadqiq qilinadi. Yakka hadislar uch xil boʻladi:

1. Gʻarib hadislar. Muhaddislar fikricha, bir roviy tomonidan rivoyat qilingan hadislar gʻarib hadislar deb ataladi.

2. Aziz hadislar, deb ikki roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi.

3. Mashhur hadislar, deb ikkitadan ortiq roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi. Biroq bu hadislar uzluksiz hadislar darajasiga yetishmaydi va ular sahih (ishonchli, toʻgʻri), hasan (yaxshi, maʼqul) va zaif hadislar boʻlishlari mumkin. Oliy isnod (al-isnod al-oliy) va pastlovchi isnod (al-isnod an-nozil). Rasulullohga nisbatan boʻlgan roviylarning koʻpligi yoki ozligi hamda oʻtgan vaqtiga qarab isnodning oliyligi yoki quyilashuvi belgilanadi. Imom al-Buxoriy keltirgan hadislarning isnodi, koʻpincha u bilan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oʻrtasida uch roviydan tashkil topadi. Boshqa hollarda esa mazkur hadisning rivoyat qilganda uning isnodi toʻrt yoki besh roviydan boʻlishligiga ham erishadi. Binobarin hadisshunoslikda uch isnodliklar isnod oliy, toʻrt va besh isnodliklar esa isnod nozil (quyilovchi isnod), deb qabul qilingan. Oliy isnod mansub hadislarning sahih (ishonchli) boʻlishlari asosiy shartlardan hisoblanadi.

Al-Hadis al-marfu'. Bu xildagi hadislar (isnodi bogʻlansa ham yoki bogʻlanmasa ham) Paygʻambar alayhissalomga borib bogʻlanadi (taqaladi). Bunday hollarda ushbu hadisni sahih yoki zaif, muttasil yo munqati', undan sahoba yoki tobeʼiy tushib qolishi ham mumkin, bulardan qatʼiy nazar bular marfu' hadislar sirasiga kiradi. Marfu' hadislar ikki xil boʻladi:

1. Al-Marfu' as-sariyh (ochiq-oydin marfu'). Bu xildagi hadislarda Paygʻambarga sollallohu alayhi vasallam mansublik bevosita taʼkidlanadi. Masalan, „Paygʻambar degan“ (qola), „Paygʻambarni koʻrdim“ (raaytu) yoki „Paygʻambar bizga buyurgandi“ (amarano) kabi iboralar mavjud boʻladi.

2. Al-Marfu' al-hukmiy (hukm etilgan, buyurilgan). Bu tarzdagi hadislarda toʻgʻridan-toʻgʻri Paygʻambarga isollallohu alayhi vasallam shorat qilinmay, pinhoniy (dimniy) keltiriladi. Sahoba yoki tobeʼiynlardan birontasi Paygʻambarga sollallohu alayhi vasallam mansub etmay, shar'iy hukmlardan biror masalani gapiradi, biroq bu fikr uni oʻzidan chiqmagan boʻlib, odatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan olgan boʻladi.

Al-Hadis al-mavquf, deb sahobalarning soʻzlari yoki harakatlari mansub etilgan hadislarga aytiladi. Chunonchi, sahobalar Paygʻambar alayhissalomning suhbatida boʻlib, uning rushdu-hidoyatidan va odobidan bahramand boʻlganlar. Ulamolarning ham sahobalarning soʻzlari va ishlariga ehtiyojlari katta boʻlgan. Mana shu sabablarga koʻra, sahobalarning soʻzlari (qavllari) va ishlari (af'ol) ham hadis kitoblariga kiritilgan.

Al-Hadis al-maqtu', deb tobeʼiynlarning soʻzlari va ishlari keltirilgan hadislarga aytiladi. Tobeʼiynlarning soʻzlari va qilgan ishlari ham ulamolarning diqqat markazida boʻlgan, chunonchi, ular sahobalar bilan muloqotda boʻlib, shari'at ahkomlarini ulardan olganlar. Paygʻambar alayhissalom ham yaxshi insonlar, deb bashorat berganlarida ularni koʻzda tutganlar.

