Hırka-i Şerif masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hırka-i Şerif masjidi
turkcha: Hırka-i Şerif Camii
usmonli turkcha: خرقه شریف جامعي
Hırka-i Şerif masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani, Hırkaişerif mahallasi
Koordinatalar 41°01′18″N 28°56′30″E / 41.02167°N 28.94167°E / 41.02167; 28.94167 G OKoordinatalari: 41°01′18″N 28°56′30″E / 41.02167°N 28.94167°E / 41.02167; 28.94167 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Binokorlik 18471851
Gumbaz yoʻgʻonligi 11.50 m (37.7 ft)

Hırka-i Şerif masjidi (usmonli turkcha: خرقه شریف جامعي, turkcha: Hırka-i Şerif Camii) – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan tarixiy masjid. Bino oʻz nomini masjidda saqlanib qolgan yodgorlik – paygʻambar Muhammadning mantiyasidan olgan.

Masjid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hırka-i Şerif masjidi (soʻzma-soʻz „Muborak mantiya masjidi“) Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Hırkaişerif mahallasida joylashgan. Masjid Usmonli imperiyasi sultoni Abdulmajid I (hukmronligi 1839–1861) buyrugʻiga binoan barpo etilgan. Bino qurilishi 1847-yilda yaqin atrofdagi binolarni joylashtirish uchun ekspropriatsiya ishlari amalga oshirilganidan keyin boshlangan va 1851-yilda yakunlangan. Masjid islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning yodgorligi bilan bogʻliq (usmonli turkcha: Hırka-i Şerif) boʻlib, VII asrda yashagan islom arbobi, turk olamida Veysel Karani nomi bilan mashhur, turklar orasida katta hurmatga sazovor shaxs, yamanlik Uvays Qaraniyga sovgʻa sifatida berilgan[1].

Keyinchalik masjid binosi kengaytirilib, sulton ayyoni, qasr, yodgorlikni qoʻriqlash uchun mas’ul jandarm rotasi uchun kazarma va xizmatchilar uchun turar-joy binolari qurilgan. Masjid meʼmori haqida maʼlumotlar mavjud emas. Bino devor bilan oʻralgan hovlining oʻrtasida joylashgan boʻlib, uning har ikki tomonida uchta darvozasi bor. Masjid Quddusdagi Qubbat as-Saxra ziyoratgohidan (688–692-yillarda qurilgan) taʼsirlangan holda qurilgan deyiladi. Inshoot gumbazining diametri 11.50 m (37.7 ft)ga teng. Masjid va qoldiqlar saqlanadigan bino ohaktoshdan, gumbazlari esa qoʻrgʻoshin bilan qoplangan gʻishtdan qilingan[1].

Masjidda bir necha marotaba konservatsiya va restavratsiya ishlari amalga oshirilgan[2][3][4]. 2017-yilda masjid namozxonlar uchun yopib qoʻyilgan. Bugungi kunda ham binoda restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Masjid namoz oʻquvchilar uchun ochiq[5].

Muborak mantiya yodgorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uvays Qaraniyning avlodlari qoʻlida saqlanib kelgan yodgorlik dastlab Aegean mintaqasiga, keyinroq XVII asr boshlarida sulton Ahmad I (hukmronligi: 1603–1617-yillar) farmoni bilan Istanbulga olib kelingan. Yodgorlik Uvays Qaraniyning avlodlari qarorgohida saqlanib kelgan. XVIII–XIX asrlarda hukmronlik qilgan Usmonli imperiyasi sultonlari yodgorlikka katta hurmat koʻrsatib, diniy tashrif buyuruvchilarga yodgorlikni tomosha qilish osonroq boʻlishi uchun tosh hujralar qurdirgan. Usmonlilar davrida yodgorlik Ramazon oyining ikkinchi yarmida koʻrgazmaga qoʻyilgan, roʻza oyining uchinchi haftasi erkak tashrif buyuruvchilar uchun, toʻrtinchi haftasi ayollar uchun ajratilgan. Respublika davrida bu tartibdan voz kechilgan va aralash gender tashrifi odatiy holga aylangan.

Bugungi kunda ham yodgorlik muqaddas oyning birinchi juma kunidan to Roʻza hayitigacha boʻlgan toʻrt hafta davomida ommaga namoyish etib kelinmoqda[6][5].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Tanman, M. Baha. "Hırka-i şerif Camii" (tr). Hırka-i şerif Camii. 17. İslam Ansiklopedisi. 378–382 b. http://www.islamansiklopedisi.info/dia/ayrmetin.php?idno=170378. <!--->
  2. „Hırka-i Şerif Ramazan'ın 10. günü ziyarete açılacak“ (tr) (2010-yil 10-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  3. „Hırka-i Şerif ziyarete açıldı“ (tr) (2015-yil 19-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  4. Yaman, Zeynel.. „Hırka-i Şerif Camisi'ne dev restorasyon“ (tr) (2012-yil 12-iyul). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  5. 5,0 5,1 „Hırka-i Şerif ziyaretçilerini bekliyor“ (tr) (2017-yil 3-may). Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  6. „Hırka-i Şerif ziyarete açıldı mı? – İşte Hırka-i Şerif ziyaret gün ve saatleri (2016)“ (tr) (2016-yil 22-iyun). Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.