Yıldız Hamidiye masjidi
| Masjid | |
| Mamlakat | |
| Istanbul | Beşiktaş tumani, Yıldız mahallasi |
| Koordinatalar | 41°02′57.88″N 29°00′35.77″E / 41.0494111°N 29.0099361°E |
| Masjid turi | Masjid |
| Meʼmoriy uslub | Usmoniylar meʼmorchiligi |
| Meʼmor | Sarkis Balian |
| Binokorlik | 1884—1886 |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
Yulduz Hamidiye masjidi (turkcha: Yıldız Hamidiye Camii), ayrim manbalarda Yulduz masjidi (turkcha: Yıldız Camii) — Turkiyaning Istanbul shahri Beshiktosh tumani Yulduz mahallasi Yıldız saroyiga boriladigan yoʻlda joylashgan Usmoniylar imperiyasi tomonidan bunyod ettirilgan masjid. Usmoniylar sultoni Abdulhamid II buyrugʻi bilan 1884–1886-yillarda qurilgan. Bino toʻrtburchak shaklda qurilgan, minorasi bitta. Meʼmorchilikning neo-gotik va Usmoniylar meʼmorchiligi klassik uslubida yaratilgan naqshlar uygʻunligidan iborat. Suriyaning Damashq shahri Marjeh maydonida Abdulhamid II tomonidan oʻrnatilgan bronza ustun tepasida Yıldız masjidining kichik haykali joylashgan.
2017-yilning 4-avgustida masjidda restavratsiya ishlari boshlangan va 4 yil davom etgan. Restavratsiyaga 27 million turk lira (7,6 million dollar) sarflangan va tayyor boʻlganidan soʻng prezident Recep Tayyip Erdoğan tomonidan qayta ochilgan[1].

Abdulhamid II ga suiqasd
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1905-yil 21-iyulda Dashnaksutyun aʼzolari masjid oldida ot aravaga bomba qoʻyib, Abdulhamid II ni oʻldirmoqchi boʻlishgan, bu voqea „Yıldızga suiqasd“ nomi bilan tarixda qolgan. Bomba kutilganidek vaqtida portlamagan va sulton omon qolgan, voqea natijasida 26 kishi halok boʻlgan, 58 kishi yaralangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Erdogan reopens historic mosque in Istanbul“. Anadolu Agency (2016-yil 4-avgust).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koksal, Irfan (trans.). „General information on Yıldız Hamidiye Mosque“. Istanbul 2010: European Capital of Culture. Istanbul Metropolitan Municipality. 2009-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Yıldız Hamidiye Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
- Yulduz Hamidiye masjidi tasvirlari (Wayback Machine saytida 2023-04-11 sanasida arxivlangan)