Sahih hadislar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sahih hadislar, deb isnodi boshidan oxirigacha adolat bilan hech bir kamchilig-u illatsiz rivoyat qilinadigan hadislarga aytiladi. Sahih hadislarning yana talay shartlari ham boʻlib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir:

1. Sanadni uzluksiz bogʻlanishi (ittisol as-sanad) — bu shundayki, hadisni rivoyat qiluvchi roviylarning silsilasi boshidan oxirigacha hech bir uzluksiz boʻlishi shart. 2. Keltiriladigan hadis roviylarining hammasi oʻz dinida adolatli, sobitqadam kishilar boʻlmogʻi kerak. 3. Rivoyat qiluvchi komil musulmon boʻlishi shart, chunki ular dinda mustahkam insonlardir. 4. Rivoyat qiluvchi aql-idrokli kishi boʻlmogʻi zarur. 5. Roviy balogʻatga yetgan inson boʻlishi kerak. 6. Roviy fisqu-fasoddan xoli, sogʻlom fikrlovchi inson boʻlishi kerak. 7. Uzuq-yuluqni rivoyat qilishdan xoli kishi boʻlishi zarur.

Hadis ilmidan saboqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

<<Kishi ilm bobida nafaqat o’zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o’zidan past bo’lganlardan ham hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo’la olmaydi>>. <<Men bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitdim. Ularning hammasi <<Iymon-so’z va amaldan iboratdir>> degan eʼtiqoddagi kishilar edilar>>.

Imom Buxoriy[tahrir | manbasini tahrirlash]

<<Hadis arabcha so’z bo’lib, uning bir qator ma’nolari bor:

1) yangi, yangi narsa, yangi ro’y bergan voqea; 2) so’z, hikoya, naql, rivoyat; 3) Muhammad payg’ambar sollallohu alayhi vasallam yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat.

Islom dini ta’limoti bo’yicha eng asosiy manba Qur’ondir. Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o’rinda turuvchi mo’tabar manbadir. Hadislar Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan xilma-xil fikrlari, ko’rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi. Hadislarning yuzaga kelishini uch omil bilan ko’rsatiladi: 1. Muhammad payg’ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan gaplar. 2. Uning o’zi qilib ko’rsatgan ishlar. 3. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan ko’rilgan yoki kuzatilgan ishning taqiqlanmagani. Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi. <<Sunnat>> ham arabcha soʻz boʻlib, uning lugʻaviy maʼnosi <<yo’l, ravish, odat>> demakdir. Istilohiy maʼnoda esa Muhammad paygʻambardan sollallohu alayhi vasallam qolgan urf-odatlarga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning maʼno qamrovi, izohi oʻz aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson manaviyati bilan bogʻliq muammolarga qaratilgan. Shuning uchun ham hadislarga eng qadimgi davrlardan-Muhammad paygʻambar sollallohu alayhi vasallam zamonidanoq alohida ahamiyat berishgan. Hadislar imkoni boricha xatosiz, asl holida boshqalarga yetkazilishi lozim boʻlgan. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam nomiga bogʻlab turib yolgʻon hadis tarqatish qattiq qoralarngan. Ushbu talab natijasida hadislar koʻp vaqtlar oʻz holicha saqlanib qolgan, ammo jamiyat bir joyda qotib turmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot oqibatida sinflar, ijtimoiy guruhlar orasida munosabatlar, qarashlar ham oʻzgarib boradi, ziddiyat, ixtilof va kelishmovchiliklar yuz beradi. Shunday hodisa islom dinida ham koʻzga tashlanadi. Islom dinidagi ichki gʻoyaviy kurashlar va oʻzaro murosasizlik natijasida paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislarini buzish, ularni soxtalashtirish ham koʻzga tashlana boshlaydi. Bunday nomaʼqul harakatlarga qarshi kurashish zaruriyati yuzaga keladi. Natijada hadislarni faqat eshitish bilan emas, balki yozib olish, uning haqiqiy dastlabki shaklini tiklash bilan ham shugʻullanishga toʻgʻri keladi. Shunga koʻra hadislarni toʻplab, bir kitob holiga keltirish harakati VIII asrlardan boshlab keng avj oldi. Muhaddislar hadislarning haqiqiyligini ayrim belgilar orqali aniqlashgan. Bular: hadislar Qur’on oyatlariga zid kelmasligi lozim; ular paygʻambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga muvofiq boʻlmogʻi shart; ularda tarixiy voqelik buzilmasligi kerar. Hadislarning gʻayri axloqiy boʻlishi mumkin emas. Hadislarni toʻplab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shugʻullangan olimlar muhaddis deyiladi. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Abu Dovud, Sulaymon Sijistoniy (817—888), Ibn Mojja (834—886), Dorimiy, Bayhaqiy, Tabaroniy, Ibn Hibbon, Xatib, Hokim, Abu Aʼlo, Daylamiy, Doriqutniy, Jamoliddin Suyutiy kabi muhaddislarning nomi mashhur. Lekin muhaddislar orasida olti kishining dovrugʻi olamni tutgan. Ulardan beshtasi oʻrta osiyolik: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (hijriy 194—256, milodiy 810—870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824—892), Abu Muhammad Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (824—888) shular jumlasidandir. Shubhasiz, ular orasida yurtdoshlarimiz Imom Buxoriy hamda at-Termiziylarning boʻlishi koʻngillarda iftixor tuygʻularini uygʻotadi. Buxoriyning toʻliq ismi-Abu Abdulloh Muhammad Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʻira ibn Bardazbah al-Juafiy al_Buxoriydir. U Buxoroda Ismoil isimli katta olim oilasida 810 yilda tugʻilgan, yoshligidanoq oʻzining oʻtkir zehni va kuchli iqtidorini namoish qilgan. Buxoriy goʻdakligidayoq otasi dunyodan oʻtdi va onasini qoʻlida qoldi. Maktabda dastlabki savodini chiqargancha arab tili va hadis kitoblarni oʻqishga ularni yod olishga ragʻbat bildiradi. Oʻn sakkiz yoshga kirganda u bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi. <<Hoshid ibn Ismoilismli bir hamdars olimning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy bir necha sheriklari bilan Barsa shahrining yirik ulamolaridan biriga borib saboq olar ekan. Hammalari eshitgan hadis va rivoyatlarni ustozning og’zidan chiqishi bilanoq batartib yozib olishga shoshilar ekanlar. Imom Buxoriy esa qog’oz-qalamsiz dars tinglab yuraverar ekan. Bir kuni talabalar: <<O’n olti kun olgan darisimizni Buxoriydan bir so’rab ko’raylik-chi, esida bormikan?>> deyishib, imtihon qilishibdi. Hammalari daftarlariga qarab turishibdi. Buxoriy oʻn olti kun ilgari oʻtilgan darsni birorta kalmia qoldirmay, batartib yoddan oʻqib bergandan keyin, uning xotira va qobilyatiga lol qolib, ayni chogʻda, oʻzlari yozib olgan darslaridagi kamchiliklarini ham tuzatib olishibdi>>. Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ular Muhammad paygʻambarning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq hadislar talqini, oʻzaro insoniy munosabatlar, doʻstlik, ahillik, saxovat, ota-onalarga va qarindosh urugʻlarga munosabat, halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat, rostgoʻylik yolgʻonchilik va boshqa insoniy fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritiladi. Muhimi, ulardayuksak insoniy fazilatlar ulugʻlanadi, kishilarda shunday xislatlarning boʻlishi maʼqullanadi va targʻib qilinadi, aksincha, yomon feʼl-atvor va xususiyatlarning kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi qayta-qayta taʼkidlanadi. <<Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir>>. Hadislarda ota-onaning nazaridan qolish gunohlarning eng ogʻiri sifatida baholanadi: <<Gunohning kattasi-Tangriga shirk keltirmoqlik, nohaqq qon to’kmoqlik, ota-onaga oq bo’lmoqlik va yolg’on guvoh bermoqlik hisoblanadi>>. Boshqa bir hadisda esa ota-ona nazaridan qolgan farzand tangri nazaridan ham qolishi qayd etiladi va ularning jannatga kirmasligiga sabab boʻlishi uqtiriladi. Quyidagi hadis ham shu ruhda: <<Ota-ona qarg’aganini Tangri qarg’aydi. Tangridan boshqaga atab jonlik so’yuvchilarni Tangri la’natlaydi>>. Hadislar onalarni alohidasharaflaydi. Ularning qadrini baland koʻrsatish, izzatini ulugʻlash, asrab-avaylashga alohida urgʻu beriladi. Hadislarda kishilarning bir-birlariga boʻlgan samimiyati, intilishi, doʻstligi haqida ham koʻpgina ibratli oʻgitlar borligi koʻzga tashlanadi. Hadislar hayot hodisalari haqidagi oʻgitnomalardir. <<Din-nasihatdan iborat>> degan hadis bejiz emas. Birgina qoʻshnichilik munosabatlarini koʻzdan kechiraylik. <<Qo’shning tinch-sen tinch>> degan oʻzbek xalq maqoli mavjud. Hadislarda esa oʻqiymiz: <<Qo’shningizga yaxshilik qiling-tinch bo’lasiz>>. Paygʻambar alayhissalomning qoʻshni haqidagihadislaridan yana biri: <<Jabroil alayhissalom menga doimiy ravishda qo’shniga yaxshilik qilishni tavsiya etar edi, hatto qo’shniga meros ham qoldirish kerakmi, deb o’ylab qolar edim. Xizmatkorlarga ham shunday yaxshi muomalada bo’lishni aytar ediki, hatto muayyan bir vaqt belgilasa kerak va o’sha muddat yetishi bilan qullar o’z-o’zidan ozod bo’lib ketsa kerak, deb o’ylab qolar edim>>. Hadislarda hatto iymonning baquvvatligi va Ollohga sadoqati ham qoʻshniga qilinadigan muomalaga bogʻlab talqin qilinadi. Koʻrinib turibdiki, bularning hammasi inson maʼnaviyati bilan, uning boyligi bilan bogʻliq. Har qanday gʻazalardan xoli boʻlgan, har bir insonga pok nazar bilan qaray olish darajasiga koʻtarilgan inson maʼnaviy jihatdan boy hisoblanadi. <<Qachonki xayolingizdan biror shubhali fikr o’tsa, uni tark eting!>> <<Iymon jihatdan mo’minlarning komilrog’I-xulqi yaxshi bo’lgani va xotinlarga yaxshi muomala qiladiganidir>>. <<Iymonli odam va’daga vafodor bo’ladi>>. <<Islom, ya’ni musulmonchilik oshkora narsadir, iymon esa dildadir>>. <<Iymon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas>>. Hadislarda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj boʻlgan kishilarga alohida eʼtibor berilgan: <<Qalbning muloyim, hojating ravo bo’lishini xohlaysanmi? Xohlasang, yetimlarga mehribon bo’l, ularning boshini sila, o’z twomingdan ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo’lur>>. <<Tangri nazdida uylarning yaxshirog’i-yetimlar izzat qilinadigan uydir>>. <<Men yetimning kafilligini olgan odam bilan jannatda birga bo’lurman>>. Odamiylik ham hadislarda tez-tez tilga olingan mavzulardan. Jumladan, <<O’zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko’r!>>. Yoki: <<Ziyoratingizga kelgan odamning hurmatini joyiga qo’yinglar>>. <<Tangri qiyomat kuni aytadi: <<Ey inson farzandi! Betob bo’ldim, meni kelib ko’rmading>>. U odam aytadi: <<Ey rabbim, Sen butun olamning Parvardigori bo’la turib men seni qanday ko’rishim mumkin edi?>>. Tangri aytadiki: <<Falonchi odamni betobligida borib ko’rmadin-ku, agar borganingda uning oldida meni topgan bo’lar eding>>. <<Ey inson farzandi! O’zing ovqatlangding, ammo meni yo’qlamading>>. Odam aytadi: <<Ey rabbim, sen butun olamning podshohi bo’lsangku, men seni qanday ovqatlantirishim mumkin?>> Mana xayr-ehson, saxovat va karam haqidagi hadis namunalari: <<Bir-birlaringizga xayr-ehsonli, mehr-oqibatli bo’lib, qo’l berib so’rashib yuringlar, shunda dillaringizdagi g’am-u g’ashlik ketadi>>. <<Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g’ashliklarni yo’qotadi>>. <<Kimki o’zining yoki birovlarning yetim bolalarini to voyaga yetib, mustaqil hayot kechiradigan bo’lgunlaricha tarbiya qilsa, unga jannat muqarrardir>>. Maʼlumki, kitobda Ollohga hamddan tashqari paygʻambarga naʼt ham mavjud. U <<payg’ambar alayhissalom fazilatlari borasida>> deb ataladi. Adib: Oʻqitchi ul erdi bayatdin senga, Sen oʻtru koʻni yoʻlqa kirding, toʻnga (U xododan senga xabarchi edi, Sen soʻng toʻgʻri yoʻlga kirding, ey bahodir.) Yoki: Koʻngul badim emdi uning yoʻlinga, Sevib soʻzi tuttim butub qavlinga. (Endi men koʻngilni uning yoʻliga bogʻladim, Qavliga ishonib, sevib, soʻzlariga amal qildim.) deb yozganida, hech shubhasiz paygʻambar hadislarini ham nazarda tutgan. Yusuf Xos Hojibning quyidagi toʻrtligida ushbu hadislar bilan maʼnaviy uygʻunlikni sezish qiyin emas: Atang pandini sen qatigʻ tut, qatigʻ, Qutadgʻa kunung boʻlgʻa kundin tatigʻ. Atangni, anangni sevishdir tushi, Yanut berga tapgʻing tuman ming asigʻ. (Otangning pandini sen qattiq tut, qattiq, Seni baxtga elitadi, kuning kundan-kunga totli boʻladi. Otangni, onangni doimo xursand qil, Xizmatlaring evaziga ming hissa foyda olasan.) <<Yashirin ravishda kishilar gapiga quloq solib, uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi odam jannatga kirmaydi>>.

Hurmatli domla, suhbat avvalida maʼnaviyat va maʼrifat haqida qisqacha toʻxtalsak.

— Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillah, vas-solatu vas-salamu ʻala rosulillah, ammo baʼd: Assalomu alaykum va roxmatullohi va barokatuh. «Maʼnaviyat» arabcha soʻz boʻlib, «xilofi moddiyat»ni, yaʼni, insonning moddiy holatidan tashqari, unda ruhiy holat ham borligini bildiradi. «Maʼrifat» soʻzi ham arabcha boʻlib, «Idrokush-shay’i ʻala ma huva alaythi» (har bir narsani oʻz oʻrniga qoʻyish"), yaʼni, oʻsha ruhiy holatga toʻgʻri va sof ozuqa berishni anglatadi. Inson ikki narsadan — modda va ruhdan tashkil topgan. Inson jismi tuproq moddasidan yaratilgani bois, uning ozuqasi ham moddiy narsalardir. Yaʼni, qorni ochsa, taom yeydi, chanqasa, chanqoqbosdi ichimlik ichadi, kasal boʻlsa, davolanadi, charchasa, dam oladi, moddiy ilmlarni oʻrganadi va jinsiy gʻarizasi gʻalayon qilsa, qondiradi va hokazo. Bularni inson aqli bilan topadi, Chunki Alloh taolo insonga ong, fahm-farosat, aqlu zakovat berganki, ular yordamida badaniga nima kerak ekanini biladi va shu bilimi oʻnga jismining ozuqasini topib beradi. Masalan, nimani yeyish va nimani yemaslik kerak, qanday isteʼmol qilish lozim, davolanishda qaysi dardga nima davo boʻladi va uni qaysi uslubda kabul qilish kerak. Agar bilmasa, doʻxtir-tabiblarga yo bilagʻonlarga murojaat qiladi. Chunki inson har bir ishning oʻz mutaxassisi borligini biladi. Lekin ruhiy ozuqa yer yuzidan topilmaydigan narsadir. Ruh modda emas. Ruhiy ozuqani bilishdai oldin ruh oʻzi nima ekanini bilib olishimiz kerak. Oʻtgan paygʻambarlarga qavmlari ruh nima degan savolni qoʻyishgan. Insoniyatni ilk zamonlaridanoq eng qiziqtirgan narsalardan biri ruh masalasi edi, lekin hech qachon odamzot bu masalada biron-bir aniq bilimga ega boʻlmagan. Xossatan Paygʻambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, oldilariga ham yahudiylar kelib: «Ey Muhammad, sen rostdan ham paygʻambar boʻlsang, bizga javob ber, ruh nima?» deb soʻrashgan. Boʻnga javoban Isro surasining 85-: «Ey Muhammad, sizdan ruh haqida soʻraydilar. Ayting: „Ruh faqat Rabbimning ishidandir“. Sizlarga esa oz ilm berilgandir» oyati nozil boʻladi. Yahudiylar buni eshitib; "Ha, sen toʻgʻri gapni aytding, avvalgi paygʻambarlar ham qavmlariga shu javobni aytishgan. Lekin baribir biz senga imon keltirmaymiz, deb chiqib ketishgan. Demak, hatto paygʻambarlar ham bu masalani bilishga ojiz ekanlar. Endi shu ruh oʻzi qaerdan keldi, degan savolga Qur’on shunday javob beradi: «U (Alloh) insonni (yaʼni, Odamni) dastavval loydan yaratdi… Soʻngra uni (inson qilib) rostlab, ichiga Oʻz (dargohidagi, yaʼni, Oʻzi yaratgan) ruhidan kiritdi…» (Sajda surasi 7—9-oyatlaridan). Maʼlum boʻldiki, ruh Alloh tarafidandir. Uning aslini Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi. Modomiki ruh Alloh tarafidan ekan, uning ozuqasi ham Alloh tarafidan boʻlishi tabiiydir. Shu ozuqani U Zot paygʻambarlari vositasida, ilohiy kitoblar orqali yuborgan.




  1. Hadis.